www.ziyouz.com
kutubxonasi
66
O‘sha tuni
birortamiz ham mijja qoqmadik, har kim o‘z o‘ylari bilan band edi. Shu jumladan, men
ham.
Asal o‘g‘li bilan ketib qolishi ham mumkin edi. Bu albatta ularning ishi. Mayli, ular yurak amri va
aql-idroklari buyurganini qilishsin. Men, men esa...
nima ham derdim, bunga mening nima daxlim bor,
masalani hal etish menga bog‘liq emas, ularga xalaqit bermasligim kerak...
U hozir ham shu yerda, mana shu yo‘ldan qatnaydi. Shuncha
yillar davomida qaerlarda
bo‘lganiykin u, nima bilan shug‘ullandiykin? Ammo buning ahamiyati yo‘q... Bu ularning ishi...
Biz Boytemir bilan yo‘lni aylanib chiqib, orqaga qaytdik. Qosh qorayib qolgan zdi. Tyan-Shanning
muzli cho‘qqilari ustidagi osmon-u falak bahor oqshomining binafsha rang tusiga kirib borayotgandi.
Mashinalar yo‘ldan ikki tomonga qarab g‘iz-g‘iz o‘tib turardi.
— Mana,
hayot qanchalik murakkab, — dedi Boytemir biroz sukutdan so‘ng o‘ychan. — Men
hozir uydan ketishim kerak emas. Mabodo Asal ketish xayolida bo‘lsa, mayli. Faqat menga
ketayotganini bir og‘iz aytsa bo‘lgani, o‘g‘li bilan so‘nggi bor xayr-xo‘shlashib, oq yo‘l tilab qolaman.
Axir Samad men uchun o‘z o‘g‘limday bo‘lib qolgan-ku. Biroq uni o‘z otasidan zo‘rlab tortib
ololmayman. Shuning uchun men ham hech qayoqqa bormayman. Ayniqsa Pomirga...
Men buni sizga
gazeta uchun hikoya qilib berayotganim yo‘q, albatta. Shunchaki, inson insonga o‘z dardini aytib
berayotgandek gapirib beryapman-da...
XOTIMA O‘RNIDA
Biz Ilyos bilan o‘shda ajralishdik. U Pomirga jo‘nadi, men bo‘lsam o‘z ishlarim bilan ketdim.
— Borib Alibekni topaman. Yangicha hayot boshlayman! — dedi u yo‘l-yo‘lakay. —
Meni endi
tuzalmas, tamom bo‘lgan odam deb o‘ylamang. Kelajagim, hayotim hali oldinda. Kunlar o‘tar, men
ham uylanarman, boshqalarga o‘xshab bola-chaqali, uy-joyli bo‘larman. Ishlayman, do‘st, yor-
birodarlar orttiraman. Lekin faqat birgina narsa: umrbod, manguga yo‘qotgan
narsamni qaytara
olmasam kerak... O‘tgan ishni hech qachon qaytarib bo‘lmaydi... Ammo hayotimning so‘nggi
kunlariga qadar, to so‘nggi nafasimgacha Asalni va oramizda bo‘lib o‘tgan hamma shirin damlarni
saqlab o‘taman.
Yo‘lga chiqish oldidan ko‘lga, o‘sha tik tepalikka. bordim. U yerda men Tyan-Shan bilan
vidolashdim, Issiqko‘l bilan xayrlashdim. Xayr, Issiqko‘l, tugallanmay qolgan orombaxsh kuylarim!
Moviy to‘lqinlaring va oltin qirg‘oqlaring bilan birga qo‘shib seni o‘zim
bilan birga olib ketardim-u,
ammo sevgilimning sevgisini olib keta olmaganimdek, seni ham olib ketish qo‘limdan kelmaydi.
Alvido, Asal! Alvido, qizil durrachali sarvqomatim! Alvido, sevgilim! Baxtiyor bo‘lgil...
Men Boytemirdan eshitganlarimni Ilyosga so‘zlab bermadim. Axir bu odamlarning ko‘rkamligi va
qadr-qimmati ham ularning bir-biri haqida hech narsa bilmasdan turib, bir-biriga shu
qadar
oliyjanoblik qilishi-da, insoniy munosabatda bo‘lishida emasmi! Shunday ekan,
bu gaplarni unga
so‘zlab nima ham qilardim...
Chingiz Aytmatovning «Tanlangan asarlar»i 1-jildidan olindi.
(«Sharq» nashriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, Toshkent – 2009)