Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc



Yüklə 394,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/67
tarix06.07.2023
ölçüsü394,69 Kb.
#135947
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Chingiz-Aytmatov-Sarvqomatdilbarim

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
62
— Yo‘q. Qarindosh-urug‘larim ovulda, To‘so‘rning narigi yog‘ida. 
— E-e, unda siz ana o‘sha tomonga boradigan boshqa mashinaga o‘tirishingiz kerak. Bo‘lmasa 
qiynalib qolasiz. 
— Men baribir u yoqqa bormayman. Borishimiz ham mumkin emas, — dedi u o‘g‘liga o‘ychan 
boqib. — o‘zimiz aybdormiz... 
Men uni ota-onasining roziligisiz turmushga chiqqan bo‘lsa kerak, deb o‘zimcha taxmin qilardim. 
Keyin bilsam, haqiqatan ham shunday ekan. 
U ketishga tayyorlana boshladi, biroq men uni bolasi bilan shamolda turib qolmasin deb bir oz 
uyga kirib kutib turishga ko‘ndirdim. Mashinani bir o‘zim to‘xtatsam ham bo‘ladi-ku, axir. 
Yuragim ezilib, yo‘lga chiqdim. Ularning ketishini, o‘zimning esa yolg‘iz qolishimni o‘ylasam 
negadir yana qayg‘um oshib, xayolim parishon bo‘lardi. 
Avval yo‘lovchi mashinalar kelavermadi. Keyinchalik bo‘lsa bittasini ko‘ra turib atayin o‘tkazib 
yubordim, qo‘l ko‘tarmadim. Ammo bu qilmishimdan o‘zim cho‘chib ketdim. Nega bunday 
qilyapman? Ana shundan boshlab meni dard-alamlarim iztirobga solib qiynay boshladi. Mashinalar 
birin-ketin o‘tib borardi, men esa ularning birortasini ham to‘xtatmay, g‘ayriixtiyoriy ravishda vaqtni 
cho‘zardim. Endi kelganini to‘xtataman, derdim-u, ammo qo‘lim yana ko‘tarilmasdi. Uyatdan 
yuzlarim laxcha cho‘g‘ bo‘lib yonib, terlab ketdim. Bu nima qilganim: birovni aldab, yo‘lidan 
qoldiryapman-ku! Qanday haqqim bor bunga? Uyda u menga ishonib umid bilan kutib o‘tiribdi. Yo‘l 
bo‘ylab u yokdan-bu yoqqa yura boshladim. O‘zimdan o‘zim cho‘chirdim. Menga bir balo 
bo‘layotgandek edi. Qandaydir bahonayu sabablar qidirib topardim. Goh oynasi siniq ekan, kabina 
sovuq bo‘ladi, deyman; goh mashina ko‘ngildagidek bo‘lmasdi; goh shofyori yoqmasdi — olatasirchi 
ko‘rinardi, ehtimol, ichib ham olgandir. Kabinasi band mashinalar o‘tganda esa xuddi yosh bolalardek 
quvonib ketardim. Ishqilib, ular hozir ketmasaydi, yana bir oz, yana besh-o‘n minut uyimda o‘tira 
turishsa yaxshi bo‘lardi. «Axir u qayoqqa ham boradi? — deb o‘ylardim men. — O‘zi aytdi, ovulga 
borishi mumkin emas. Boshqa joylarda ularning hech kimi yo‘q. Ribache yo‘l ustidagi serqatnov 
shaharcha, u yerda har xil odam yashaydi. Bolasi bilan qaerga boradi? Durustroq joy topguncha, qish 
paytida o‘g‘lidan ajralib qoladi! Yaxshisi, shu yerda bir oz yashab turishsin, yana u yoq-bu yoqni 
o‘ylab ko‘rsin, ehtimol, erinikiga qaytib borar. Yo u xotinini izlab kelib qolar...» 
E, sho‘rpeshona, yaxshisi, tentirab yurmasdan uning o‘zini yo‘l yoqasiga boshlab kelib, jo‘nata 
qolsam bo‘lmasmidi! Uch soatlar chamasi yer depsab vaqtni bekor o‘tkazdim. O‘zimdan-o‘zim 
nafratlandim: nega, nima uchun bunday qilyapman-a? Yo‘q, hozir uni bu yerga boshlab kelaman-da, 
o‘zining oldida mashina to‘xtataman. Bo‘lmasa, hech narsa qilolmay turaveraman. Men uyga qaytdim. 
U endi eshikdan chiqib kelayotgan ekan, kutaverib toqati toq bo‘libdi. Men uyalib ketdim, xuddi biror 
gunoh qilib qo‘ygan yosh boladek unga javdirab qaradim. 
— Kutib qoldingiz-a? — deb g‘o‘ldiradim men. — Yo‘lovchi mashinalar uchramadi, to‘g‘rirog‘i, 
uchradi-yu, ammo ko‘ngildagidek emas ekan. Kechirasiz, tag‘in yomon xayollarga borib yurmang. 
Xudo haqqi, uyga kirib biroz o‘tira turing. O‘tinib so‘rayman! 
U taajjublanib, menga ma’yusgina boqdida, indamay uyga qaytib kirib: 
— Siz menga achinyapsizmi? — dedi. 
— Yo‘q, uning uchun emas. Bilasizmi... Siz uchun tashvishlanyapman. Qiynalib qolasiz. Qanday 
qilib kun kechirmoqchisiz? 
— Ishlayman. Suyagim mehnatda qotgan. 
— Qaerda ishlaysiz? 
— Biror yerga joylasharman. Ammo uyga qaytmayman, ovulga ham bormayman. Mehnat qilib 
kun kechiraman. 
Men indamadim. Hammasi tushunarli edi. U hozir hech narsa haqida o‘ylamasdi, ko‘ziga ham hech 
narsa ko‘rinmasdi. 
Alam, g‘urur uni noma’lum tomonlarga haydamoqda edi. Ammo «mehnat qilib kun kechiraman», 


Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

Yüklə 394,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin