darsning boshlanishini tashkil etish, darsning maqsad va vazifalarini bayon etish, egallangan bilimlami mustahkamlash, darsni yakunlash va uyga vazifa berish. 3.Umumlashtirish va takrorlash darsi. Uning tuziiishi: darsning boshlanishini tashkil etish, darsning maqsad va vazifalarini bayon etish, o‘quv materialini umumlashtirish va tizimga solish, darsni yakunlash va uyga vazifa berish. 4. Nazorat darsi. Uning tuzilishi: nazorat maqsadi va ishning tashkil qilinishi tartibini tushuntirish, nazorat mazmuni va uni bajarish usullari bilan tanishtirish, o‘quvchilaming mustaqil ishlashi, darsga yakun yasash. 5. Aralash dars. Uning tuzilishi: darsning boshlanishini tashkil etish, uy vazifasini tekshirish, dars maqsadi va vazifalarini bayon etish, takrorlash. Darsni yakunlash va uyga vazifa berish. Maktab amaliyotida boshqa turdagi darslar - musobaqa darslari, maslahat darslari, bir-biriga o‘rgatish darslari, ma’ruza darslari ham o‘tkaziladi. 18.3. Ma’ruza Ma’ruza — an’anaviy ravishda oliy o‘quv yurtidagi ta’limni tashkil etishning etakchi shakli. Uning asosiy didaktik maqsadi talabalar keyinchalik o‘quv materialini o‘zlashtirishlari uchun mo‘ljal beruvchi asosni shakllantirishdan iborat. Ma’ruza o ‘quv mashg‘ulotlarining barcha shakllari uchun metodologik va tashkiliy asos bo‘lib xizmat qiladi. Har qanday ma’ruzaning umumiy tuzilishi quyidagi tartib bo‘yicha ish tutilishini belgilab beradi: mavzuni e’lon qilish, ma’ruza rejasi va mazmuni mustaqil o‘rganish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxatini bayon etish, rejaga rioya qilgan holda material bilan tanishtirish. Ma’ruzaga q o ‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat: