katta guruh bolasi “yomg‘ir qayerdan yog‘adi?” degan savol beradi. Bu bolaga yomg‘iming yuzaga kelishi juda sodda va tushunarli qilib gapirib beriladi (hatto sovuq oynaga issiq par qilib ta’sir qilganda, suv zarrachalarining yuzaga kelishi misol qilib ko‘rsatiladi). Bola bir oz qarab turib, yo‘q unaqa emas deb javob beradi. Bo‘lmasa, qani sen tushuntirib ber, deb so‘raladi. Shunda bola quyidagicha tushuntirib beradi: “Yomg‘ir osmonda yashaydi, uning uyi bulutlardan ham balandda. Bulutlar ochilib ketgan paytda yomg‘ir yog‘ilib ketadi” deb tushuntiradi. Bolaning ana shunday afsonaviy tushunchasidan voz kechib, to‘g‘ri, Umiy tushunchani yuzaga keltirguncha ancha vaqt ketadi. Ana shuning uchun bog‘cha yoshidagi, hali turmush tajribasi oz bo‘lgan bolalarga tabiat hodisalarini bunday yolg‘on afsonaviy tarzda tushuntirish yaramaydi. Bolalar beradigan savollaming juda qiziq bo‘lishiga bir necha sabablar bor. Birinchidan, bog‘cha yoshidagi bolalar tevarak-atrofdagi narsa va hodisalami qanday bo‘lsa, shundayligicha, ya’ni ayxlit holda, xuddi rasmdagidek aks ettiradilar, ikkinchidan, ularda katta odamlardagidek idrok qUayotgan narsa va hodisalami chuqur analiz va sintez qilish xususiyati hali o‘smagan bo‘ladi, uchinchidan, ularda turli tabiat va jamiyat hodisalariga doir ilmiy tushunchalar hali tarkib topmagan va nihoyat, to‘rtinchidan, ulaming turmush tajribalari juda oz bo‘ladi. Bog‘cha yoshidagi bolalaming beradigan savoUaridan ular tafakkurining konkret obrazU xarakterga ega ekanUgi ham ko‘rinib turadi. Masalan, bog‘cha yoshidagi bolalar quyidagi savollami berishlari mumkin: Bulutlar nega yuradi? Osmon kattami, yer kattami? Yulduzlar nechta? Osmondagi yulduzlar nima uchun