ikkinchisida esa yasab bo‘lingan piramidalami xursandchilik bilan o‘ynayotgan bolalar aks ettirilgan. Bolalar bilan rasmlami muhokama qilish ularda berilgan vazifani bajarish yoki bajarmaslik oqibatlari haqida emotsional bo‘yoqdor tasawurlami vujudga keltiradi. Bu esa bolalami berilgan vazifani oxirigacha bajarishga undaydi. A.V.Zaporojes yozganidek, bola rivojlanib borar ekan, affektiv va bilish jarayonlari o‘zaro aloqaga kirishadi hamda odamlaiga xos hissiyotlaming bir butun funktsional tizimini hosil qiladi. Bu tizim sube’ktga o ‘z xatti- harakatlarining oqibatlarini nafaqat oldindan ko’ra bilish, balki ayni vaqtda his eta olish va shu tariqa faoliyatning murakkab shakllarini adekvat emotsional boshqarish imkonini beradi. Р.М. Yakobson ko‘rsatib o‘tganidek, maktabgacha yosh davrida hissiyotning bola harakatlarini motivi sifatidagi roli o‘zgarib boradi. 3 yoshgacha bolaning harakatlari nima yoqimsiz-u, nima yoqimli ekanini www.ziyouz.com kutubxonasi
anglashga asoslanadi. 3-4 yoshda boladagi jahl, qo‘rquv, qayg‘urish darhol uni harakatga undaydi. U boshqa bola bilan urishadi, o‘yinchoqni tortib oladi yoki kimgadir rahmi kelayotganini ko‘rsatadi. 4-5 yoshli bola o‘z xarakatlarida hissiyotlarini bevosita namoyon etishdan o‘zini tuta olishi yoki oliy hissiyotlariga asoslanib harakat qilishi mumkin. Emotsiya va hissiyotlar boshqaruv funktsiyasini bajarib, bolaning xulq- atvorini qayta qurishga yordam beradi. Emotsional kechinmalar, xatti- harakatlami qo‘llab-quwatlaydi, yo‘naltiradi yoki tormozlaydi. Bolaning xulq-atvorini o‘zgartirishga qaratilgan kattalaming ta’sirlari va talablari bola tomonidan emotsinal qabul qilinsa, bola harakatlarining