ega blgan bolalar predmetlaiga ular uchun xos bo‘lmagan belgilami ato etishni yaxshi ko‘rishadi. 13.4. Maktabgacha yoshdagi bolalar emotsiya-hissiyotlarining rivojlanish shartlari Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy hayot talablari, ya’ni axloqiy me’yorlami bajarish yoki bajarmaslikka bog‘liq ravishda muayyan kechinmalar yuzaga keladi. Burch hissining ilk bor namoyon bo‘Ushi 4-5 yoshlaiga to‘g‘ri keladi. Chunki bu davida mavjud bilimlar, ko‘nikma va malakalar asosida bolada axloqiy ong shakllana boshlaydi. Chunki bu davrda bolalar kattalaming talablarini tushuna boshlaydi va ulami o ’z xatti-harakati hamda boshqalaming xulq-atvoriga tatbiq eta boshlaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda faxr va uyat kabi etik kechinmalai ham paydo bo’ladi. Faxr hissining paydo bo’lishi uchun bola ongida konkret fazilatlar bUan atrofdagilaming ulaiga beradigan ijobiy bahos, o‘rtasida mavjud aloqadorlUc haqida shakllangan tasawurlar ichki asos bo‘lib xizmat qUadi. Jumladan, 4-5 yoshli bolalar faoliyatning har xU turlarida erishadigan miqdoriy ko‘rsatkichlar bUan birgalikda whiroyli raqsga tusha olish; tez chopa olish; axloqiy xususiyatlar (chidam, diqqat); bilan ota-onalari faxrlanadUar. Maktabgacha yosh davrining oxiriga kelib oliy hissiyotlar tobora ko‘proq bola hulq-atvorining motivlariga aylanib boradi. Hissiyotlar vositasida bolalar jamiyatda o‘matilgan estetik, axloqiy talablarga muvofiq ravishda o‘z xohish istaklari, xatti-harakatlarini boshqara boshlaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalar emotsiya va hissiyotlaming rivojlanishi bir qator shartlar bilan bog‘liq. M.l.Lismamng tadqiqotlari ko‘rsatishicha, emotsiya va hissiyotlar bolaning kattalai va tengdoshlari bilan bo’lgan muloqoti jarayonida shakllanadi.