"til vа nutq" mаrkаzining bolalar ijodiy qobiliyatlаrini rivojlantirishdagi o’rni



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix09.07.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#136210
  1   2
171-172




171 
“TIL VА NUTQ” MАRKАZINING BOLALAR IJODIY QOBILIYATLАRINI 
RIVOJLANTIRISHDAGI O’RNI 
https://doi.org/10.5281/zenodo.6567666
 
Turdieva Mohira Joʼraqulovna, 
Buxoro davlat universiteti, 
 Maktabgacha taʼlim kafedrasi oʼqituvchisi 
 
Аnnotatsiya: 
Bugungi kunda maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari oldida turgan dolzarb 
masalalardan biri tarbiyalanuvchilarning nutqiy qobiliyatlarini rivojlantirish orqali ularning ijodiy 
qobiliyatlarini yanada oʼstirish, muloqotga tayyorlash va shu orqali badiiy rivojlanish, dunyoni badiiy tasavvur 
etish koʼnikmalarini shakllantirishdir. Ushbu maqolada tarbiyalanuvchilar nutqini rivojlantirish ularning 
nutqini yangi, yanada murakkab va keng qirralarini oʼzlashtirish masalalari va metodlari haqida fikr yuritilgan. 
Kalit soʼzlar: 
maktabgacha taʼlim, tarbiya, tarbiyachi, nutq, muloqot, ijodiy rivojlanish, taʼlim, 
agrammatizm, nutqiy aloqa, oʼyin, didaktik oʼyinlar, taʼlimiy topshiriqlar, bilish kompetensiyalari. 
Bugungi kunda davlat maktabgacha taʼlimdagi zamonaviy talablar va tarbiyalanuvchining shaxsiga 
yoʼnaltirilgan taʼlim jarayonining mazmunini uni tashkil etish toʼgʼrisidagi yangi tushunchalarni belgilab 
berdi. Unga koʼra, maktabgacha taʼlim yoshdagi bolalarni oʼqitish va tarbiyalash bolaning ijtimoiy, hissiy, 
kognitiv va jismoniy ehtiyojlarini kompleks rivojlantirish asosiy maqsad sanaladi. 
Darhaqiqat, bolalarning aqliy jarayonini har tomonlama rivojlantirish uchun avvalo ularning nutqini 
oʼstirish kerak. O’zlashtirilayotgan yangi so’zlarni bola maʼnosini tushunishi, uni nutqida erkin ifoda etishga 
mos boʼlishi kerak[1]. Tushunchalar tizimiga moslashgan bola oʼz fikrlarini umumlashtirish va bayon qilishni 
oʼrganadi. Аyni jarayonda tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarini badiiy asarlarni innovatsion usullardan 
foydalangan holda tanishtirish, ularning qiziqishlari va badiiy tasavvurlarini tarbiyalabgina qolmay, ularning 
bogʼlanishli nutqini ham faol ravishda shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Аfsuski, bugungi kunda badiiy 
asarlar (ham nasriy, ham nazmiy) namunalarini bolalarga oʼrgatishning innovatsion usullarini amaliyotda 
foydalanishga moʼljallangan media materiallar, koʼrgazmalar yetarli emas[3]. Buning asosiy sababi shundaki, 
ilmiy va uslubiy jihatdan badiiy asarlarni innovatsion usullar asosida oʼrgatishga asoslangan nutqni 
rivojlantirish tizimi hali ishlab chiqilmagan. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarni ona tilini oʼqitishning turli xil yondashuvlarini tahlil qilish shuni 
koʼrsatadiki, nutq oʼstirishning nazariy va amaliy muammolarini oʼrganish quyidagi nazariy tamoyillarni tan 
olishdan kelib chiqadigan umumiy nuqtaga ega: 
nutq oʼstirishning asosi kommunikativ yondashuv boʼlishi kerak; 

taʼlim shartlari tabiiy aloqa sharoitlariga yaqinroq boʼlishi kerak; 

motivatsiya asosidagi topshiriqlar bolalar ijodkorligini tarbiyalashi kerak[4]. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish va ularga badiiy asar namunalarini oʼrgatish 
sohasidagi psixologik-pedagogik tadqiqotlarning tahlili quyidagicha xulosa qilishga imkon beradi, nutqni 
rivojlantirish - bu bolada markaziy rol oʼynaydigan ijtimoiy-tarixiy tajribani oʼzlashtirishning juda murakkab 
va koʼp qirrali jarayoni, individual rivojlanish. Bu oʼz-oʼzidan paydo boʼladigan jarayon emas, balki pedagogik 
rahbarlikni taklif qiluvchi ijodiy jarayondir. Bolaning nutqni rivojlantirish jarayonini boshqaradigan tarbiyachi-
pedagog ushbu taʼlimiy sharoitning qonuniyatlari, mexanizmlari va xususiyatlarini bilishi va nutqiga taʼsir 
koʼrsatishning eng samarali usullarini tanlashi kerak. Bolaning nutqini rivojlantirish koʼp jihatdan uning 
ruhiyatiga, ijtimoiylashuviga bogʼliq. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqni rivojlantirish – bu nafaqat bola eshitgan nutqga taqlid qilish, 
balki murakkab psixologik jarayondir. Ushbu jarayon umuman bolalarda aloqa faoliyatini rivojlantirish va 
avvalambor, muloqotga boʼlgan ehtiyoj bilan bogʼliq boʼladi. Bolaning soʼz boyligini kengaytirish unga oʼz 
tajribalarini yanada kengroq va xilma-xil ifodalashni oʼzlashtirishga imkon beradi. Bolalarning ertak, afsona, 
hikoya, matal, maqol, tez aytish, topishmoq, sheʼrlar orqali adabiy tilni oʼzlashtirishi natijasida ularning toʼgʼri 
ogʼzaki nutqini shakllantirish maktabgacha taʼlimning asosiy vazifalaridan biridir. Ushbu umumiy vazifa 
quyidagi maxsus vazifalardan iborat: 

nutqning tovushli madaniyatini rivojlantirish; 

soʼz boyligini boyitish, mustahkamlash va faollashtirish; 

nutqning grammatik jihatdan toʼgʼriligini oshirish; 

ogʼzaki (dialogik) nutqni shakllantirish; 

ravon nutqni rivojlantirish; 

badiiy nutqqa qiziqish; 


172 

savodxonlikka tayyorlash. 
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida nutq oʼstirish taʼlimiy faoliyatlari faollik markazlari bilan bir qatorda 
frontal taʼlimiy faoliyatlarda ham olib borilishi mazkur vazifaning qanchalik muhimligini belgilaydi. Xususan, 
maktabgacha taʼlim tashkilotlarining kichik guruhlarida haftada bir marta, oʼrta guruhlarida haftada 2 marta, 
katta guruhlarida haftada 2 marta va tayyorlov guruhlarida haftada bir soat nutq oʼstirish va bir soat savod 
oʼrgatish taʼlimiy faoliyatlari olib borilishi belgilangan. Nutq oʼstirish boʼyicha taʼlimiy faoliyatlar har bir 
guruhda bolalarning yoshi va har bir bolaning nutqining rivojlanish darajasini hisobga olingan holda oʼtkazilishi 
zarur[4]. Chunki bilimlarning mazmuni, ularning tarkibi, uslub va usullarini tanlash, haftada mashgʼulotlar soni, 
har bir mashgʼulotning davomiyligiga bogʼliq boʼladi. 5 yoshdan 7 yoshgacha boʼlgan bolalar uchun nutq 
oʼstirish taʼlimiy faoliyatlari oʼziga xos funktsiyaga ega – yaʼni bolalarni maktabga tayyorlashni oʼz ichiga 
oladi. Bolalar gapirish va muloqot vazifalaridan tashqari, badiiy asarlarni tinglash, tushunish, hikoya qilib 
berish koʼnikmalariga ham ega boʼladilar. 
7 yoshga kelib, bola quyidagilarni bajara oladi: 

bola ogʼzaki nutqni oʼzlashtirishi, kattalar va tengdoshlari bilan erkin muloqot qilish imkoniyatiga 
ega boʼladi; 

dialogda tashabbus koʼrsatib fikr bildiradi, suhbatdoshning eʼtiborini jalb qila oladi, unga soʼzlar, 
harakatlar va ogʼzaki boʼlmagan usullar bilan javob beradi; 

oʼz fikrlarini toʼliq va toʼliq boʼlmagan sodda jumlalar, qisqa matnlar shaklida ifoda eta oladi; 

tanish ertaklarni aytib berish, mulьtfilьmlar, kitoblar mazmunini aytib berish va har qanday voqeani 
toʼqib berishga qiziqish; 

iboralarda nutqning turli qismlari, metafora, taqqoslash va sinonimlardan foydalanadi; 

nutqqa tanqidiy munosabatda boʼlishni boshlaydi, grammatik jihatdan toʼgʼri gapirishga intiladi, 
natijada soʼz toʼqish toʼxtaydi, agrammatizmlar soni kamayadi. 
Shunday qilib, bolalar bilan ishlashda tarbiyachi quyidagilarga eʼtibor qaratishlari kerak: 

ona tilidagi barcha tovushlarni toʼgʼri talaffuz qilish, nutqdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf 
etish; 

aniq, tushunarli nutqqa, yaʼni yaxshi diktsiyaga ega boʼlish; 

nutqida adabiy talaffuzlardan foydalanish, yaʼni orfoepik qoidalarga amal qilish; 

ifoda etilgan fikrlarni hisobga olgan holda intonatsion ifoda vositalaridan toʼgʼri foydalanishga 
intilish; 

bolalar bilan muloqotda biroz sekinroq surʼatlarda, ovozni ozgina pasaytirib gaplashish; 

soʼzlar va grammatik tuzilmalar yordamida bolalarga matnlarning mazmunini ravon va tushunarli 
tarzda bayon etish va etkazish. 
Xulosa qilib aytganda, nutqni rivojlantirish muammosi quyidagi faoliyat turlarida hal qilinadi: oʼyin, 
oʼquv va bilim. Oʼyin faoliyati maktabgacha yoshda yetakchi faoliyatdir. Oʼyin paytida bola bilimlarni 
toʼplaydi[2], tilni oʼrganadi, muloqot qiladi, fikrlash va tasavvurni rivojlantiradi, ammo taʼlimiy topshiriqlar 
oʼyin muhitida olib borilsa, bolaning bilish kompetentsiyalari yanada rivojlanadi. 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin