283
tashkil etish kompyuter bo‘lishini talab etmaydi, faqatgina
uning ishtirokchilari
o‘rtasida ikki tomonlama audioaloqadan foydalanishni ko‘zda tutadi.
Audiokonferensiyalardan
foydalanish
qarorlar
qabul
qilish
jarayonini
yengillashtiradi, u arzon ham qulay.
Videokonferensiyalar. Ular ham audiokonferensiyalar qanday maqsadlarga
mo‘ljallangan bo‘lsa, shunday maqsadlarga mo‘ljallangan, lekin bunda
videoapparatura qo‘llaniladi. Ularni o‘tkazish ham kompyuter bo‘lishini talab
etadi. Videokonferensiya jarayonida bir-biridan ancha uzoq masofada bo‘lgan
uning ishtirokchilari televizor ekranida o‘zlarini va boshqa ishtirokchilarni ko‘rib
turadilar. Televizion tasvir bilan bir vaqtda ovoz ham eshitilib turadi.
Videokonferensiyalar transport va xizmat safari harajatlarini
ancha qisqartirish
imkonini bersa ham, aksariyat tashkilot yoki firmalar ularni faqat shu sabablarga
ko‘ra qo‘llamaydilar. Bu firmalar bunday konferensiyalarda muammoni hal
qilishga hududiy jihatdan ofisdan ancha uzoqda joylashgan ko‘p sonli menejerlarni
va boshqa xodimlarni ham jalb etish imkoniyatini ko‘radilar.
Elektron pedagogika ta'lim jarayoni sub'ektlarining elektron pochta xizmati
va uning imkoniyatlaridan foydalanish xususiyatlarini xam o‘rganadi.
Internet–
xalqaro tarmog‘ining asosini Electronic mail (E-mail) - elektron pochta xizmati
tashkil qiladi. Elektron pochta xuddi odatdagi pochtadek bo‘lib, faqat bunda xatni
qog‘ozga emas, balki kompyuter klaviaturasidan harf va so‘zlarni terib, ma'lum
elektron yozuv ko‘rinishiga keltiriladi. Elektron pochta maxsus dastur bo‘lib, uning
yordamida Internet tarmog‘i orqali dunyoning ixtiyoriy joyidagi elektron manzilga
xat, hujjat, ya'ni ixtiyoriy ma'lumotni tezda (bir necha soniya va daqiqalarda)
jo‘natish va qabul qilib olish mumkin. Elektron pochtaning
kamchiligi shundan
iboratki, xat jo‘natuvchi va qabul qiluvchining har ikkalasi ham foylanayotgan
kompyuter Internet tarmog‘iga ulangan bo‘lishi zarur.
Dostları ilə paylaş: