288
Skayp
– bu Internet orqali kompyuterlararo so‘zlashuv aloqasini ta'minlab
beruvchi tizimdir. Skayp tizimi Internet orqali mobil va uy telefonlariga qo‘ng‘iroq
qilish pullik xizmatlarini xam ko‘rsatadi. Bundan tashqari skayp tizimi yordamida
chat sifatida
matn xabarlarini yuborish, videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish
hamda konferensaloqani ham amalga oshirish mumkin. Video qo‘ng‘iroqlarni
amalga oshirishda veb kameradan foydalaniladi.
Meyl Agent dasturi.
Mail.Ru Agent - Mail.Ru
kompaniyasi tomonidan
ishlab chiqilgan, Internet orqali tezkor xabarlarni almashish dasturi. Mail.Ru
dasturi tezkor xabarlarni almashishdan tashqari, Internet orqali telefon qurilmalari
yordamida so‘zlashish, videoqo‘ng‘iroqlarni
amalga oshirish, tekin SMS
xarablarni jo‘natish hamda elektron pochtangizga kelib tushgan xatlar to‘g‘risida
ogohlantirish imkoniyatlarini ham taqdim etadi.
Google Talk dasturi.
Google Talk dasturi
Google kompaniyasi tomnidan
ishlab chiqilgan tezkor real vaqt tizimida xabarlarni almashish dasturi hisoblanadi.
Google Talk dasturi matn ko‘rinishidagi xabarlarni almashish,
va tovushli
so‘zlashish imkoniyatini taqdim etadi. Bundan tashqari Google Talk dasturi Gmail
elektron pochta tizimining xizmatchi dasturi bo‘lib pochta qutisini boshqarish
vazifasini ham bajaradi. Google Talk dasturidan foydalanish uchun albatta Gmail
tizimidi elektron pochta qutisiga ega bo‘lish kerak.
Internet orqali o‘zaro muloqotga kirishuvchilar bir vaqtning o‘zida, bir-birlari
bilan interfaol tarmoq orqali aloqa o‘rnatishlari mumkin.
Bunday muloqot
jarayonida foydalanuvchilarning joylashuv o‘rni ahamiyatga ega emas, ya'ni
foydalanuvchilar qaerda bo‘lishlaridan qat'iy nazar Internet tarmog‘i orqali muloqot
o‘rnata oladilar. Bunday so‘zlashuvlarni amalga oshirish uchun maxsus dasturlar
bo‘lishi talab qilinadi. Bunday dasturlarga Skayp, Meyl Agent, Google Talk, ICQ
dasturlari kiradi.
Shunday qilib, dunyo hamjamiyati va davlatlar o‘rtasidagi
turli madaniy,
ta’limiy va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning integratsiyalashuvi ta’limning
hamma bosqichlarida, shu jumladan, oliy ta’lim muassasalari pedagogik jarayonida
sifatli ta’limni tashkil qilish axborot xizmati kontekstida baholanmoqda hamda
289
mazkur
tizimni modernizatsiyalash, innovatsion g‘oya va shakllar asosida olib
borish va amaliyotga joriy etish eng dolzarb vazifalardan biriga aylanib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: