308
-empatiya (o‘zgalar o‘rniga o‘zini quya olish)ga o‘rgatish;
-boshqalarni qadrlash;
-ishonch qozona olish;
-hayajonni bosish;
-sinf, guruh bilan muayyan muammoni muhokama qilish, uning
yechimini topish va
qaror chiqarish;
-pedagogik jarayon muhokamasi va boshqalar.
Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari ( -rasm) quyidagilardan iborat:
I. Gumanistik (insonparvarlik yo‘nalishi).
Bunda qiziqishlar,
qadriyatlar,
ideallarning oliy maqsadga - barkamol avlod
tarbiyalab yetishtirishga
yo‘naltiriladi. Pedagog shaxsining insonparvarlik yo‘nalishiga ega bo‘lishi bilan
belgilanadi.
II. Ixtisoslik bilimi.
Pedagog
tomonidan mutaxassislik fani, uni o‘qitish
metodikasi, pedagogika va psixologiyani mukammal bilish zaruriyatining oshishi
pedagogik mahoratning tarkibiy qismi bo‘lib tavsiflanadi.
III. Pedagogik layoqat va qobiliyatlar:
kommunikativ (muloqatga
moyillik), so‘z, fikr-tuyg‘u orqali munosabat, o‘zaro fikr almashuv; fahm-idrokli
bo‘lish; turli qobiliyat (ko‘rinishlari) qirralari, iqtidori; dinamizm (harakatchanlik),
faollik, olg‘a siljish; emotsionallik (his-tuyg‘u jo‘shqinlik); qat'iyatlilik; qunt,
sabot,
chidamlilik; kelajakka ishonch (kelajakni ko‘ra bilish); e'tiborli
nufuzli
bo‘lish (o‘z ta'sirchanligi bilan mahliyo, maftun eta bilish) bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: