Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich


Pedagogik faoliyat va uning o‘ziga xosligi



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/226
tarix10.07.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#136289
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   226
-.-

2.Pedagogik faoliyat va uning o‘ziga xosligi. 
Har bir jamiyatda o‘qituvchi, ustoz, 
muallim oldiga eng muhim vazifa - jamiyat kelajagi bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash, 
ilm berish vazifasi qo‘yilgan. 
Hatto ibtidoiy jamoa tuzumi oxirlaridayoq yoshlarni tarbiyalash 
muassasalari tashkil etilib, ularda ancha tajribali, hayotni ko‘rgan oqsoqollar 
bolalarni tarbiyalaganlar. 
Quldorlik davrida esa quldorlarning bolalari uchun maxsus maktablar tashkil 
etilgan. Qadimgi Yunonistonda bolalarni o‘qitadigan kishini “didaskal” 
("o‘qitadigan", "o‘rgatadigan") deb ataganlar. Bolalarni maktabga boshlab borgan 
kishilarni pedagog ("payne") bola, "agogeyn" “yetaklab bormoq”) deb atalgan. 
Bu tushunchalar bugungi kunda ham o‘qituvchiga nisbatan ishlatilib 


298 
kelinadi. Lekin uning mohiyati chuqur ahamiyat kasb etadi. Taniqli o‘zbek shoiri 
Abdulla Oripov aytganlaridek: 
Ko‘hna dunyo ko‘rmadi ne ne dahoni, 
Arastu Aflotun, Suqrot dononi 
Ular dahosiga quygan tamal toshini 
Sensan barchasiga ustozi avval, 
Sensan barchasiga ustoz muallim! 
Navoiyning fikricha, ba‘zan bir kishi bitta bolaga tarbiya berishga ojizlik 
qiladi, muallim esa bir to’da bolalarga ilmu adab o’rgatadi. Bu jarayonda muallim 
ko’p aziyat chekadi, mashaqqatlarni boshdan kechiradi. Shuning uchun shogirdlar 
ustoz oldida umrbod qarzdor ekanliklarini his etishlari lozim. “Shogird podsholik 
martabasiga erishsa ham muallimga qulluq qilsa arziydi”,- deb yozadi Alisher 
Navoiy va quyidagi misralarda o‘z fikrini ifoda etadi:
Haq yo’lida senga bir harf o’qitmish ranj ila, 
Aylamak bo’lmas ado oning haqin yuz ganj ila.
Navoiyning “Mahbub-ul-qulub” asarida o’qituvchi odobiga doir quyidagi 
talablar bayon etilgan:
- mudarris ota-onasining mansabi, boyligiga qarab bolaga muomala qilmasligi 
lozim;
-muallim bolalarga bilgan narsalarini o’rgatishi, bilmagan ilmlarini 
o’rgatishga urinmasligi kerak; 
-gerdayish, manmanlik, ta‘magirlik, nodonlik kabi illatlar o’qituvchi axloqiga 
yot sifatlardir; 
-muallim yaramas ishlardan, nopoklikdan yiroq bo’lishi kerak; 
-xalq nazarida olim hisoblanadigan mudarrislar yomon ishlardan, fisqu 
fasoddan o’zlarini tiya bilishlari zarur. Demak, Alisher Navoiy o‘z asarlarida 
o‘qituvchilik kasbini ulug‘lab, uning yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga, insoniy 
hislatlarga ega kishi bo‘lishi lozimligini uqtirgan. 


299 
Inson faoliyatining boshqa turlari kabi pedagogik faoliyat ham o‘z 
xususiyatlari bilan bir-biridan ajralib turuvchi: maqsad, ob'ekt, sub'ekt va 
vositalardan tashkil topadi. Bular:

birinchidan,
pedagogik faoliyatning maqsadi jamiyat tomonidan 
belgilanadi, ya'ni pedagog faoliyatning natijasi jamiyat manfaatlari bilan 
bog‘liqdir. Uning mehnati yoshlar shaxsini har tomonlama kamol toptirishga 
yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Pedagogik faoliyat avlodning ijtimoiy o‘zviyligini 
(ketma-ketligini) ta'minlaydi, bir avlod tajribasini ikkinchi avlodga o‘tkazadi, 
yoshlarni ijtimoiy munosabatlar tomon yo‘llaydi, ijtimoiy tajriba orttirish uchun 
insondagi tabiiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqaradi.
- ikkinchidan
, pedagog faoliyati doimo shaxs faoliyatini boshqarish bilan 
bog‘liq. Bunda pedagogik maqsad o‘quvchi maqsadiga aylanishi muhimdir. Unga 
erishish osonlikcha kechmaydi. Pedagog o‘z faoliyati maqsadini va unga erishish 
yo‘llarini aniq tasavvur qilishi va maqsadga erishish o‘quvchilar uchun ham 
ahamiyatli ekanligini ularga anglata olishi zarur. Nemis mutafakkiri Gyote 
ta'kidlaganidek: "Ishonch bilan gapir, ana shunda so‘z ham, tinglovchilarni 
mahliyo qilish ham o‘z-o‘zidan kelaveradi
40
".
- uchinchidan
, pedagogik (ta'lim, tarbiya) jarayonida o‘quvchi faoliyatini 
boshqarish shuning uchun ham murakkabki-pedagog maqsadi doimo o‘quvchi 
kelajagi tomon yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bu maqsadni o‘quvchidan ko‘ra pedagog 
yaqqolroq tasavvur qiladi. O‘quvchi esa ko‘p hollarda, hayotiy tajribasi 
yetishmasligi sababli hozirgi hayot, shu bugun tashvishlari bilan yashaydi, 
kelajakni esa to‘la tasavvur qila olmaydi. Ijodkor pedagog Sh. A. Amonashvili bu 
nomuvofiqlikni "tarbiyadagi asosiy fojia" deb ataydi. Buni anglagan holda, mohir 
pedagoglar o‘z faoliyatini o‘quvchilar ehtiyojlari, ya'ni bilim, ko‘nikma, malaka 
olishga mo‘ljallab loyihalaydilar. Bu hamkorlik pedagogikasi, ya'ni “sub'ekt-
sub'ekt” munosabatlarining mohiyatini ko‘rsatadi. 
O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida” Qonuni hamda
“Kadrlash tayyorlash milliy dasturi”da ham barkamol shaxs tarbiyasiga asosiy 
40
Gyote Iogann Volfgang. Tanlangan asarlar.-Toshkent:M’eros, 2018.-342-bet. 


300 
e'tibor qaratilgan.Chunki, o‘z bilimi, salohiyati, imkoniyatlarini jamiyat 
taraqqiyotiga to‘liq sarflab, mustaqil fikrlay oladigan ijodkor shaxslarni 
shakllantirish, jamiyatda tub o‘zgarishlar bo‘lishiga zamin yaratadi. 
Inson faoliyati – uning rivojlanishi uchun zarur sharoit bo‘lib, uning
jarayonida shaxs hayotiy tajribaga ega bo‘ladi, atrof-olamni idrok etadi,
bilimlarni o‘zlashtiradi, malaka va ko‘nikma hosil qiladi.
Hozirgi davrda zamonaviy texnika va texnologiyalarning hayotga kirib 
kelishi inson faoliyatida, ijtimoiy ongida katta o‘zgarishlar bo‘lishini taqozo 
etmoqda. Zero, olam to‘g‘risida va insonning hayotda tutgan o‘rni to‘g‘risidagi 
tasavvurlari o‘zgarmoqda, tafakkuri va olamni tushinishning yangi usullari 
shakllanmoqda, ma'naviy-amaliy o‘zlashtirishning yangi vositalari va usullariga 
o‘tish yuz bermoqda. 
O‘quvchi shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta'lim jarayonida uning 
aqliy- intellektual, ijodiy xususiyatlari namoyon bo‘ladi 
Ta'lim-tarbiya jarayonida bolalardagi yashirin iste'dodlarni yuzaga 
chiqarish, kichik maktab yoshidan boshlab o‘z faoliyatini namoyon qilishi uchun 
imkoniyat yaratish, ulardagi ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish - kelajakda 
yuksak salohiyatli, ijtimoiy faol, o‘tkir zehnli, kashfiyotchilik qobiliyatini 
namoyon eta oladigan raqobatbardosh kadrlarni voyaga yetkazish garovi bo‘lib 
hisoblanadi. Bu davlatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biri – har tomonlama 
barkamol insonni voyaga yetkazish g‘oyasiga mos keladi.
Pedagogik faoliyat kishini o‘ziga duch kelgan hodisalarni tahlil qilish va 
umumlashtirish tajribasi bilan boyitadi. 
Pedagogik malaka - egallagan bilim va ko‘nikmalarni faoliyatning ma'lum 
turini egallab olish, yaxshi bajara olish qobiliyatidir.
O‘qituvchi faoliyatiga oid bunday malakalarga quyidagilar kiradi: 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin