Dars mavzusi : Hujayrani urganish usullari



Yüklə 26,75 Kb.
tarix14.12.2023
ölçüsü26,75 Kb.
#177023
dars ishlanma 9-sinf uchun


Sana: 15.09.2023-yil
Sinf: 9”A” sinf.
Fan:Biologiya.
Dars mavzusi:Hujayrani urganish usullari.
Dars maqsadi:
Ta’limiy: O‘quvchilarga hujayrani o‘rganish usullari haqida yangi ma’lumotlar berish.
Tarbiyaviy:O‘quvchilargaekologik tarbiya berish,hujayrani o‘rganish mohiyati haqida tushunchalarni shakllantirish. Kasbga qiziqishlarini yanada oshirish.
Rivojlantiruvchi:Qo‘shimcha ma’lumotlar berish,hujayrani o‘rganish usullari haqida bilimlarni malakaga aylantirish,matematik savodxonliklarini rivojlantirish.
Dars turi: Suhbat,savol-javob.
Dars uslubi:An’anaviy.
Dars jihozi: Darslik,mikraskop,tarqatmalar,AKTvositalari,plakatlar.

I

Darsni tashkil qilish

2 daqiqa

IV

Darsni mustahkamlash va yakunlash

10 daqiqa

II

Uyga vazifani tekshirish

6 daqiqa

V

Uyga vazifa

2 daqiqa

III

Yangi mavzu bayoni

25 daqiqa












I. 1. Salomlashish. Davomatni aniqlash. 3.Sinf xonasini tozaligini tekshirish.
3.O'quvchilarni darsga tayyorlash.


II. Birinchi bo'lib hujayrani kashf etgan olim kim? Yadro qachon va kim tomonidan kashf etilgan? Hujayra nazariyasi biologiyani rivojlantirishga qanday hissa qo'shdi? O'simliklarning tabiatda va inson hayotidagi roli nimalardan iborat?


III. Tirik organizmlarning hujayraviy tuzilishini o'rganishda keng qo'llanila-digan usullarga yorug'lik va elektron mikroskoplar kiradi.


Otilgan mavzu bo’yicha savol-javob qilish,tarqatmalar berish,testlarni qo’llash o’quvchilarga.
Yangi mavzu bayoni: Hujayrani ilk bor ingliz biofizigi Robert Guk 1665 yilda daraxt yog’ochligidagi hujayrasini ko’rgan. Olim o’zi yasagan yorug’lik mikraskopi orqali hujayrani kuzatadi.Hujayra so’zining ma’nosi “uyacha,katakcha ,kulbacha “ ma’nolarini anglatadi.
Yorug'lik mikroskopining asosiy qismlari obektiv va okulyardan iborat. Mikroskopning eng muhim qismi obyektiv bo'lib, kuzatilayotgan predmetni kattalashtirib beradi. Okulyarlar ham linzalar tizimidan iborat bo'lib, ular o'rganilayotgan predmetning tasvirini kattalashtirishda ishtirok etadi. Dastlabki mikroskoplar obyekt tasvirini 10-40 martagacha kattalashtirib bergan. Odatda yorug'lik mikroskoplari tasvirni 10-2000 martagacha kattalashtiradi.
Mikroskopning muhim tomoni, kattalashtirish emas, balki uning ko'rish kuchi yoki ko'rish xususiyati hisoblanadi. Mikroskopning ko'rish kuchi ikki nuqtani farq qilish uchun zarur bo'lgan minimum masofasi bilan aniqlanadi. Bu nuqtalar bir-biriga juda yaqin bo'lgan vaqtda ulardan chiqadi-gan yorug'lik to'lqinlari bir vaqtda qaytadi va odamning ko'zi ikkita emas, balki bitta tasvirni ko'radi.
Elektron mikroskop. Hozirgi davrda ko'rish qobiliyati eng yuqori - soblangan asboblardan biri elektron mikroskopdir. Ular tasvirni 200000 martagacha kattalashtirib beradi. Bunda o'rganilayotgan obyektning tasviri lorug'lik nurlarida emas, balki elektronlar oqimi yordamida hosil qilinadi.
Elektron mikroskop yordamida hujayraning o'ta nozik tuzilmalarini aniqlash imkoni mavjud. Uning yordamida ribosomalar, endoplazmatik to'r, mikronaychalar kashf etilgan. Keyingi yillarda elektron mikroskopning takomillashtirilishi natijasida uch o'lchamli tasvirlar, ya'ni strukturalarning fazoviy tasviriarini olishga muvaffaq bo'lindi.


Mavzuni mustahlamlash: O’quvchilarni olgan bilimlari bo’yicha savol javob qilish.Venn diagrammasi metodidan foydalanish.

Tarqatmalar orqali savollar berib o’quvchilar bilimini mustahkamlash.
1-savol.Hujayrani kim birinchi o’rgangan.
2-savol.Hujayrani o’rganish usullari qaysi.
3-savol.Qaysi usulda yoruglik zarur bo’ladi.
4-savol. Qaysi usulda hujayra organoidlarini o’rganish mumkin.
Oquvchilarni rag’batlantirish,qatnashgan o’quvchilarni bilim darajasiga qarab baholash.
A’lo-5 Rag’bat kartochkasi qizil rangda.
Yaxshi-4 Rag’bat kartochkasi ko’k rangda
Qoniqarli-Rag’bat kartochkasi sariq rangda.
Uyga vazifani berish.
Mavzuni o’qish,savollarga javob yozish,yangiliklarni topib kelish,ayrim so’zlarni inglizchasini yozib o’rganib kelish.



Samarqand viloyati XTB Kattaqo‘rg‘on tuman XTBga qarashli 54 -sonli umum ta'lim maktabi biologiya fani amalioyot òqituvchi Ahmatov Dostonning

Hujayrani o‘rganish usullari

Mavzusida bir soatlik dars ishlanmasi.


Yüklə 26,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin