Ko‘chma radioelektronika, telekommunikatsiya apparaturalarini elektr energiyasi bilan ta’minlashda birlamchi elektr energiyasi sifatida kichik kuchlanishli o‘zgarmas tok manbalari (galvanik elementlar, akkumulyatorlar, termogeneratorlar, quyosh va atom batereyalari) ishlatiladi. Turli xildagi telekommunikatsiya apparaturalarining elektr ta’minoti uchun esa turli nominaldagi o‘zgarmas va o‘zgaruvchan kuchlanishlar zarur bo‘ladi. Shuning uchun bir nominaldagi o‘zgaruvchan yoki o‘zgarmas kuchlanishni ikkinchi nominaldagi o‘zgaruvchan yoki o‘zgarmas kuchlanishga o‘zgartirish talab qilinadi. Bu vazifani o‘zgartirgichlar bajaradi. O‘zgartirgichlar elektr ta’minot manbai kuchlanishini apparaturalar alohida qismlarini elektr ta’minoti uchun talab qilingan turdagi va nominaldagi kuchlanishlarga o‘zgartirib berish uchun xizmat qiladi.

O‘zgartirgichlar ikki turga bo‘linadi. O‘zgarmas tok energiyasini o‘zgaruvchan tok energiyasiga o‘zgartirib beruvchi o‘zgartirgichlar invertorlar deyiladi va o‘zgartirish jarayoni invertorlashdan iborat bo‘ladi. Agar o‘zgartirgich chiqishida o‘zgarmas kuchlanish olinishi talab qilinsa, u holda invertordan keyin to‘g‘rilagich va filtr qo‘yiladi. Bunday bir kuchlanishli o‘zgarmas tok energiyasini boshqa kuchlanishli o‘zgarmas tok energiyasiga o‘zgartiruvchi o‘zgartirgich konvertor deyiladi va o‘zgartirish jarayoni konvertorlashdan iborat bo‘ladi.

Invertor har qanday o‘zgartirgichning asosiy qismi hisoblanadi.
Invertor har qanday o‘zgartirgichning asosiy qismi hisoblanadi.
Invertorlar quyidagi belgilariga qarab sinflarga bo‘linadi: O‘zgartiriluvchi kattalik turiga qarab: tok invertorlari va kuchlanish invertorlari;
Ish taktiga qarab: bir taktli va ikki taktli invertorlar;
Kalit elementlari turiga qarab: tranzistorli va tiristorli invertorlar;
Qo‘zg‘atish usuliga qarab: mustaqil va o‘z-o‘zidan qo‘zg‘atishli invertorlar;
Tranzistorli invertorlar quyidagi turkumlarga bo‘linadi:
Tranzistorlarning ulanish sxemalariga qarab: umumiy emitterli va umumiy kollektorli invertorlar;
Teskari aloqa turiga qarab: kuchlanish bo‘yicha teskari aloqali, tok bo‘yicha teskari aloqali, tok va kuchlanish bo‘yicha teskari aloqali invertorlar;
Tiristorli invertorlar quyidagicha turlanadi:
Tiristorli invertorlar quyidagicha turlanadi:
Tiristorlar kommutatsiyasiga qarab: tarmoq orqali va avtonom;
Yuklamaga nisbatan kommutatsiyalovchi sig‘imning ulanishiga qarab: ketma-ket, ketma-ket parallel va parallel.
Yarim o‘tkazgichli o‘zgartirgichlarning afzalliklari ishonchlilik, yuqori FIK, kichik hajm va ishlatish muddatining uzoqligidir.
Chastota o`zgartkichlarning tuzilishi va ishlash prinsiplari. Chastotali o'zgartirgichlar - bir chastotali o'zgaruvchan tokni yoki kuchlanishni boshqa chastotali o'zgaruvchan tok yoki kuchlanishga aylantirish uchun mo'ljallangan qurilmadir. Zamonaviy chastota o`zgartkichlarning chiqish chastotasi keng diapazonda o'zgarishi mumkin va tarmoq chastotasidan yuqori va pastroq bo'lishi mumkin. Har qanday chastota o`zgatrkichlar sxemasi kuch va boshqaruv qismlaridan iborat bo`ladi. Kuch qismi odatda elektron kalitlar rejimida ishlaydigan tiristorlar yoki tranzistorlardan tashkil topgan bo`ladi. Boshqarish qismi raqamli mikroprotsessorlarda amalga oshiriladi va kuch qismi elektron kalitlarini boshqarishni, shuningdek, ko'p sonli yordamchi vazifalarni (nazorat, diagnostika, himoya) hal qilishni ta'minlaydi.
Chastota o`zgatkichlardan foydalanish afzalliklari. 1)energiya resurslarini tejamkor iste'mol qilish; 2) ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan talablarga javob beradigan minimal texnik xarajatlar; 3) mavjud ob'ektlarni operativ boshqarish sifatini oshirish; 4) muhim texnologik jarayonlarni doimiy monitoring qilish; 5) elektr yuritmani va boshqa murakkab uskunalarning ishlash muddatini o'rtacha 35% ga oshirish. Chastota o`zgartkichlarni tanlash mezonlari. 1) chastota o`zgartkichlar qo`llaniladigan elektr yuritmaning iste'mol qilinadigan tokning maksimal qiymati; 2) Chastota o`zgartkichlarning ortiqcha yuklanish hajmi; 3) Rejalashtirilgan yuklama turi; 4) Me`yordan ortiq yuklanishlar darajasi, davomiyligi va chastotasi. 5) Ta`minot kuchlanishi 6) Chastotaning o`zgarish diapazoni