314
Pedagogik mahoratni egallashda psixologiya va pedagogika faniga doir
bilimlar katta ahamiyat kasb etadi. Ilmiy psixologik va pedagogik bilimlar
tizimining mavjudligi o‘qituvchiga faqat o‘z sinfini hamda ayrim o‘quvchilarni
o‘rganish va ularning to‘g‘ri fe'l- atvorlarini tushunishnigina emas, balki bolalar
jamoasi va uning har bir a'zosini rivojlanish istiqbolini ham belgilash imkonini
beradi.
Kasbiy bilimlar pedagogik mahoratning tub asosini tashkil qiladi. Pedagog
bilimi, bir tomondan u dars berayotgan fan to‘g‘risidagi bilimiga, ikkinchi
tomondan esa, uni o‘zlashtirayotgan o‘quvchilarga qaratilgan bo‘ladi. O‘zi dars
berayotgan fani, uni o‘qitish metodikasi, pedagogika va psixologiyadan puxta
bilimga ega bo‘lishi, pedagogning kasbiy bilimlar mazmunini tashkil etadi. Kasbiy
pedagogik bilimlarning o‘ziga xosligi, ularni kompleks harakterga ega bo‘lishida
pedagogik prinsiplar va qoidalar vujudga keladi. Bu prinsip va qoidalarni har bir
pedagog o‘z tajribasiga tayangan holda yaratadi, lekin ularning qonuniyatlarini
ilmiy bilim yordamida aniqlaydi. Bu bilimlar doimo takomillashib borishi zarur.
Taniqli pedagog Adolf Disterveg: «ilmiy izlanishga intilmagan o‘qituvchi
tavakkalchilik, oddiylik va soxtalik kabi illatlarga giriftor bo‘ladi
48
»,-deb
ta'kidlaydi.
Pedagogik qobiliyatlar, pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli tashkil
qilishga zamin yaratadi. Quyidagi pedagogik qobiliyatlar ta'lim-tarbiya jarayonida
samarali natijalarni qo‘lga kiritish imkonini yaratadi:
48
Abdullaeva Sh.A., Sayitov S.S., Xalikova G.I. Istoriya pedagogiki / Pedagogicheskie vzglyadы Adolfa
Distervega. –Toshkent: Fan va axborot texnologiyalari, 2008.-117-s.
Dostları ilə paylaş: