Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə198/226
tarix10.07.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#136289
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   226
-.-

G‘oyaviy sohada:
ilmiy dunyoqarash va e'tiqod, ijtimoiy ehtiyoj va axloqiy 
zaruriyatlarni chuqur tushunish, ijtimoiy va fuqarolik burchini anglash, ijtimoiy - 
siyosiy faollik. 
Kasbiy sohada
: bolalarni sevish va ular bilan ishlashga qiziqish, o‘z kasbini 
sevish, ruhiy pedagogik ziyraklik va kuzatuvchanlik, pedagogik nazokat, 
pedagogik tasavvur, tashkilotchilik qobiliyati, adolatparvarlik, samimiylik, 
dilkashlik, talabchanlik qat'iylik va maqsadga intilish, vazminlik, o‘zini tuta bilish, 
kasbiy layoqatlilik. 
Bilim sohasida
: keng ilmiy saviya, ma'naviy ehtiyoj va qiziqiщ, intellektual 
qiziqish, yangilikni his qila bilish va boshqalar. 
Pedagogik faoliyat va uning o‘ziga xosligi.
O‘qituvchi mehnati – bu 
bebaho izlanish, mashaqqat, azob-uqubatli kechinmalar, quvonch, o‘z faoliyatidan 
qanoat xosil qilishdir. Pedagoglik faoliyati - inson mehnatining eng murakkab 
sohalaridan biridir.

Pedagogik faoliyat
 —
pedagogning tahsil oluvchilarga ta'lim va tarbiya berish 
vazifalarini hal qilishga qaratilgan hamda pedagogik ta'sir o‘tkazish vositalari bilan 


313 
amalga oshiriladigan kasbiy faolligidir. O‘qituvchi bu mazkur faoliyatning bir 
necha turlarini bajaradi: 
o‘qitadi, tarbiyalaydi, yo‘l - yo‘riqlar ko‘rsatadi, tashkil 
qiladi, targ‘ibot yurgizadi, mustaqil bilim olish bilan shug‘ullanadi
. Bularning 
hammasi bevosita yoki bilvosita o‘qitish va tarbiyalash vazifalarini hal qilishga 
yo‘naltiriladi. Pedagogik faoliyat mobaynida motivatsion — mo‘ljalli bosqich, 
vaziyatni tushunish bosqichi namoyon bo‘ladi; motivlar tug‘iladi, faoliyatga ruhiy 
tayyorgarlik vujudga keltiriladi, maqsad va vazifalar qo‘yiladi va o‘zgartiriladi; 
pedagogning 
tarbiyalanuvchilar 
ruhiy 
rivojlanishiga 
ta'sir 
o‘tkazishi 
muvofiqlashtiriladi; pedagogik o‘z - o‘zini tahlil qilish usullari (diagnostika, 
bashorat, nazorat)dan foydalaniladi, qo‘yilgan vazifa hal etiladi, yo‘l quyilgan 
pedagogik nuqsonlar bartaraf etiladi. 


314 
Pedagogik mahoratni egallashda psixologiya va pedagogika faniga doir
bilimlar katta ahamiyat kasb etadi. Ilmiy psixologik va pedagogik bilimlar 
tizimining mavjudligi o‘qituvchiga faqat o‘z sinfini hamda ayrim o‘quvchilarni 
o‘rganish va ularning to‘g‘ri fe'l- atvorlarini tushunishnigina emas, balki bolalar 
jamoasi va uning har bir a'zosini rivojlanish istiqbolini ham belgilash imkonini 
beradi. 
Kasbiy bilimlar pedagogik mahoratning tub asosini tashkil qiladi. Pedagog 
bilimi, bir tomondan u dars berayotgan fan to‘g‘risidagi bilimiga, ikkinchi 
tomondan esa, uni o‘zlashtirayotgan o‘quvchilarga qaratilgan bo‘ladi. O‘zi dars 
berayotgan fani, uni o‘qitish metodikasi, pedagogika va psixologiyadan puxta 
bilimga ega bo‘lishi, pedagogning kasbiy bilimlar mazmunini tashkil etadi. Kasbiy 
pedagogik bilimlarning o‘ziga xosligi, ularni kompleks harakterga ega bo‘lishida 
pedagogik prinsiplar va qoidalar vujudga keladi. Bu prinsip va qoidalarni har bir 
pedagog o‘z tajribasiga tayangan holda yaratadi, lekin ularning qonuniyatlarini 
ilmiy bilim yordamida aniqlaydi. Bu bilimlar doimo takomillashib borishi zarur. 
Taniqli pedagog Adolf Disterveg: «ilmiy izlanishga intilmagan o‘qituvchi 
tavakkalchilik, oddiylik va soxtalik kabi illatlarga giriftor bo‘ladi
48
»,-deb 
ta'kidlaydi. 
Pedagogik qobiliyatlar, pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli tashkil 
qilishga zamin yaratadi. Quyidagi pedagogik qobiliyatlar ta'lim-tarbiya jarayonida 
samarali natijalarni qo‘lga kiritish imkonini yaratadi: 
48
Abdullaeva Sh.A., Sayitov S.S., Xalikova G.I. Istoriya pedagogiki / Pedagogicheskie vzglyadы Adolfa 
Distervega. –Toshkent: Fan va axborot texnologiyalari, 2008.-117-s. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin