4 sinf ona tili darslarida matn yaratish. Mundarija



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə1/6
tarix20.11.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#163526
  1   2   3   4   5   6
4 SINF ONA TILI DARSLARIDA MATN YARATISH.

4 SINF ONA TILI DARSLARIDA MATN YARATISH.


Mundarija:




Kirish

I.Bob. Ona tili darslarida matn va uni o‘rganish usullari.


    1. Matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish orqali o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish.

    2. Matn yaratish va matn ustida ishlashning didaktik prinsiplari.

II.Bob. Matn ustida ishlash orqali o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini o‘stirish.


2.1.Ona tili ta’limining yangilangan mazmuni va unda matn yaratish ..............
muammosi talqini.
2.2.Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarida mustaqil
matn yaratish.


Xulosa.


Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: birinchi prezidentimiz i.karimov ta’lim-tarbiya sohasida olib boriladigan ishlarning dasturilamali bo‘lgan “kadrlar tayyorlash milliy dasturi” mohiyati haqida shunday degan edi: “demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydi. Agar bola erkin, mustaqil fikrlashni o‘rganmasa, unga berilgan ta’lim samarasi past bo‘lishi muqarrar. Albatta bilim kerak, ammo bilim o‘z yo‘liga, mustaqil fikrlash ham katta boylikdir1”.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasida ham umumiy o‘rta ta’limning asosiy maqsadlaridan biri-mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish ekanligi alohida ta’kidlab o‘tilgan.
Tafakkur va til hodisalarining bir – birini taqozo etishi, biri – birisiz yashay olmasligini nazarda tutsak, ijodiy tafakkur sohibi tarbiyasida ona tilining o‘ta muhim va betakror vosita ekanligini ta’kidlab o‘tirishning hojati yo‘q. Zero, intellektual bilim, kasbiy mahorat, eng nodir kashfiyotlar ham birinchi galda ona tili yordamida dunyoga keladi, ona tilida zohir etiladi, ona tilida himoya qilinadi.
Mustaqil respublikamizda boshqa umumiy o‘rta ta’lim fanlari qatori ona tili ta’limi sohasida ham ulkan o‘zgarishlar, yangilanishlar voqye bo‘ldi: “Davlat tili haqida”gi Qonun2, “Ona tili ta’limi Konsepsiyasi”ning qabul qilinishi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun3 “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”4 ga asoslanib yaratilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining davlat ta’lim standartlari (UO‘T DTS)ning ishlab chiqilishi va amaliyotga tatbiq qilinishi shular jumlasidandir. Respublikamizda barkamol avlod tarbiyasiga, ijodkor, iste’dodli yoshlarni tanlash va ularga maxsus, chuqurlashtirilgan bilim berishga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur BMI ishi shu kunning eng dolzarb vazifalaridan biri – umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili ta’limining yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilishini ta’minlash, o‘quvchida mavjud bo‘lgan lug‘at zaxirasi, nutqiy – intellektual qobiliyatni aniqlash, ijodiy tafakkur faoliyatini jadallashtirish, o‘quvchida ravon nutq, mantiqiy fikrlash, fikr mahsulini yozma ravishda to‘g‘ri, izchil o‘rinda ifodalash, egallangan bilimlarni mustahkamlashga xizmat qiladigan mustaqil matn yaratishning universal texnologiyasi modulini ishlab chiqish, shu tizim asosida o‘quvchining matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan.
Davlat ta’lim standartlari talabalari asosida ona tili o‘qitishning bosh maqsadi o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini yozma, og‘zaki shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish ekan, demak, til o‘qitish metodikasi fani oldida o‘z yechimini kutib turgan navbatdagi dolzarb vazifa – o‘quvchilarda mustaqil matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish muammosining ijobiy yechimini topishdan iborat. Biz tanlagan ilmiy-tadqiqot mavzusi ana shu muammoning ilmiy – amaliy yechimini topish maqsadida amalga oshirildi BMI mavzusining dolzarbligi ham ana shu ilmiy-metodik zaruriyat bilan belgilanadi.
.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin