4 sinf ona tili darslarida matn yaratish. Mundarija


Matn yaratish va matn ustida ishlashning didaktik prinsiplari



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə3/6
tarix20.11.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#163526
1   2   3   4   5   6
4 SINF ONA TILI DARSLARIDA MATN YARATISH.

1.2.Matn yaratish va matn ustida ishlashning didaktik prinsiplari.


Ta’limning rivojlanuvchi va takomillashibboruvchi texnologiyasi boshqa fanlar qatori ona tili ta’limida ham keng miqyosdagi umumpedagogik vazifani bajaradi. O‘quvchi nutqiy mahoratining yuksalib borishi – ona tili ta’limi mazmuni, o‘quv jarayoni va uning to‘g‘ri shakllantirilishiga bog‘liqligi isbot talab qilmaydigan haqiqat bo‘lsa, nutq tilning ifoda vositalaridan foydalangan holda voqyeylikka aylangan fikrdir. U nutq a’zolarining ongli harakati jarayonida paydo bo‘ladi. Ruhiy hodisa bo‘lgan tilning ifoda vositalari nutq ixtiyoriga o‘tgach, haqiqatga aylanadi. Demak, nutqning vazifasi – ong, xotira va tafakkurning uyg‘unlikdagi faoliyati mahsulini barcha uchun tushunarli, adabiy me’yoriy shaklga kiritish, uni moddiylashtirish (axborotga aylantirishdan) va tinglovchiga yetkazishdan iborat.


Shu bilan bir qatorda ona tili o‘qitish metodikasi lingvodidaktik asoslarga ham egaki, bunda til birliklarini nafaqat grammatik xususiyatlariga, balki lug‘aviy ma’nolariga ham asoslangan holda o‘rganish, umumiy va xususiy hodisalarni fikrlash, so‘z boyligini oshirish, og‘zaki nutq, mustaqil matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish, uning rang-barangligi va uslubiy ravonligiga erishish ko‘zda tutiladi.
Hozirgi o‘zbek adabiy tili tarkibiga o‘zbek tilshunosligining keyingi yutuqlaridan hisoblangan uyadosh so‘zlar guruhi1 tushunchasini kiritishni nihoyasiga yetkazish, uni til o‘qitish metodikasida o‘quvchi so‘z boyligini oshirish va boyitish maqsadlarida qo‘llash – tilning lug‘aviy vositalaridan foydalanish uchun o‘quvchiga qulay sharoitlar yaratadi, mustaqil fikr ifodalash imkoniyatlarini kengaytiradi, shu puytgacha an’anaviy ona tili darsliklarida berilmagan, uyadosh so‘zlar ustida ishlash amaliyoti o‘quvchining lug‘at zaxirasini kengaytirish va matn mazmunini mukammal shakllantirish BKMlarini egallashga hizmat qiladi.
Sistem tilshunoslikning leksikologiya (so‘zshunoslik) bilimiga taalluqli bo‘lgan UYADOSHLIK HODISASI, uning yangilangan ona tili ta’limi mazmuniga kiritilishi, til o‘qitish metodikasining qon tomiri hisoblangan o‘quvchi so‘z boyligini oshirish va boyitishda yangi, serqirra va mahsuldor imkoniyatlar majmuasini kashf qilinishiga – uyadosh so‘zlar ustida ishlashning o‘ziga xos texnologiyasini yaratishi va ta’lim amaliyotiga joriy etilishiga asos bo‘lib xizmat qildi. Undoshlik hodisasi, uning ta’limiy – rivojlantiruvchi mohiyati ona tili o‘qitish metodikasi fanida o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Ona tili ta’limi jarayonida uyadosh so‘zlar ustida ishlash – o‘quvchi so‘z zaxirasini boyitish, ijodiy tafakkurini kengaytirish, muayyan yo‘nalishda izlanish va “kashfiyot” qilishga yo‘l ochib berish bilan bir qatorda, o‘quvchi ongiga bir uyaga, bir turga, bir guruhga mansub so‘zlar majmuasi va ularni ajratib, alohidalab turgan leksik – semantik qurshov haqidlik nazariy tushunchalar hosil qiladi. Shunday topshiriqlar ustida ishlash orqali o‘quvchi xotirasida berilgan so‘zning ishlatilishi doirasi, ona tili sathilari va ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqasi (sathlararo va fanlararo aloqa), so‘z birikmalari tarkibida hokim yoki tobe holatda kelishi, ularning gap va matn tarkibida ifodalanishi haqidagi dastlabki amaliy tushunchalar, bilim ko‘nikma va malakalar shakllanadi, tarkib topadi. O‘quvchining uyadosh so‘zlar ustida mustaqil ishlashi muayyan bir soha va uning atamalari doirasida izlanish, mantiqiy mushohada yuritish, o‘zi uchun yangi, notanish bo‘lgan so‘zlarni kashf qilish faoliyati bilan shug‘ullanishdir. Bunday faoliyat esa tabiat qiziquvchan, ijodkor bola uchun haqiqiy ilmiy – tadqiqot dunyosiga qadam qo‘yish bilan barobar. Bunday kichik “tadqiqot”lar natijasida o‘rganuvchi subyektning bilish faoliyati jadallashadi, mustaqil matn yaratishning, ijodiy fikrlashning mahsuldor manbalari bo‘lmish lug`at zaxirasi kengayadi (atama va tushunchalar muayyan belgilar asosida guruhlarga birlashadi, guruhlar majmuasini kuzatish, tahlil qilish orqali esa o‘quvchi ongida yaxlit bir mazmun – berilgan so‘z va uning uyadoshlari vositasida berilgan mavzu doirasida o‘nlab gaplar quriladi hamda o‘quvchi ongida matn loyihasi shakllanadi, ya’ni, ushbu jarayon subyektning bilish jarayoni ketma – ketligi bilan uyg‘unlashadi).
Mazkur texnologiya umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ona tili mashg‘ulotlarining samaradorligini oshirish, darsni zamonaviy, interfaol metodlar asosida tashkil qilish, o‘quvchi lug‘ut zaxirasini so‘z gavharlari bilan boyitishning ishonchli va samarali vositasiga aylandi. Ona tili darslarida uyadoshlik hodisasidan keng va izchil foydalanish – o‘quvchi ilmiy dunyoqarashining kengayishi, unda mustaqil fikrlash, nutqiy taraqqiyot jarayonining tezlashuvi, nutqiy barkamollik hamda til ta’limidagi eng dolzarb masala – mustaqil matn yaratishga yo‘naltiruvchi BKM manbalarining paydo bo‘lishi, tug‘ilishi, so‘z, so‘z birikmalari, tasviriy vositalar holatida shakllanishi va o‘quvchi nutqida voqelanishiga sabab bo‘ladi. Uyadosh so‘zlar ustida ishlash qamrovini kengaytirish, shunday ko‘nikma va malakalar hosil qilish bilan muntazam shug‘ullanish esa o‘z navbatida o`quvchi tomonidan yaratiladigan matnning tili ravon, boy va mazmundor bo‘lishiga, matn tarkibidagi imloviy, uslubiy, tavtologik (qaytariq) xatolarning kamayishiga olib keladi, o‘quvchi shaxsini o‘z “men”ini anglab yetishiga, izlanish va ijod qilishga, o‘z nutqiy mahoratini rivojlantirish uni o‘zgalar oldida namoyish qilishga undaydi. Ze’ro, umumta’lim maktablari o‘quvchilarini matn yaratishga tayyorlash jarayonini o‘quvchini ijodiy mant yaratishga yo‘naltirishning zamonaviy texnologiyasini sathlararo va fanlararo aloqalarsiz, uyadosh so‘zlar ustida ishlash topshiriqlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Uyadosh so‘zlar ustida ishlash – ona tili o‘qitish metodikasi (didaktikasi) uchun yangi, o‘quvchining mustaqil matn yaratish faoliyati uchun mahsuldor texnologiya (keng qamrovli ijodiy tafakkur, boy lug‘aviy va sintaktik manba, nutqiy rang-baranglik, atamalar ro‘yxatining belgi, miqdor, harakat va holat tushunchasiga ko‘ra kengayishi) hisoblanadi.
Berilgan mavzuga oid uyadosh so‘zlar topish, yaratilajak matnning asosiy lug‘aviy manbasini ta’minlash bilan bir qatorda o‘quvchiga matn mazmuni, uning tarkibiy qismlari, xatboshlarini to‘g‘ri shakllantirish ko‘nikmalarini egallash, milliy lug‘at xazinasiga to‘g‘ri tarafdan erkin kirib borish va maqsadli harakatlanish (ya’ni, ijodiy fikr ifodalash uchun eng maqbul so‘zni tanlash) imkoniyatini beradi va u, o‘quvchi uchun bo‘lg‘usi matn asosini yaratishning ishonchli vositasidir.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari yuqori sinf o‘quvchilari, kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining lug‘at xazinasini uyadosh so‘zlar bilan boyitish, berilgan umumiy ma’noli so‘zning xususiyatlarini topish, yoki, aksincha, so‘zlarni muayyan uya (mas., daraxt, shaxs) asosida guruhlash, berilgan matndan uyadosh so‘zlarni ajratish, ular ishtirokida so‘z birikmalari (SB) hosil qilish, uyadosh so‘zlar va SBlar ishtirokida gap tuzatish, ma’lum bir mavzuda matn yaratish kabi ijodiy – amaliy topshiriqlarni muntazam ravishda, tafakur operasiyalarining sintetik jihatini faolllashtirishga o‘rgatishda muhim, rivojlantiruvchi omil bo‘lib xismat qiladi.
Quyida uyadosh so‘zlar sathidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlovchi topshiriqlardan namuna beramiz.
Mustaqil ish: “Dori” atamasining xususiy uyadoshlarini toping va ular ma’nosini sharxlang. (ular yordamida ixtisosiy matn yarating).
Bunday topshiriqlar ko‘proq umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari, kasb-hunar (tibbiyot) kollejlari o‘quvchilarining so‘z boyligini oshirishga, ona tilidan egallangan individual bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash va rivojlantirishga, asosan ixtiyoriy matnlar yaratishga xizmat qilishi hisobga olinsa, ulardan egallangan BKMlarning amaliy tadbiqini nazorat qilish ishlarida foydalanish, yoki uyga vazifa sifatida berish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
Mazkur jadvalda 12 ta belgi – yo‘nalish doirasida uyadosh so‘zlar guruhlangan. Mustaqil topshiriqni bajarish jarayonida o‘quvchi yozgan so‘zlarning soni 100 dan oshgan bo‘lsa, o‘ylab, o‘z xotirasida tiklagan, analiz va sintez qilgan, topshiriq talabiga javob bermaganligi uchun qog‘ozga tushmagan so‘z va atamalar soni bilan qo‘shib hisoblaganda o‘quvchining o‘z xotirasida qayta tiklagan tushunchalari soni 200 dan oshib ketadi. Yuqorida namuna sifatida keltirilgan uyadosh so‘zlar ustida ishlash texnologiyasiga oid mustaqil topshiriqdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchi lug‘at zaxirasini oshirish va boyitish, bilan bir qatorda tilning cheksiz imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirishdir. Uyadosh atamalar ishtirokida so‘z birikmalari va gaplar tuzish topshiriqlari, o‘quvchini ixtisosiy matn yaratishga o‘rgatish, lisoniy imkoniyatlar (uyadoshlik xodisasi) dan samarali foydalanishga odatlantirishdir.
Shu sababli ona tili ta’limi mazmunini belgilashda o‘quvchining muloqot ko‘lami va darajasi, ijodiy tafakkuri, fikr ifodalash ehtiyoji bilan, tavsiya qilingan til vositalari orasidagi mutanosiblik hisobga olinishi yoki aksincha, o‘rganilishi lozim bo‘lgan til vositalari va me’yorlari miqdorini aniqlashda o‘quvchi shaxsining yosh psixologiyasi, tafakkur qobiliyati, savodxonlik darajasi, o‘zaro muloqot ehtiyoji, rivojlanish ko‘lami hisobga olinishi lozim. Shuningdek, ona tili darsliklarida til mazmunining izchilligini ta’minlash, matn yaratish topshiriqlarini tilning ifoda imkoniyatlarini, o‘quvchining mantiqiy tafakkur xususiyatlarini hisobga olgan holda, muayyan tartibda berish, bolaning ko‘rish, eshitish, fikrni anglash, analiz va sintez qilish imkoniyati, bosqichma – bosqich fikrlash va fikrni rivojlantira bilish ko‘nikmasi hisobga olinishi lozim. Buni amalga oshirish uchun, aniq predmetlarni ifodalovchi so‘zlar, ular tarkibidagi nutq tovushlari, bo‘g‘in, bo‘g‘in ko‘chirish va urg‘ularni bosqichma – bosqich o‘rgatib borish, so‘ngra aniq ma’no va yagona shaklga ega bo‘lgan til vositalaridan (mustaqil so‘z turkumlari) ma’nodosh (sinonim), uyadosh (bir mavzu, bir oila, bir guruh, tir turga, bir paradigma, qurshovga kiruvchi so‘zlar), zid ma’noli (antonim) so‘zlarni hosil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish yaxshi samara beradi.
Ona tilidan yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratishda lingvopsixologik qonuniyatlarga amal qilish, ijodiylik hamda mantiqiy izchillikni ta’minlash nihoyatda zarur. Ona tili ta’limi mazmuning bunday tizimda belgilanishi ta’lim samaradorligini oshirish bilan bir qatorda til o‘rganish vositalarining ta’lim jarayoniga dadil kirib kelishi, undan unumli foydalanish usullarining yaratilishi (interfaol o‘qish metodlari), til o‘qitish metodikasining jadal rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Ta’lim mazmuni masalasi pedagogika tarixida eng qadimiy va,ayni paytda, eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib turibdi. Chunki insoniyat tarixiy taraqqiyotining barcha davrlarida “Nimani o‘qitish kerak” degan savolga javob izlash bilan shug‘ullanadilar va hali-hamon bu savolga to‘liq, har tomonlama mukammal javobni topa olganlaricha yo‘q. Didaktikaning so‘ngi yutuqlarini o‘zida jam qilgan, ta’lim mazmuni bo‘yicha berilgan va berilayotgain eng yangi ma’lumotlar ham bundan mukammallikka davo qila olmaydi. Biroq muammoni ijobiy hal qilishga intilish, mustaqil, erkin fikrlovchi ma’naviy barkamol insonning tarbiyalashning eng ilg‘or, zamonaviy metodlari, usul va vositalarini topishga bo‘lgan harakat hech qachon to‘xtagani yo‘q va u inson zoti mavjud ekan to‘xtamaydi. Chunki, odamlar yashaydigan jamiyat doimiy rivojlanishda, takomillashishda davom etadi va ijtimoiy taraqqiyot qonunlari asosida beto‘xtov ilgarilab boraveradi.
Barcha rivojlangan davlatlarda ta’lim mazmuni davlat va jamiyat taraqqiyoti va talablariga ko‘ra, pedagogik texnologiyalarning so‘ngi yutuqlari asosida belgilanadi, shakllanadi. Ta’lim mazmunini shakllantirish 5 ta muhim tarkibiy qismlar (4-jadval) hisobiga amalga oshiriladi:

      1. O‘quvchilar egallashi zarur bo‘lgan ilmiy – nazariy bilimlar tizimi (til faktlari, tushunchalar, qoidalar, ta’riflar).

      2. Tanlangan ilmiy – nazariy bilimlarga muvofiq keladigan amaliy ko‘nikma va malakalar tizimi (ko‘nikma – egallangan tajribalar asosida muayyan faoliyatni amalga oshirish qobiliyati, malaka esa, muayyan harakatlarni bajarish va boshqarish jarayonlarining avtomatlashuvidir).

      3. O‘quvchilarni ijodiy faoliyat usullariga o‘rgatish. Faoliyat qayta xotirlash, qisman ijodiy va to‘liq ijodiy darajada bo‘lishi mumkin.

Qayta xotirlash faoliyati – o‘qituvchi tomonidan ko‘rsatilgan yoki darslikda berilgan namunaga qarab mashq bajarish faoliyatidir. Bu esa o‘rganuvchining faollik darajasini chegaralaydi. U izlanishga, kashf qilishga ehtiyoj sezmaydi.
Qisman izlanuvchanlik faoliyatida o‘quvchi yo‘naltiruvchi topshiriqlar yordamida til xodisalarining o‘xshash va farqli tomonlari ustida o‘ylashi, uni topishi, avvalgi bilimlarni qisman noma’lum sharoitlarda qo‘llashi mumkin.
Ilmiy – ijodiy faoliyatda o‘quvchi hech qanday tashqi yordamsiz, olgan bilimlarini butunlay yangi sharoitda, masalan, kompyuterda qo‘llay olishi, faoliyat uchun zarur bo‘lgan, lekin o‘zida bo‘lmagan bilimlar manbasini topa bilishi, ulardan nutqiy vaziyat taqozosiga ko‘ra, o‘rinli foydalanish ko‘nikmalarini egallashi talab qilinadi. O‘quvchini ijodiy faoliyatga qiziqtirish, uning matn yaratishga bo‘lgan har qanday urinishini qo‘llab – quvvtlash tajribasiga qanchalik ko‘p asoslansak, ta’limning samaradorlik darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi.

      1. O‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tizimi. Bu munosabatlar o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi maqsadga intilishdagi sheriklik, o‘zaro tenglik, hamkorlik, muhokama, qiyosiy tahlil, to‘g‘ri hukm va xulosaga asoslanmog‘i lozim. Ta’lim mazmunining bu tarkibiy qismlari chiziqsimon birin-ketinlikda joylashgan xodisalar emas, balki aylanasimon yaxlitlik bo‘lib, bu aylananing boshlanish va tugallanish nuqtasi birinchi va beshinchi qismlari, aylana doirasi esa ijodiy-amaliy ko‘nikmalar zahirasini tashkil etadi.

      2. O‘quvchida mustaqil fikrlash, fikr ifodalash va matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish tizimi.

Nutqiy – amaliy ko‘nikmalar zanjirining eng muhim, yakunlovchi halqasi o‘quvchida mustaqil fikrlash, fikr ifodalash va matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish tizimi ustida ishlash – o‘quvchi nutqiy iqtidori, matn yaratish ko‘nikmasining malakaga aylanishi, tafakkur mahsulining moddiylashuvidir.
Boshqacharoq aytganimizda tafakkur, nutq, matn yaratish xodisalarini o‘zaro uyg‘unlik va uzluksizlikda, til bo‘limlari va boshqa fanlar bilan mustahkam aloqadorlikda, yozma fikr ifodasini yengillashtiruvchi muayyan bir tizimda o‘rganish kommunikativ savodxonlikning eng so‘nggi natijasi – ijodiy matn yaratish va uni mustaqil tahrir qilish ko‘nikmalarining shakllanishiga olib keladi.
O‘quvchilar umumiy o‘rta ta’lim maktablarida DTS talablari bo‘yicha belgilangan ona tili o‘qitish mazmuni va undagi matn ustida ishlash va matn yaratish mavzusi yuzasidan quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari lozim:
Grammatikaga oid bilimlarni egallash – fonetika, leksikologiya, so‘z tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya va sintaksis, yozuv va imlo, tanish belgilari nutq uslublari, uslubiyatga oid tushunchalarni o‘rganish, ular amaliyotiga oid BKMlarni egallash;
-birinchi yo‘nalish: - O‘quvchilarning lug‘at zaxirasini kengaytirish va boyitish, so‘zning lug‘aviy ma’nolari ustida ishlash (uyadosh so‘zlar, ma’nodoshlar, zid ma’noli, shakldosh, tarixiy, olinma so‘zlar v.h.), o‘quvchi uchun notanish bo‘lgan so‘zlar ma’nosi va qo‘llanish doirasini aniqlash;
-ikkinchi yo‘nalish; - o‘zbek adabiy tili me’yorlari, to‘g‘ri talaffuz, to‘g‘ri yozish, so‘z tanlash, so‘z birikmalari hosil qilish, gap tuzish me’yorlari, til birliklarining uslubiy imkoniyatlari xususan, uyadoshligi (bir mavzu, guruh va uyaga mansub so‘zlar, fanlararo va sathlararo aloqa) va ma’nodoshligi (sinonimiyasi); mustaqil va ijodiy fikrlash, fikrni to‘g‘ri aniq ravon ifodalash, gramatik sinonimiya (frazeologik sinonimiya, lug‘aviy sinonimiya, qo‘shimchalar sinonimiyasi, gap va matn sinonimiyasi) namunalari ustida ishlash, ifodali o‘qitish (qiroat san’ati) bilan shug‘ullanish;
-uchinchi yo‘nalish: - O‘quvchilarda fikr mahsulini og‘zaki va yozma ravishda izchil, to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini egallash, matn tahlili, matn ustida ishlash va matn yaratish faoliyatlarini qamrab oladi1 .
Zamonaviy ta’limda o‘qituvchi faoliyati
Fan olimida modellashtirish atamasi tabiat va jamiyatning turli obyektlarini o‘rganish usuli sifatida keng qo‘llanilmoqda. Iqtisodiy aloqalar, biologik, fiziologik jarayonlar, ijtimoiy strukturalar, texnik vositalar, ekologik vaziyatlar va til xodisalari modellashtirilmoqda.
O‘qituvchi faoliyati moduli muallifi N.Saidahmedov o‘qituvchi faoliyati strukturasini anchagina mukammal yorita olgan. Unda o‘quvchi faoliyatiga alohida ahamiyat berilgan va u birlamchi mavqega ko‘tarilgan. N.Saidahmedovning fikricha, darsning natijasi bevosita o‘qituvchi shaxsiga, uning shaxsiy fazilatlari-yu, sifatlariga chambarchas bog‘liq emas! Aslida ham yangi texnologiya bilan ishlayotgan o‘qituvchi asosan ta’lim jarayonini, o‘quvchi faoliyatini boshqarish, nazorat qilish bilan shug‘ullanadi.
Albatta, biz bu bilan dars sifati va samaradorligi o‘qituvchi shaxsiga butunlay aloqador emas, deyishdan yiroqmiz. O‘qituvchining ijobiy fazilatlari, dars berish mahorati qancha kuchli bo‘lsa, o‘quvchi faoliyati shunchalik samarali bo‘lishi shubhasiz, biz aytmoqchi bo‘lgan fikr boshqa. Zamonaviy texnologiya asosida o‘tilgan darsning ijobiy samarasi – o‘qituvchi shaxsi va uning pedagogik mahorati mahsuligina emas, balki unda o‘quvchining, ya’ni o‘rganuvchi subyektning ham ilmiy izlanishlari, ijodiy o‘quv faoliyati, katta-kichik kashfiyotlari yotadi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar hukmronlik qilayotgan bugungi kun ta’limida noan’anaviy interfaol usullar, yangicha yondashuvlar, doimiy ravishda rivojlanib, takomillashtib boraveradi va bunday darslarda o‘qituvchi shaxsi hukmronlikdan boshqaruvchilik tamoyiliga o‘tadi.
Asosiy talab dars rejasida ko‘rsatilgan faoliyat turlarining maqsadga muvofiq, aniq va mukammal bajarilishi-dir. Zero, zamonaviy darslarda faol ishlovchi – o‘quvchi, uning yo‘naltiruvchi topshiriqlar, mustaqil izlanishlar natijasida egallagan BKMlari, ularning o‘quvchi nutqiy faoliyatiga, matn yaratish madaniyatiga ijobiy ta’siri – DTS talablarida ko‘rsatilgan “ijodiy tafakkur sohibi”ga mos va xos bo‘lgan natijadir.
Demak, N.Saidahmedovning o‘qituvchi faoliyati modeli noan’anaviy usullarga va yangi pedagogik texnologiyalarga asoslangan zamonaviy dars tabiatiga ham mos keladi. Binobarin, u zamonaviy ona tili darsi strukturasidan mustahkam o‘rin olgan va biz tavsiya qilayotgan ongli verbal – kognitiv ta’lim tizimiga mohiyatan zid emas. Chunki OVKT tizimida ham o‘qituvchi shaxsi emas, balki uning maqsadli faoliyati, ya’ni tanlash, yo‘naltirish, nazorat qilish, xulosalashi muhim o‘rin tutadi.
Ko‘rinadiki, o‘qituvchi faoliyati modeli va OVKT ta’lim tizimi bir – birini inkor qilmaydi, aksincha, bir-birini to‘ldiradi, zamonaviy ta’lim jarayonini, undagi subyektlarning o‘rni, roli, funksiyalarini to‘g‘ri tushuntirishga yordam beradi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi bitiruvchisining (9-sinf) erkin fikrlash, mustaqil matn yaratish malakalari, sifati va darajasi ona tilidan DTSlari talabiga javob beradimi? Bu borada ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish qay ahvolda?
Mustaqil yaratilgan badiiy matn – o‘quvchining imlo savodxonligi, ijodiy tafakkuri, so‘z boyligi, nutqiy salohiyatini namoyish etuvchi ko‘zgu, aks sado. Chunki o‘quvchining ona tili ta’limi jarayonida egallagan bilim, ko‘nikma va malakalari, ularning amaliy tadbiqi – o‘quvchining o‘zi mustaqil yaratgan matndagina o‘z ifodasini topadi. Zero, o‘quvchining suhbatdosh fikrini qabul qilish va o‘z fikrni ifodalashga qaratilgan ehtiyoji asosiga qurilgan amaliy faoliyatiga ona tilidan egalagan bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash, kommunikativ savodxonlik darajasining oshib borishi, matn yaratish ko‘nikmalarining rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Ana shunday faoliyatgina ta’lim jarayonini samarali tashkil qilish bo‘yicha DTS talablariga mos keladi va o‘quvchida ijobiy o‘quv motivlarini hosil qiluvchi muhim didaktik vosita vazifasini bajara oladi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin