326
vaziyatda o‘zini tuta oladigan, har narsaga asabiylashmaydigan va o‘quvchilar
asabini ham buzmaydigan o‘qituvchini yoshlar afzal ko‘rishadi.
Ma'lumki, nerv sistemasining tipi (temperament) g‘oyat
barqaror, uni
xohlagan paytda tez o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ammo uni qandaydir ma'noda
boshqarish, jumladan salbiy tip ko‘rinishlarini tarbiyalash mumkin. O‘z tipidagi
ijobiy tomonlaridan foydalana oladigan va salbiy tomonlariga barham bera
biladigan, nerv sistemasi istalgan tipining namoyondasi bo‘lgan kishi o‘qituvchi
bo‘lishi mumkin.
O‘qituvchi ishining muvaffaqiyatiga bu tiplardan tashqari, yuzaga keladigan
vaqtincha psixik holatlar (kayfiyat) ham ta'sir ko‘rsatadi. O‘qituvchilar dars
mashg‘ulotlarini tashkil qilishda yomon kayfiyatga berilmasligi,
noxush
kayfiyatlarini o‘quvchilarga sezadirmasliklari lozim.
“Sinf xonasiga kirgan o‘qituvchi barcha tashvishli muammolarini, noxush
kayfiyatini eshik ortida qoldirishi, bolalar oldiga ochiq chehra bilan kirib kelishi
lozim”,- degan edi Qori Niyoziy.
Haqiqatdan ham, o‘qituvchi ayrim hollarda
xunob bo‘lishi va g‘azablanishi ham mumkin, lekin irodaviy xususiyatiga tayangan
holda o‘zini boshqara olishi, o‘quvchilarga dag‘al muomala qilmasligi kerak.
O‘qituvchi bukilmas irodaviy xususiyatga ega bo‘lishi, hayot va faoliyatda
aslo og‘ishmasdan oldiga quyilgan maqsadga intilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: