Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə215/226
tarix10.07.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#136289
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   226
-.-

Uqtirish
-kishilarning muloqot va faoliyati jarayonida o‘zaro ta'sir 
etish vositalaridan biridir. Inson ruhiyatiga uning o‘ziga sezdirmasdan ta'sir etish, 
shaxs psixikasi tarkibiy tuzilishiga beixtiyor kirib borish va kundalik hayotdagi
qiliqlar, intilishlar, motivlar va yo‘l-yo‘riqlarda uqtirish namoyon bo‘ladi.


342 
Uqtirishning mohiyati shundan iboratki, tinglovchi so‘zlayotgan shaxsga 
to‘la ishonch bildiradi. Bu holda so‘zlovchi tinglovchida aynan o‘zidagi tasavvur, 
qiyofa va sezgilarni gavdalantiradi va unda to‘liq ishonch hosil qiladi.
“Uqtirib ta'sir etishda axborot manbai bo‘lmish so‘zlovchining obro‘ga ega 
bo‘lishi, ikkinchi tomondan esa tinglovchida ishonch hosil qilishiga erishishdir. 
O‘qituvchi tahsil oluvchiga muayyan mavzuni uqtirayotganda pedagogik muloqot 
o‘zaro ta'sir etish jarayoni sifatida ixtiyoriy va ixtiyorsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin. Pedagogik jihatdan to‘g‘ri qo‘llangan uqtirish 
juda katta tarbiyaviy kuchga ega
51
”- deb yozadi M. Ochilov. Darhaqiqat, 
pedagogning samarali uqtirib ta'sir ko‘rsatishining zarur shartlaridan biri o‘quvchi 
va jamoa ruhiyatiga ta'sir qilish natijasida ularda ijobiy hislatlar tarkib topadi. Eng 
muhimi shundaki, o‘quvchi o‘qituvchi aytgan harakatlarni bajaradi va ularni o‘zi 
mustaqil o‘ylab topgandek his qiladi. 
Uqtirishga moyillik inson asab tizimining me'yordagi xususiyatidir. U
yosh davriga (yosh bolalarni uqtirish osonroq), jinsga (ayollar uqtirishiga ko‘proq 
moyil bo‘ladilar), ongni rivojlanishi darajasi (intellekt)ga, salomatlikka 
(charchaganda yoki kasallikdan yaqinda tuzalgan kishini uqtirish oson bo‘ladi) va
boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashkari uqtirishga moyillik 
uqiruvchining obro‘si va uqtirish shakliga qarab ham o‘zgarib turadi. 
Uqtirishga moyillikning ayniqsa yosh davrlariga bog‘liqligi juda sezilarli. 
Bolalar 7-10 yoshda juda ta'sirchan bo‘ladilar, shuning uchun ular bilan ishlashda 
so‘zning uqtiruvchi qudratini oshiradigan alohida usullarini o‘ylab topishga ham 
zarurat qolmaydi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining hurmati juda yuqori 
bo‘ladi, o‘quvchilar uning har bir so‘zi, hikoyasi yoki tanbehini aniq haqiqat, deb 
qabul qiladilar. Yosh oshgan sari o‘quvchilarda tanqidiy fikrga egalik oshadi.
Ko‘p hollarda ishontirish va uqtirish o‘zaro bog‘liqdir. Ishontirish va 
uqtirishning umumiy belgilari: 
- har ikkalasida ham so‘z ta'sir etish vositasidir;
51
Ochilov M., OchilovaN. O‘qituvchi odobi.- Toshkent: O‘zbekiston, 1996.-172 bet 


343 
- o‘qituvchining nutq maromi sust, ohangdorligi past bo‘lsa va uning
yuz ifodasi hayotiy bo‘lmasa, ishontirish ham, uqtirish ham muvaffaqiyatsiz 
bo‘ladi. 
Taqlid qilish- 
inson ruhiyatini o‘ziga rom qilishning bir turidir. U asosan 
individning ma'lum bir hulq-atvor, harakat tarzi, qiliqlari takrorlanishini anglatadi. 
Mashhur psixoterapevt V. L. Levi ichki va tashqi taqlid qilish mavjudligini 
aniqlagan. Inson o‘zining ichki sezgisi, intuitsiyasi bilan (ong bilan sezish) o‘zgalar 
xatti-harakati, so‘zi, mimikasini taqlid qiladi. Ichki taqlid qilishda kishining tashqi 
qiyofasi ham hisobga olinadi. Ichki va tashqi taqlid qilishni bilish yosh 
o‘qituvchiga o‘z ustida ishlashga xizmat qiladi. 
Shunday qilib, o‘qituvchining bolaga ta'sir etishida turli kommunikativ 
ko‘nikmalardan foydalanish zarur. Mohir pedagog muayyan vaziyatda oqilona 
ta'sir etish vositalaridan foydalana oladi. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin