99
O‘z-o‘zini anglash tuyg‘usiga ega bo‘lish, ta'lim sohasidagi xizmatlardan
to‘laqonli, samarali foydalana olish, ilmiy va kasbiy bilimlarni puxta
o‘zlashtirishga erishish shaxsga yetuk mutaxassis bo‘la olishi uchun poydevor
yaratadi.
Inson kamoloti, eng avvalo, uning o‘ziga bog‘liqdir. Shu bois milliy
dasturda shaxs va uning kamolotini shakllantirishga alohida e'tibor qaratilgan.
Ta'lim xizmatlarining iste'molchisi sifatida shaxsga davlat ta'lim olish va kasb-
hunar tayyorgarligidan o‘tish kafolatlanadi. Ta'lim olish jarayonida shaxs davlat
ta'lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi shart.
Shaxs ta'lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida tegishli malaka darajasini
olgach, ta'lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat ko‘rsatish
sohasida faoliyat ko‘rsatadi va o‘z bilimi hamda tajribasini o‘rgatishda
ishtirok
etadi».
Shaxs kamoloti nafaqat o‘zi uchun, balki davlat va jamiyat taraqqiyoti, ravnaqi
uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Binobarin, fuqarolari yuksak ma'naviyatga
ega jamiyat har tomonlama taraqqiy eta oladi.
Shaxs va davlat (jamiyat) o‘rtasidagi aloqa ikki tomonlama xususiyatga ega.
Shu bois har qanday davlat (jamiyat) o‘z fuqarolarining yashashi, mehnat qilishi,
iqtidori va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, uni namoyon eta olishi uchun yetarli
darajada shart-sharoit yaratib bera olishi lozim. Respublika ta'lim tizimida davlat
va jamiyat shaxsning har tomonlama shakllanishi, o‘zligini namoyon eta olishi
uchun yetarli darajada shart-sharoit yaratib berish masuliyatini o‘z zimmasiga
oluvchi subekt sifatida namoyon bo‘ladi.
Davlat va jamiyat ta'lim muassasalarining yuqori malakali raqobatbardosh
mutaxassislarni tayyorlash yo‘lidagi faoliyatini ham uyg‘unlashtiradi
hamda
quyidagilarga kafolat beradi:
– fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va o‘z malakasini oshirish
huquqlarning ro‘yobga chiqarilishiga;
– majburiy umumiy o‘rta ta'lim hamda akademik litsey yoki kasb-hunar
kollejida ta'lim olish yo‘nalishini tanlash huquqi asosida majburiy o‘rta maxsus,
kasb-hunar ta'limini olishga;
100
– davlat grantlari yoki pulli-shartnomaviy asosda oliy ta'lim va oliy o‘quv
yurtidan keyingi ta'limni olish huquqiga;
– davlat ta'lim muassasalarini mablag‘ bilan ta'minlashga;
– ta'lim oluvchilarning o‘qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar
yaratish borasidagi vazifalarning hal etilishida
jamoatchilik boshqaruvini
rivojlantirishga;
– ta'lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga;
– sog‘liq va rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning ta'lim olishiga.
Uzluksiz ta'lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O‘zbekiston
Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlovchi, shaxs, jamiyat va
davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy
va madaniy ehtiyojlarini
qondiruvchi ustuvor soha bo‘lib, ijodkor, ijtimoiy faol, ma'naviy boy shaxsning
shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning jadal tayyorlanishi
uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.
Uzluksiz ta'lim jarayoni shaxsning har tomonlama qaror topishi uchun eng qulay
davr sanaladi. Mazkur davrda shaxs fan asoslari hamda kasb-hunar ma'lumotlarini
o‘zlashtiradi, yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlarga ega shaxs va malakali kadr
sifatida kamol topib boradi. Unda muayyan dunyoqarash shakllanadi.
O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta'lim Davlat ta'lim
standartlari hamda
o‘quv dasturlari talablariga muvofiq tashkil etiladi.
Uzluksiz ta'lim quyidagi
Dostları ilə paylaş: