Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/226
tarix10.07.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#136289
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   226
-.-

7.
Tarbiya vositalari.
Tarbiya metodlari tarbiya jarayonining tarkibiy qismi 
sifatida yuzaga chiqadigan tarbiya vositalaridan tashkil topadi. Metodlar ular bilan 
mustahkam bog‘langan va birgalikda qo‘llaniladigan boshqa tarbiya vositalari ham 
mavjud. Masalan, metodlarni samarali qo‘llash uchun zaruriy yordam beruvchi 
ko‘rgazmali qurollar, tasviriy san'at asarlari va musiqa san'ati, ommaviy axborot 
vositalari. 
8.
Pedagogik malakani egallaganlik darajasi.
Tarbiyachi odatda faqat o‘zi 
biladigan va qo‘llay oladigan metodlarni tanlab oladi. Ko‘plab metodlar murakkab 
bo‘lganligi bois, o‘qituvchidan ko‘p kuch ishlatishni talab etadi. Bunday 
masuliyatdan bo‘yin tovlaydigan pedagoglar ularsiz faoliyatni tashkil etishga 
harakat qiladi. Natija esa turli obrazli, xilma-xil maqsad, vazifa, shart-sharoitlardan 
kelib chiqib metodlardan foydalanishga qaraganda past samaraga ega bo‘ladi.
9.
Tarbiya vaqti.
Qachonki, vaqt kam, maqsad esa katta bo‘lsa, «kuchli 
harakatga keltiradigan» metodlar qo‘llaniladi, qulay sharoitlarda esa, tarbiyaning 
«oddiy» metodlaridan foydalaniladi. Tarbiyani «kuchli harakatga keltiradigan» va 
«oddiy» metodlarga bo‘linishi shartli: birinchisi tanbeh berish va majbur qilish 
bilan, ikkinchisi nasihat qilish va doimiy o‘rgatish bilan bog‘liq.
10.
Kutiladigan natija.
Metodni tanlayotganda, tarbiyachida muvaffaqiyatga 
erishishga nisbatan ishonch bo‘lishi kerak. Buning uchun qo‘llanilayotgan metod 
qanday natijaga olib kelishini oldindan ko‘ra bilish kerak. 
O‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘z-o‘zini kamol toptirishda shaxsning ma'naviy-
axloqiy qiyofasi, hayotiy yondashuvlari, uning uchun ustuvor ahamiyatga ega 
bo‘lgan qadriyatlar hamda axloqiy tamoyillar mohiyati u ega bo‘lgan dunyoqarash 


130 
mazmunini ifodalaydi. O‘z navbatida dunyoqarashning boyib borishi shaxsning 
shaxsiy sifat va fazilatlarining tobora barqarorlashuvini ta'minlaydi. O‘z 
mazmunida ezgu g‘oyalarni ifoda etgan dunyoqarash shaxs qiyofasida namoyon 
bo‘layotgan ijobiy fazilatlarning boyib borishiga yordam beradi. 
Dunyoqarash o‘z mohiyatiga ko‘ra, ilmiy (muayyan falsafiy tizimga ega) va 
oddiy (muayyan falsafiy tizimga ega bo‘lmagan) dunyoqarash tarzida farqlanadi. 
Ilmiy dunyoqarash asosida uzluksiz, izchil ravishda mavjud fanlar asoslarini puxta 
o‘zlashtirib borish, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etish natijasida 
barqarorlik kasb etgan g‘oyalar yotadi. 
Shaxs dunyoqarashini shakllantirish uzoq muddatli, dinamik xususiyatga ega 
murakkab jarayon sanaladi.

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin