Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/226
tarix10.07.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#136289
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   226
-.-

 
Rag‘batlantirish
tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho 
berish asosida unga ishonch bildirish, ko‘nglini ko‘tarish va uni qo‘llab-quvvatlash 
metodidir. O‘qituvchi har bir o‘quvchi shaxsida ro‘y berayotgan ijobiy 
o‘zgarishlarni anglab olishi zarur.
Tanbeh berish
– eng muhim jazo chorasi. O‘qituvchi o‘quvchiga yuzma-yuz 
turib tanbeh beradi, buni kundaligiga yozib qo‘yish mumkin. 
Uyaltirish
– o‘quvchining ma'lum xatti-harakatlariga jamoa yoki uning tarbiya 
uchun masul bo‘lgan subektlar (ota-onalar, vasiylar, jamoatchilik vakillari va 
boshqalar) oldida baho berish. Odamning eng nozik sezgilaridan biri uyat, or-
nomus va sharm-hayodir. Insonda izzat-nafs, odamiylik qancha kuchli bo‘lsa, 
avvalo, o‘zini hurmat qilsa, unda or-nomus, uyat shunchalik kuchli bo‘ladi. 
Bolalarni tarbiyalashda shu his-tuyg‘ularni ehtiyotkorlik bilan o‘stirish lozim, lekin 
hadeb uyaltiraverish va qizartiraverish yaramaydi. Bundan oqilona va o‘z o‘rnida 
foydalanish kerak, shundagina ijobiy natijaga umid qilish mumkin. 
Tarbiya metodlari
tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg’ulari va хulqiga ta’sir 
etish usullari yig’indisidir. 


128 
 
Tarbiya metodlarini tanlab olish shartlari. 
Metodning ijobiy va salbiysi 
bo‘lmaydi, tarbiya jarayonida ma'lum yo‘lni yuqori darajadagi samarali va 
samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning samaradorligini u 
qo‘llanilayotgan sharoit nuqtai nazaridan baholash mumkin. 
Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bog‘liq: 
1.
Tarbiyaning maqsad va vazifalari.
Tarbiyaning maqsad va vazifalari. 
Maqsad nafaqat metodlarni oqlaydi, balki ularni aniqlab beradi. Maqsad qanday 
bo‘lsa, unga erishish metodlari shunga muvofiq bo‘lishi zarur.

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin