“
Talqin va tadqiqotlar
”
ilmiy-uslubiy jurnali
№12
35
Bilish kompetensiyasi
– atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan
bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal qilish
uchun foydalanish.
Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari
Bolaning kompetensiyalari
bola rivojining quyidagi sohalarida belgilanadi:
jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;
ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
nutq, muloqot, o‘qish va
yozish malakalari;
bilish jarayonining rivojlanishi;
ijodiy rivojlanish
Maktabgacha ta’limning sifat va samaradorligiga erishishda bolalarning
kundalik faoliyatini mazmunli va qiziqarli tashkil etish, bo‘sh
vaqtlardan unumli
foydalanish, qobiliyatlarini aniqlash va shunga qarab jarayonga ijodiy yondashish,
bolalar uchun o‘tkazilgan mashg‘ulotlar va manbalarni bolalar va jamiyat
ehtiyojlariga javob beradigan holatga keltirish maqsadida
ratsional va tizimli tahlil
qilishni ko‘zda tutadi. Buning uchun innovatsion usullardan biri bo‘lgan “Keys-stadi”
texnalogiyasidan maktabgacha ta’lim tashkilotida ham foydalanish bolalarni faol
ta’lim olishga undaydi. Bu usulni qo‘llash orqali tarbiyachi bolani berilgan savolga
to‘g‘ri javob berishga o‘rgatadi. Bolalarga ko‘proq kitob o‘qib
berish yoki kitob
sovg‘a qilish ularni so‘z boyligini oshirish bilan bir qatorda xotirasi va tafakkurini
o‘stiradi. Bu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev
tomonidan ilgari surilgan 2019-yil 20-martdagi “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish
va ularni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi 5 muhim tashabbusning 4-
chisi “Kitobxonlikni keng targ‘ib qilish”ni MTTdan boshlash zarurligini ta’kidlash
lozim. Tarbiyachilar vazifasi bolalar uchun qiziqarli bo‘lgan va ularning ijodiga keng
erkinlik beradigan ta’lim imkoniyatlarini ta’minlashdan iborat bo‘lib qoladi.
Adabiyotlar:
1. "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi O'zbekiston
Respublikasi Maktabgacha
ta'lim vazirligining 2018-yil 7-iyuldagi 4-sonli hay'at yig'ilishi qarori bilan
tasdiqlangan va nashr etilgan.
2. Мактабгача ёшдаги болалар илк ривожланишига қўйиладиган Давлат
талаблари.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M Mirziyoyev tomonidan 2019-yil
20-martda “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh
vaqtini mazmunli
tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus
4. Maktabgacha ta'lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar faoliyatini tashkil
etishda tarbiyachilarni tayyorlash bo'yicha trening moduli. T.: 2017-y.
5. "Bolangiz maktabga tayyormi?" O'z. Res. Xalq ta'limi vazirligi Respublika
ta'lim markazi, Ma'rifat-Madadkor nashriyoti.