Patopsixologiya va tibbiyot psixologiyasi



Yüklə 380,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/38
tarix11.07.2023
ölçüsü380,56 Kb.
#136349
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38
patopsixologiya va tibbiyot psixologiyasi (1)

 
 
Affekt qanday sodir bo'ladi? 
Affekt (jazava) bu nihoyatda aniq ifodalangan, lekin qisqa vaqt davom 
etadigan emotsiya to'satdan paydo bo'ladigan 
kuchli ruhiy hayajonlanish. 
Darg'azablik, rashk, jaxl, quvonch jazavasi va boshqa jazavalar 
bo'ladi. 
Aql idrok nazorati ostida bo'lgan jazava fiziologik jazavadir. 
Patologik jazavada odam o'z qilmishlarini boshqarish va o'z hatti-
harakatlaridan o'ziga hisob berish layoqatini yo'qotib qo'yadi. 
Jazava o'tib ketgach nimalar qilganini eslay olmaydi. Patologik 
affektlar asosan psixopatlarda, nevrotik xolatlar va ba'zi psixozlarda ro'y 
beradi. Emosional reaksiyalarning tabiati ularni boshqara olish layoqati odam 
shaxsiyatining xususiyatiga bog'liqdir. 
Emotsiyanallikning har-hil ko'rinishi-susayishi, pasayishi klinikada 
diagnostik va terapevtik jixatdan katta ahamiyatga ega. Emosionallikning 
umuman pasayib qolishi apatiya holati dayiladi. 



20 
 
 
Kayfiyat nega o'zgarib turadi? 
Psixikaning turli-tuman buzilishlari orasida emosional patologiya 
ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Bu avvalo emosional qo'zg'aluvchanlik 
darajasiga talluqli. Garchi bu daraja har kimda har hil bo'lsada, biroq 
klinikada keskin pasayib ketgan qo'zg'aluvchanlikni kuzatishimiz mumkin. 
Kayfiyat buzilishlari emosional soxaning tez-tez bo'lib turadigan 
buzilishlari qatoriga kiradi. Kayfiyat buzilishining 3 ta asosiy turi; disforiya, 
depressiya va eyforiya tafovut qilinadi. 
Disforiyada odam injiq, o'zidan va atrofidagilardan ko'ngli 
to'lmaydigan, asabiylashgan bo'ladi. Bu alomatlarga tundlik, adovat va 
jaxldorlik qo'shilishi mumkin. 
Depressiya – doimo g'amgin, yomon kayfiyatda yurishdir. Bunda 
bemorlar boshqalarga aralashib ketolmaydi, kam gapiradi, ko'pincha ko'ziga 
yosh oladi. Uning dili ma'yus, yomon fikrlar va hayollar bilan band 
bo'ladi.xozirgi axvoli, o'tgan kunlari va kelajagi unga qorong'u bo'lib 
tuyuladi. Depressiv kayfiyat turmushdagi muvaffaqiyatsizliklar va ruxiy 
shikastlar oqibatida kelib chiqqan bo'lishi mumkin. 
Ruxiy kasalliklarda bemorda ovqatdan yuz o'giradigan, o'zini qatl 
qilishga urinishgacha olib boradagan, uzoq davom etadigan og'ir 
depressiyalar kuzatiladi. 
Eyforiya deganda biz vaqtichog'lik, beg'amlik, bir oz ko'tarinki 
kayfiyatni tushunamiz, Eyforiyada odam tetik, xarakatchan, sergap, uning 
imo-ishoralari jonli gapirganda qo'llari xarakatda, ovozini keragidan 
balandroq qilib chiqaradi. Olam ularning ko'ziga g'oyat chiroyli, rangli 
bo'yoqlarda 
gavdalanadi. 
Odam 
xursand 
bo'lganida, 
muvaffaqiyat 
qozonganida va shunga o'xshash shodlik kunlarida eyforiya normal reaksiya 
hisoblanadi. Bordi-yu, eyforiya uchun psixologik asoslar bo'lmasa yoki u 
xatto salbiy hayotiy hodisalarda ham paydo bo'lsa, uni patologik holat deb 
ko'zdan kechirish kerak. 

Yüklə 380,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin