Patopsixologiya va tibbiyot psixologiyasi



Yüklə 380,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/38
tarix11.07.2023
ölçüsü380,56 Kb.
#136349
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38
patopsixologiya va tibbiyot psixologiyasi (1)

 
 
Psixoz nima? 
Psixogen psixoz (reaktiv psixoz) – ruhiy jaroxatga yoki ko'ngilsiz 
xodisaga javoban vujudga keladigan psixotik pog'onadagi patologik jarayon. 
Reaktiv psixozlar psixogen asab buzilgan holatlarga nisbatan 
qisqaroq, alomatlari og'irroq, psixomotor va effektiv buzilishlarning 
kuchliligi, vasvasa gallyusinasiyalar, qo'pol isterik buzilishlar Bilan 
tavsiflanadi. 
Reaktiv psixozlarga olib keluvchi sabablar quyidagilar hisoblanadi. 
Hayot uchun xavfli bo'lgan vaziyat yaqin kishidan ajralib qolish, 
tabiiy ofat, xarbiy xolat, xibs, xizmatdagi kelishmovchilik va boshqalar. 
Reaktiv holatlarning vujudga kelishida bosh miya holati muhim 
ahamiyatga ega. Bu holatlar ko'pincha psixopatik shaxslarda, miya 
shikastlanganda, og'ir somatik kasalliklarda tezda paydo bo'ladi. 
O'smirlar va qariyalar ayniqsa tashqi ruhiy ta'sirotlarga chidamsiz 
bo'ladi. 
Mavzu yuzasidan nazorat savollari. 
1.
Psixogen kasalliklarning asosiy formalarini ayting? 
2.
odam nerv sistemasi sog'lom bo'lsa, isteriya bilan og'rib qolishi 
mumkinmi? Isterik xarakterning xususiyatlarini ta'svirlab bering. 
3.
Psixogen psixozning kelib chiqishining asosiy sabablari nimalar? 
 
Tavsiya etilayotgan adabiyotlar. 
1. Barkamol avlod O'zbekiston taraqqiyotining poydevoriT. - 1997 yil. 
2. Barkamol avlod orzusi T. 2000 
3.
Psixologiya Slovar 1990 



30 
4.
Umumiy va tibbiy psixologiya T - 2003 
5.
Tibbiyot psixologiyasi etikasi va deoitologiyasi asoslari T. 1997 
Mavzu yuzasidan test savollari 
1. Psixogeniyalarga qaysi qatorda to'g'ri ta'rif berilgan? 
*A) psixik omillar ta'siri ostida kelib chiqadigan kasalliklar 
B) ichki kasalliklar 
C)hayajonlanish tufayli kelib chiqadigan kasalliklar 
D) miyadan nari ketmaydigan hayol 
E) jazavaga tushish kasali 
2. Psixogen kasalliklarning ko'p tarqalgan formalari qaysilar? 
A) psixoz, afaziya, nevroz 
B) eyforiya, isteriya, disforiya 
*C)nevrasteniya, isteriya, nevroz 
D) depressiya, nevroz, eyforiya 
E) disforiya, nevrasteniya, isteriya 
3. Stress nima? 
A) qisqa muddatli ruhiy holat 
B) to'satdan paydo bo'luvchi ruhiy holat 
C)his-tuyg'u 
D) kuchli ruhiy holat 
*E) uzoq muddatli kuchli ruhiy zo'riqish 
4. «Odamning oliy nerv faoliyati hususida I.Pavlov tomonidan 
ajratilgan tiplar nevrozlar kelib chiqishda katta ahamiyatga egadir», degan 
fikrni qaysi olim aytgan? 
A) Selye 
B) V.N.Myasishchev 
C)Sechenov 
D) Luriya 
E) Shuls 
5. Samotogen kasalliklar ta'rifi qaysi javobda ko'rsatilgan? 


31 
A) Kuchli hayajonlanish ta'sirida kelib chiqadigan kasallika aytiladi 
B) Ichki kasalliklar ko'rinishiga aytiladi 
*C)Psixik kasalliklar somatik sabablar tufayli kelib chiqsa, samotogen 
kasalliklar deb ataladi. 
D) Ruhiy kasalliklar samatogen kasalliklardir. 
E) Nevroz, isteriya kasalliklarini kelib chiqishi samotogen kasalliklar 
deyiladi.


32 

Yüklə 380,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin