Patopsixologiya va tibbiyot psixologiyasi



Yüklə 380,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/38
tarix11.07.2023
ölçüsü380,56 Kb.
#136349
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38
patopsixologiya va tibbiyot psixologiyasi (1)

8. MAVZU. PSIXOTERAPIYA 
REJA: 
1.
Psixoterapiya haqida tushuncha. 
2.
Psixoterapevtik metodikalar va ularning qo'llanishi. 
3.
Psixoterapiyaning ahamiyati. 
Tayanch tushunchalar 
Inontirish – bir odamning ikkinchi odamga psixologik yo'l bilan o'ziga 
xos tarzda ta'sir qilishdir. 
Gipnoz – ug'oqlik bilan uyquga o'tish orasidagi uyqu holati 
Autogen 
mashq 
-- 
bemorning 
o'zi 
bajaradigan 
mashq, 
psixoterapeyaning keng tarqalgan metodi 
Psixoterapiya – davo maqsadlarida bemor yoki bemorlar guruhi 
psixikasiga ta'sir ko'rsatish jarayoni 
 
Nima uchun psixoterapiyadan foydalaniladi? 
Psixoterapeya – davo maqsadlarida bemor yoki bemorlar guruxi 
psixikasiga (bir yo'la) ta'sir ko'rsatish jarayonidar. 
Davo maqsadida kasal psixikasiga ko'rsatiladigan har handay ta'sir 
ham psixoterapiya jumlasiga kiravermaydi. Masalan, psixafarmakalogiya 
preparatlar bilan psixikaga ta'sir ko'rsatish psixoterapiya emas. 
Psixoterapevtik ta'sirning asosiy turi so'z bilan ta'sir ko'rsatishdir. 
Biroq har qanday so'z ham davo bo'lavermaydi. 
Ba'zi hollarda psixoterapiya asosiy davo usuli bo'lsa (nevrozlar, 
alkogolizm, duduqlanish, ba'zi ichki kasalliklar, teri kasalliklari va 
boshqalar), boshqa kasalliklarda u zarur yordamchi vosita hisoblanadi ( 
ko'pgina ichki kasalliklarda, operasiyaga tayyorlanish va operasiyadan 
keyingi davrda akusherlik, ginekologiya va boshqalarda ) 



37 
Psixoterapiyaning xajmi va metodikasi kasallarning yoshiga, 
kasallikning xarakteri, shaxsiyat xususiyatlariga, davo olib borilayotgan 
muassasaning xususiyatlariga qarab har xil bo'ladi. 
 
Har bir usulning o'ziga hos tomoni nimada? 
Psixoterapevtik 
metodikalarning 
hammasini 
shartli 
ravishda 
inontirish, ishonch hosil qilish va faollashtiruvchi psixoteperapiyaga bo'lish 
mumkin. 
Bundan tashqari, individual va jamoa psixoterapiya tafovut qilinadi. 
Inontirish
– bir odamning ikkinchi odamga psixologik yo'l bilan 
o'ziga xos tarzda ta'sir qilishdir. Inontirish bosh miya po'stlog'ida 
konsentrlangan ta'sirlanish o'chog'idir, bu o'chog' manfiy induksiya tufayli o'z 
atrofida tormozlanish zonasini hosil qiladi. Inontirishning gipnoz holatida 
inontirish, tabiiy uyqu holatida inontirish, uxlatadigan yoki narkotik dorilar 
berilgandan keyingi inontirish (narkogipnoz) uyg'oqlik vaqtida inontirish va 
o'z-o'zini inontirish kabi turlari tafovut qilinadi. 

Yüklə 380,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin