Patopsixologiya va tibbiyot psixologiyasi



Yüklə 380,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/38
tarix11.07.2023
ölçüsü380,56 Kb.
#136349
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   38
patopsixologiya va tibbiyot psixologiyasi (1)

 
 
Psixoprofilaktika inson hayotida qanday rol o'ynaydi? 
Psixogigiyena – odam ruhiy salomatligini saqlash va mustaxkamlash 
haqidagi fandir. 
Kishi salomatligiga ijtimoiy foydali faoliyat va mehnatning ta'sirini 
o'rganish psixogigiyenaning asosiy vazifalaridan biridir. Mehnat faoliyati 
to'g'ri tashkil etilganda odamning butun qobiliyati to'laligicha yuzaga chiqadi, 
mehnat sog'liq va baxt garovi bo'lib qoladi. Mehnat rejimi noto'g'ri tashkil 
qilinganda, ortiqcha charchash nerv tizimining holdan toyishi, turli hil 
noqulay sharoitlar ta'siri ostida organizm chidamining pasayishi ro'y berishi 
mumkin. Mehnat va dam olashnini bir meyorda Olib borish esa muhim 
psixogigiyena ahamiyat kasb etadi. 
Bugungi kunda faoliyat ko'rsatayotgan Amaliy psixologlarning 
vazifalari asosan 5 ta yo'nalish bilan belgilanadi, jumladan: psixologik xizmat 
ko'rsatish faoliyatini maktabni xozirga zamon psixologiya Fani yutuqlari 



42 
bilan ilmiy-uslubiyot bo'yicha ta'minlashga, insonning shaxsiy va intellektual 
(aqliy) jixatdan rivojlanishini diagnostika qilishga, ta'lim va tarbiyadagi 
psixologik nuqsonlarni aniqlashga, eng muhim mavjud kamchilik va 
buzilishlarning oldini olish (psixoprofiaktika)ga yo'naltirilgan bo'lishi lozim. 
Psixoprofilaktikaning asosiy vazifalari bo'lib: 1. har bir yosh 
bosqichida insonning shaxs sifatida shakllanishi aqlan barkamollikni 
ta'minlashning oqiloni shart-sharoitlarini yaratish. 2. shaxs kamoloti va 
intellektual taraqqiyoti bo'sag'asida vujudga kelishi mumkin bo'lgan 
psixologik buzili shva nuqsonlarning o'z vaqtida oldini olish hisoblanadi. 
Psixogigiyena psixoprofilaktika bilan ya'ni nerv – psixik kasalliklarini 
oldini olish bilan mustahkam bog'langandir. 
 
Psixoprofilaktikaning asosiy maqsadi quyidagilar 
a) 
kasallik 
qo'zg'atadigan 
sabablarning 
organizmga 
ta'sirini 
kamaytirish va yo'qotish 
b) kasallik rivojlanishiga yo'l qo'yilmaslik uchun unga erta tashxis 
qo'yish va samarali davolash 
B) to'la-to'kis davolash va kasallik qaytalanishi va uning surunkali 
turlarga o'tib ketishining oldini olishga qaratilgan choralar ko'rish. 
Psixoprofilaktika va psixogigiyena uzoq davrlardan buyon mavjud 
bo'lib, ularning negizlari eski tibbiy adabiyotlarda bayon etilgan. 
Sog'lom psixikani tarbiyalash psixogigiyena va psixoprofilaktika 
fanlarining muhim vazifasi hisoblanadi. 

Yüklə 380,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin