Patopsixologiya va tibbiyot psixologiyasi


Gippokrat qasami xaqida nimalarni bilasiz?



Yüklə 380,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/38
tarix11.07.2023
ölçüsü380,56 Kb.
#136349
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38
patopsixologiya va tibbiyot psixologiyasi (1)

Gippokrat qasami xaqida nimalarni bilasiz? 
Tibbiyot etikasi umumiy etikaning bir qismi hisoblanadi. Tibbiyot 
etikasi qadimgi Gresiyada katta taraqqiyotga erishdi va Gippokrat qasamida 
yaqqol namoyon bo'ldi. 
Gippokrat qasami tibbiyot etikasining rivojlanishiga katta ta'sir 
ko'rsatdi. Keyinchalik tibbiyot o'quv yurtlarini bitirib chiquvchi talabalar 
«Fakultet va'dasi»ga imzo chekkanlar, unga Gippokratning ahloqIy 
nasixatlari asos qilib olingan. 
Buguni kunga kelib tibbiyot etikasi tamoyillari yanada rivojlandi. 
Vrach siri degan narsa ustida (Aniqrog'i tibbiyot siri degan narsa ustida) 
alohida to'xtalib o'tish kerak. Bu tibbiyot hodimi etikasiga ta'luqli masaladir. 
Tibbiyot hodimlarining ishini hususiyatiga ko'ra, bemor o'zining eng chuqUr 
kechinmalarini ularga izhor etadi, o'zlarining oilaviy va boshqa ishlari 
to'g'risidagi ma'lumotlarni, hech kimga aytmaydigan gaplarini tibbiyot 
hodimi bilan o'rtoqlashadi. 
Bemorlarning ishonib aytgan ma'lumotlarini esa hech kimga 
aytmaslik kerak. 
Etik munosabatlar qanday bo’lishi kerak? 
Tibbiyot hodimlari bemor bilan muomala qilishda etika normalariga 
amal qilishdan tashqarii, kasbiy sabr-to-at va o'z-o'zini tuta bilish yuksak 
tuyg'usiga ham ega bo'lishi kerak. Tibbiyot hodimi bilan bemor o'rtasidagi 
ishonch vaziyatini vujudga keltirish davolash siriga qat'iy rioya qilinishi shart 
hisoblanadi. 




49 
Tibbiyot hamshirasining ishi faqat katta jismoniy zo'riqishni bajarish 
bilan emas, balkiy katta xissiy zo'riqish bilan ham bog'liq bo'lib, bu narsa 
bemor kishilar bilan muomala qilish chog'ida ularning haddan tashqarii 
ta'sirchanligi, kasallik tufayli injiq bo'lib qolishi jizzakiligi natijasida vujudga 
keladi. Hamshira kasallar orasida hamma vaqt bo'ladi. Shuning uchun uning 
aniq xarakatlari va vrachning ko'rsatmalarini mahorat bilan bajarishi, uning 
bemorga ta'sirini samimiy munosabati unga psixoterapevtik ta'sir ko'rsatadi. 
Bu omillar ya'ni g'amho'rlik diqqat e'tibor hamshira bilan bemor o'rtasidagi 
aloqani asosi hisoblanadi. yoqimli va shirin so'z bilan murojaat qilishda 
samimiy tabassumda hamshiraning o'z bemorlariga g'amxo'rligi va diqqat 
e'tibori ifodalanadi. 
Biroq hamshiraning diqqat e'tibori va samimiyligi intim xarakterda 
bo'lmasligi, bemorlar o'zlari bilan hamshira o'rtasidagi masofani suiste'mol 
qilishga yo'l qo'ymaslik kerak. 
Tibbiyot hodimi, shu jumladan tibbiyot hamshirasi vrachlik sirini 
qattiq sir tutishi kerak. Vrachlik siri deganda quyidagilar tushiniladi: 
1) bemor to'g'risidagi ma'lumotlar va bu ma'lumotlarni tibbiyot hodimi 
bemorning o'zidan yoki davolash jarayonida oladi va ular jamoatchik orasida 
ma'lum qilinmaydi; 
2) bemor to'g'risidagi ma'lumotlar; (kasallikning noxush yakuni
bemorga psixologik ziyon yetkazuvchi diagnoz v ax. k.) tibbiyot hodimi bu 
ma'lumotlarni bemorga ma'lum qilmaydi. 

Yüklə 380,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin