12
S.S.Mirzalieva tomonidan “Erkin iqtisodiy zona – mamlakat (yoki mamlakatlar)
hududining
muayyan ijtimoiy, iqtisodiy texnologik vazifalarni hal etish maqsadida
barpo etiladigan, maxsus ma‟muriy boshqaruvga va xo„jalik yurituvchi
subyektlarning imtiyozli rejimiga ega bo„lgan qismidir” deb, ta‟rif berilgan
17
. Ushbu
ta‟rifda fikrimizcha, muayyan ijtimoiy, iqtisodiy texnologik vazifalarni hal etish
maqsadida jalb etiladigan investitsiyalar va ular hajmidan kelib chiqib imtiyozlarning
belgilanishi nazardan chetda qolgan.
M.A.Raimjonova tomonidan “mamlakat hududida maxsus iqtisodiy rejim va
ma‟muriy boshqaruvga ega bo„lgan, davlat aralashuvi kamaytirilgan va ayni vaqtda
uning nazoratidan butkul ozod etilmagan, balki, xo„jalik yurituvchi subyektlar
faoliyat yuritishi uchun mamlakatning boshqa hududlarida amal qilmaydigan imtiyoz
va rag„batlantirishlar beriladigan hudud – erkin iqtisodiy hudud”, deb ta‟rif
keltirilgan
18
.
A.A.Ostonakulov tomonidan “erkin iqtisodiy zona – hududlar va iqtisodiyot
tarmoqlarini jadal ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish, ularga investitsiyalarni jalb etish
maqsadida alohida imtiyozlar belgilangan, shuningdek, ulardan iqtisodiyotni
modernizatsiya va diversifikatsiyalashning hududiy uslubi sifatida foydalanish hamda
zamonaviy texnologiyalarni iqtisodiy tuzilmaga joriy qilish uchun tashkil etilgan
hududdir”
19
, - degan fikr ilgari surilgan.
Rus olimlari Babinsev va Valliulinlar EIHni ta‟riflaganda “alohida iqtisodiy
hudud”
20
terminini ishlatadi. Bu ham unchalik to„gri emas, chunki alohidalikni har xil
tushunish mumkin”. A.T.Shermuhamedov “ochiq iqtisodiy mintaqa”
terminini
ishlatgan, bizningcha, bu ham unchalik to„g„ri emas
21
. Ochiq so„zi rus va boshqa
tillarda erkin iqtisodiy hududga nisbatan kam ishlatiladi, bu faqat tor manoda jahon
iqtisodiyotiga nisbatan mamlakatning milliy iqtisodiyotga qaraganda qaysidir
aniqlovning ancha ochiqligi ma‟nosida tushunish mumkin. Bu erkin iqtisodiy
hududlarning bir qirrasigina, xolos.
O„zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Erkin
iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi Qonuniga ko„ra, “Erkin iqtisodiy zona –
mintaqani
jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli
texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq
belgilangan ma‟muriy chegaralari va alohida huquqiy tartiboti bo„lgan maxsus
ajratilgan hududdir”
22
.
1991-yilda tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish bo„yicha
Xalqaro Assotsiatsiya (MARSEZ) qabul qilgan hujjatlarga ko„ra, erkin iqtisodiy zona
alohida hududiy birlik bo„lib, u qoida bo„yicha mamlakatning iqtisodiy, ilmiy-
17
Mirzalieva S.S. Erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirishning xorij tajribasi. Diss. avtoref. i.f.n. – Toshkent: 2001. – B.
8.
18
Raimjonova M.A. O„zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilish: nazariy asoslari, hozirgi
holati va istiqbollari. – T.: “Extremum-press” nashriyoti, 2013. – B. 11.
19
Ostonokulov A.A. Erkin iqtisodiy zonalarda buxgalteriya hisobi va auditni takomillashtirish. Diss. i.f.n. – Toshkent:
2017. – B. 18.
20
Бабинцев В.,Валлиулин Х.Особые экономической зоны. Российской экономический журнал. 1992. №9. 117 с.
21
Shermuhamedov A.T. Ochiq iqtisodiy mintaqa. – T.: O„zbekiston axborotnomasi,1998., №1 (sentyabr, oktyabr‟). –
B. 75.
22
O„zbekiston Respublikasining “Erkin iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi Qonuni. – T.: 1996-yil 25-aprel, 1-modda.
13
texnikaviy, ekologik va ijtimoiy rivojlanishiga qulay
shart-sharoitlar yaratish
maqsadida, moliyaviy-xo„jalik faoliyatni amalga oshirish uchun ochiq bo„ladi. Erkin
iqtisodiy zonalarni tashkil etish va uning faoliyat ko„rsatishi bo„yicha rivojlangan
davlatlarda to„plangan tajriba shuni ko„rsatadiki, mazkur usulning qo„llanilishi
mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda, ijtimoiy hayotga yangi-yangi iqtisodiy
g„oyalarni tadbiq etishda o„zining ijobiy jihatlariga ega.
Xalqaro tashkilotlar hisobotlarida va ilmiy nashryotlarda turli xildagi
hududlarning
mohiyatini
yoritishda
”erkin iqtisodiy hudud” terminidan
foydalanadilar. Biroq, bu termin uning mohiyatini to„liq ifoda eta olmaydi. U erda
qo„llaniladigan iqtisodiy
qoidalar, maxsus ma‟muriy qonunlar, shu hududda faoliyat
yuritadigan tadbirkorlarni aniq belgilangan huquqiy va xo„jalik rejimlaridan butunlay
ozod qilmaydi, balki ularni yengillashtiradi, ma‟lum imtiyozlar beradi. Shuning
uchun ham EIHni “erkin” emas, maxsus iqtisodiy hudud deb atash o„rinli bo„lar edi.
1973-yil 18-mayda
Dostları ilə paylaş: