Jamoatchilik nazoratining sub’ektlari
Nodavlat notijorat tashkilotlarning davlat hokimiyati organlari faoliyati qonunlarga
mosligini nazorat qilish huquqi ularning davlat boshqaruvidagi faqat yakuniy-nazorat bosqichida
ishtirok etishi bilangina cheklanmaydi. Ular o‘zlarining mazkur huquqini davlat boshqaruvining
avvalgi bosqichlari, ya’ni rejalashtirish va tashkillashtirish bosqichlarida ham namoyon qilishlari
mumkin.SHuning uchun nodavlat notijorat tashkilotlari davlat hokimiyati organlari faoliyatining
219
qonunlarga mosligini nazorat qilish huquqini faqat nazorat bosqichigabog‘lab qo‘yish unchalik
to‘g‘ri bo‘lmaydi.
Mazkur tashkilotlar davlat boshqaruvining rejalashtirish bosqichlaridayoq ishtirok etish
huquqi ular davlat hokimiyati organlari, jumladan, mahalliy davlat boshqaruvi organlarining
ijtimoiy ahamiyatga molik tadbirlar va dasturlarini rejalashtirish bosqichidayoq nazoratqilishida
namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, har qanday nazorat, jumladan, jamoatchilik nazoratining
samaradorligi davlat hokimiyati organlari, jumladan,mahalliy davlat hokimiyati organlari
muayyan tadbir va dasturlarni amalga oshirib bo‘lgandan keyin ularning qonunlarga mos yoki
mos emasligini nazorat qilishi mumkin va ba’zi hollarda zarur bo‘ladi. Lekin bunday yo‘l tutish
samarali emas. CHunki tadbir yoki dastur amalga oshirilib, unga davlatning, ya’ni soliq
to‘lovchilarning mablag‘lari sarflanib bo‘lgandan keyin bu tadbir yoki dastur o‘rinsiz ekani
aniqlansa, bu tadbir yoki dastur uchun mablag‘lar noo‘rin sarflangan,deb topish ehtimol
to‘g‘ridir. Lekin endi noo‘rin sarflangan mablag‘larni qaytarib bo‘lmaydi. SHuning uchun ham
NNTlar o‘zlarining nazorat qilish huquqini o‘sha tadbir yoki dastur rejalashtirish bosqichida
ekanidayoq amalga oshirishlari kerak. Buning uchun muayyan shart-sharoit zarur.
Ma’lumki, NNTlar hokimiyat funksiyalari va vakolatlariga ega emas. Lekin ular davlat
hokimiyat organlari faoliyatini nazorat qilish huquqiga ega. Ana shu huquq samarali ishlashi
uchun davlat hokimiyati organlari faoliyatining shaffofligini ta’minlash zarur. SHuning uchun
mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiqligini ta’minlash bo‘yicha
maxsus qonun qabul qilingan.
Bu Qonunning 5-moddasida, jumladan, shunday deyiladi:“Davlat hokimiyati va
boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborot jumlasiga quyidagilar kiradi: davlat
hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy
hujjatlarning, normativ va boshqa hujjatlarning loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
7
Mamlakatimizda jamoatchilik nazoratiga aloqador qonunlarning puxta o‘ylab tuzilayotgani va
qabul qilinayotgani Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborot
jumlasiga normativ va boshqa hujjatlarning
loyihalari
to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilganida
ham namoyon bo‘ladi. Mazkur holat jamoatchilik nazoratining davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlarining faoliyatini tadbirlar rejalashtirilishi bosqichidayoq nazorat qilish uchun imkoniyat
yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonunida ham
fuqarolarning birlashmalar tuzish huquqi kafolatlangan: “Inson huquqlari to‘g‘risidagi Umumiy
deklaratsiyaga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga asoslanib, ushbu Qonunda
fuqarolarning jamoat birlashmalarini tuzish erkinligi ularning ajralmas huquqi sifatida
mustahkamlab qo‘yiladi”
8
Mazkur Qonunda “jamoat birlashmasi” tushunchasiga ta’rif ham
berilgan: “O‘z huquqlari, erkinliklarini xamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan,
madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda
ro‘yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari
natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat birlashmasidir.” Ko‘rinib turiptiki, jamoat
birlashmalariga berilgan ta’rif ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan “Vikipediya” lug‘atida
keltirilgan ta’rifga to‘la mos keladi va ta’kidlash joizki, bizning qonunimizda jamoat
birlashmalariga berilgan ta’rifning bir qator jihatlari “Vikipediya”dagidankengroq va
mustahkamroqdir.
220
Konstitutsiyamizda davlatimiz ijtimoiy davlat ekani mustahkamlab qo‘yilgan. Jamoatchilik
nazoratidavlatning ijtimoiyligini ta’minlaydigan muhim omildir. Jamoatchilik nazorati
bo‘lmagan davlatni ijtimoiy davlat deb bo‘lmaydi. Jamoatchilik nazorati qanchalik kuchli bo‘lsa,
davlatning ijtimoiylik darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi.Davlat ijtimoiy hayotida xalq qo‘llab-
quvvatlagan narsalargina yashashi kerak.
Jamoatchilik ekspertizasi yakunlariga ko‘ra aholi qo‘llab-quvvatlamaydigan narsa va
hodisalarga barham berish zarur. Jamoatchilik nazoratining shakllaridan biri bo‘lgan
jamoatchilik ekspertizasi mamlakatda yuz berayotgan siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy
jarayonlarga aholining munosabatini aniqlaydi va mazkur jarayonlarning qay biri yashashi va
qay biridan voz kechilishi kerakligi to‘g‘rsida xalqning hukmini ifodalaydi.
Fuqarolik jamiyati institutlari jumlasiga jamoat birlashmalari, siyosiy partiyalar, yoshlar,
xotin-qizlar harakatlari, ekologik harakat, turli jamg‘armalar, uyushmalar kiradi. Bu institutlar
tom ma’noda jamoat birlashmalaridir. Konstitutsiyamizning XIII bobida jamoat birlashmalariga
quyidagicha ta’rif beriladi: “O‘zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda
ro‘yxatdan o‘tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-
qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning
boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etiladi.”
10
Ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, barcha fuqarolik jamiyati institutlarini jamoat birlashmalari
tashkil qiladi. Demak, fuqarolik jamiyati institutlari jamoat birlashmalari sifatida jamoatchilik
nazoratining sub’ektlari hisoblanadi. Mana shu jumlaning o‘zida fuqarolik jamiyati
institutlarining jamoatchilik nazoratini tashkil qilishdagi o‘rni va roli o‘z ifodasini topgan.
Jamoat birlashmalari orasida siyosiy partiyalar jamoatchilik nazoratini tashkil qilishda
ancha faol ishtirok etmoqda.Mamlakatimizdagi eng ko‘p sonli jamoat tashkiloti kasaba
uyushmalaridir. Ular mehnatni muhofaza qilish, mehnatkashlarning dam olishini tashkil qilish va
nazorat qilish kabi masalalarda birqancha ijobiy ishlarni amalga oshirdi.
Tashkilot va korxonalardagi Jamoa shartnomalarining ma’muriyat tomonidan bajarilishini
nazorat qilish kasaba uyushmalarining eng asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Bu vazifani kasaba
uyushmalarining ko‘pchilik boshlang‘ich tashkilotlari qoniqarli bajarmoqda.
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatining rivojlanishida muhim omillardan hisoblangan ommaviy
axborot vositalari taraqqiy topmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda o‘nlab nodavlat telekanallari,
yuzlab bosma axborot vositalari faoliyat yuritmoqda. Ularning bari jamoatchilik nazoratining sub’ektlari
hisoblanadi. Jamoatchilik nazoratida ular ishtirokining o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, ular
mazkur jarayonda bevosita ishtirok etishlaridan tashqari nazoratning boshqa sub’ektlari tomonidan
aniqlangan qonunga xilof holatlarni keng jamoatchilikka etkazishda muhim rol o‘ynaydi. Ular etkazgan
ma’lumotlar jamoatchilikning qonunlarni buzish hollariga nisbatan murosasiz munosabatlarini
shakllantiradi.
O‘zbekistonda huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish davlat organlari barcha
sohalaridagi faoliyatini jamoatchilik tomonidan nazorat qilinishini eng dolzarb masalalardan biriga
aylantiradi. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish davlat hokimiyati organlari va o‘zini o‘zi boshqarish
organlarining faoliyati shaffofligini ta’minlash, ijroiya hokimiyati organlari tomonidan tayyorlanayotgan
ijtimoiy ahamiyatga molik qarorlarni jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazish,ijroiya hokimiyati organlari
qoshida jamoatchilik kengashlarini tuzish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining
ochiqligini ta’minlash mexanizmlarini yaratish bilan bog‘liq.
Jamoatchilik nazoratining hokimiyat vakolatlariga ega emasligi, uning etarli ta’sir kuchiga ega
emasligi to‘g‘risida noto‘g‘ri tasavvurlar keltirib chiqarishi mumkin. Aslida, unday emas. Jamoatchilik
221
nazorati jarayonida aniqlangan qonundan chetga chiqish holatlari vakolatli davlat organlariga yoki
jamoatchilik fikriga murojaat etish orqali bartaraf etiladi. Mazkur holat jamoatchilik nazorati sub’ektlari
nazoratning ham huquqiy, ham ijtimoiy mexanizmlardan foydalanishi mumkinligini anglatadi. Davlat
nazorati esa, asosan, huquqiy mexanizmlardan foydalanadi.
Jamoatchilik nazoratining mohiyati davlat hokimiyati organlari faoliyatiga tanqidiy munosabatda
bo‘lishdagina emas, ana shu tanqidiy munosabat orqali davlatni qo‘llab-quvvatlashda ham namoyon
bo‘ladi.
Jamoatchilik nazoratining samaradorligini ta’minlashda muhim omillardan biri davlat hokimiyati
organlari faoliyatining shaffofligidir. SHuni hisobga olib mamlakatimizda muhim ijtimoiy eksperiment
o‘tkazildi. Ana shu eksperiment boshlanishida ma’lum qilinganidek, Buxoro va Samarqand viloyatlari
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari 2013 yilning may-noyabr oylarida qonun loyihasi talablariga
mos keladigan yangi rejimda faoliyat yuritdi. Masalan, yangi talablarga ko‘ra, jismoniy va yuridik
shaxslarning so‘rovlari qayd etilgan kundan boshlab, 15 kun davomida ko‘rib chiqilishi belgilandi.
OAVning eksperiment sub’ektlari faoliyati, mansabdor shaxslar bilan intervyu tashkil qilish haqidagi
so‘rovlarini esa, etti kundan oshmagan muddatda ko‘rib chiqish belgilandi.
Qonunning aprobatsiyasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan eksperiment to‘g‘risida keng
jamoatchilik va jamoat tashkilotlarini xabardor qilish maqsadida, 2013 yilning may-iyul oylarida
Buxoro va Samarqand viloyatlarida fuqarolar bilan 120dan ortiq uchrashuvlar o‘tkazildi.
SHuningdek, mazkur eksperimentning o‘tkazilish tartibi va qoidalari bo‘yicha boshqa viloyatlar
hokimiyatlari hamda boshqa davlat hokimiyat organlari xodimlari uchun yo‘riqnoma tashkil
qilindi.
Eksperiment o‘tkazish bo‘yicha ishchi komissiyasi a’zolarining so‘zlariga ko‘ra,
eksperiment boshlangandan keyingi dastlabki oylardayoq mazkur viloyatlarda fuqarolarning
siyosiy va axborot olishga nisbatan faolligi keskin o‘sdi. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 2013
yilning 2-choragida 1-chorakka nisbatan fuqarolarning davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlariga yozma va og‘zaki murojaatlari ikki baravar oshdi va Samarqand viloyatida 1514,
Buxoro viloyatida 1230 tani tashkil qildi. .
Dostları ilə paylaş: |