Iroda kuchi va xarakter qat'iyati. Iroda ma'lum kuch bilan yuzaga chiqadi:
ba'zi hollarda kishining irodasi kuchli sur'atda namoyon bo’lsa, boshqa hollarda
kuchsiz namoyon bo’ladi.
Iroda kuchi irodaning muhim sifatidir. Iroda kuchining turli darajasi
irodaviy jarayonning hamma bosqichlarida ko’rinadi. Iroda kuchi avvalo
ehtiyojlarni his qilishda va intilishda ko’rinadi, biz kuchli hamda kuchsiz
intilishlarni, kuchli hamda kuchsiz hohishlarni farq qilamiz.
Iroda kuchi ravshan va aniq maqsad qo’yishda, shuningdek mazkur maqsadga
yetishishga yordam beradigan yo’l, vosita va usullarni ochiq tasavvur qilishda
namoyon bo’ladi. Bu ochiq ravshanlik darajasi esa kishining turmush tajribasiga,
bilimiga va umumiy saviyasiga bog’liq. Aniq maqsad qo’yishda inson tafakkuri va
ayniqsa real xayollar (fantaziya)ning taraqqiy etishi xususiyatlari katta rol'
o’ynaydi.
Iroda kuchi tezlik bilan qarorga kela olishda va qarorni mustahkamligida,
sabotlilikda ko’rinadi. Yuksak g’oyaviy tamoyillarga asoslangan oqilona qat'iyatlik
va sabotlik kuchli iroda belgilaridandir. Qat'iyatsizlik ikkilanish, qabul qilingan
qarorning bajarilishiga shubha bilan qarash va sabotsizlik kuchsiz iroda
belgilaridandir.
Iroda kuchi jasorat deb ataladigan dadillikda ayniqsa ravshan ko’rinadi.
Jasorat kishining shunday holatiki, bunda kishi tez qarorga keladi va uni bajarishga
ahd qiladi. Hatto salomatligini va hayotini xavf ostida qoldirishi mumkinligi
hayoliga ham kelmaydi. Jasorat kishining boshqa kishilarga emas, balki o’ziga
bergan amridir. Kishi axloqiy burchining talabiga ko’ra, buyuk maqsadga erishish
uchun bir zumda hayot bilan o’limdan birini tanlab olsa, bunday jasorat iroda kuchi
ekanligini ko’rsatadi.
Jasorat shunday qarorki, u go’yo ish-harakatga aylanadi. Bu ish-harakat esa
kuchli zo’r berishni talab qiladi. Xarakter xislati bo’lgan dadillikda odamning
qanchalik puxta o’ylab ish ko’rishiga qarab, bu dadillik maxsus tusga kiradi.
Puxta o’ylab ish ko’rishni o’zi yuksak g’oyaviylikka va kishining axloqiy
tamoyillariga asoslangan taqdirda ijobiy xislat hisoblanadi. O’ylab, shoshmasdan
bir qarorga keladigan kishilarni mulohazakor kishilar deb ataymiz.
Odatda o’zgaruvchan ayrim hislar kayfiyatlar ta'sirida tez bir qarorga
keladigan xarakterli, dadil kishilar ham mavjud. Bular hissiyotga beriladigan
tasodifiy kayfiyatli kishilardir. Bunday kishilar odatda sabotsizligi, shoshma-
shosharligi va kalta o’ylashi bilan ajralib turadilar. Kishi uncha ikkilanmasdan
o’ylab, e'tibor bilan to’g’ri bir qarorga kelsa va shu qarorni dadil amalga oshira
bilsa, dadillik xarakterning ijobiy xislati bo’ladi.
Bir necha imkoniyatdan birini tanlab olishga to’g’ri keladigan ish - harakat bir
qadar xavf-xatar bilan bog’langan bir murakkab vaziyatda dadillik ayniqsa yaqqol
ko’rinadi. Qat'iyatsizlik xarakterning salbiy xislatidir, qat'iyatsizlikda kishi sustlik
bilan bir qarorga keladi, qabul qilgan qarorini ko’pincha o’z vaqtida bajarmaydi.
Bunday odam qabul qilgan qarori to’g’riligiga shubhalanadi, turli imkoniyatlardan
birini tanlab olishda ikkilanadi, ayniqsa qiladigan ish-harakatlari xavf-xatar bilan
bog’langan bo’lsa, shunday ahvolga tushadi. Shu sababli qat'iyatsiz kishilar
ko’pincha kam faolliklari bilan ajralib turadilar yoki umuman passiv bo’lib,
yalqov, tanbal degan taassurot tug’diradilar.
Sabotlilik dadillikka chambarchas bog’liq bo’lib, xarakterning ijobiy xislati
hisoblanadi. Xarakterning bu xislatiga ega bo’lgan kishilar qabul qilgan qarorlarini
odatda o’zgartirmaydilar, bekor qilmaydilar va bu qarorlarini bajarmasdan
qo’ymaydilar. Bu kishilar va'dalarining ustidan chiqadilar, aytgan so’zlarini albatta
qiladilar, ularning gapi bilan ishi bir bo’ladi. Ularga ishonsa bo’ladigan subutli
insonlardir.
Qabul qilingan qarorlarini ko’pincha bekor qiladigan, bergan va'dalarini
ustidan chiqmaydigan, aytgan so’zidan tonadigan kishilar subutsiz hisoblanadi.
Kishi irodasining kuchi va qat'iyati xarakterning irodaga bog’liq bo’lgan
qaysi xislatlarida ifodalangan bo’lsa o’sha xislatlar eng yorqin xislatlardan
hisoblanadi. Bu xislatlar har bir kishining xarakterida bir qadar namoyon bo’ladi.
Ammo hamma kishilarni va har qanday odamni irodasi kuchli, xarakteri kuchli deb
bo’lmaydi. Balki shu sifatlari bilan boshqa kishilardan ajralib turgan odamlargina
irodasi kuchli, xarakteri qat'iy deb ataladi. Iroda kuchi va qat'iyati odamning o’zini
tuta bilishida, jasurligida, matonatida va chidamliligida namoyon bo’ladi.
Iroda kuchi qabul qilingan qarorni o’z vaqtida bajarishda ko’rinadi. Shuning
uchun qarorni bajarmaslik yoki uning bajarish muddatini doimo paysalga solish,
galdan-galga qoldiraverish, boshlagan ishini oxiriga yetkaza bilmaslik irodaning
kuchsizligi alomatidir.
Lekin qabul qilingan qarorni bajarish har qanday qilingan ish-harakatning,
irodaning kuchli ekanligidan darak beravermaydi. Iroda kuchi asosan irodaviy
harakatlar yordami bilan qanday to’siqlar yengilganiga va shu yo’l bilan qanday
natijalarga erishilganligiga qarab aniqlanadi. Irodaviy zo’r berish vositasida
bartaraf qilinadigan qarshilik va qiyinchiliklar darajasi va xarakteri iroda kuchining
ob'ektiv ko’rsatkichi bo’lib xizmat qiladi.
Kishi katta to’sqinliklarni, qiyinchiliklarni, qarshiliklarni irodaviy zo’r berish
va irodaviy harakatlar yordami bilan bartaraf qilib, zo’r muvafaqqiyatlarga erishsa,
bu kishi irodasi kuchli ekanligini ko’rsatadi.
Kosmonovtlar mislsiz iroda kuchini butun jahonga namoyish qilishadi. Bu
qahramonlar kosmik parvozlarga tayyorlanish davrida ham, parvoz paytida ham
o’z irodalarining yuksak sifatlarini namoyish etadilar. Bu qahramonlar kuchli iroda
va uning xilma-xil ko’rinishlari o’z xarakterining asosiy xislati bo’lgan
kishilarning yorqin misolidir.
Kishi irodasining kuchsizligi uning juda arzimas to’sqinliklarni ham bartaraf
qila olmasligida ko’rinadi. Masalan, ba'zan kishi biron kerakli xatni yozishga yoki
biror zarur ishni boshlashga o’zini majbur eta olmaydi.
Irodaning kuchsizligi odatda irodasizlik deb ataladi. Qarorni bajarish
jarayonidagi ixtiyoriy ish-harakatlardagi iroda kuchi o’zini tuta bilishda, jasurlik,
sabot va matonat, chidam va toqatda namoyon bo’ladi.
O’zini tuta bilish nomidan ham bilinib turibdiki, kishining o’zini idora qila
bilishi va o’zini qo’lga ola bilishi demakdir. O’zini tuta bilish kishining oldiga
qo’ygan maqsadlariga yetishuvida to’sqinlik qiluvchi, irodasini bo’shashtiruvchi
ichki holatlarni yengishda ko’rinadigan kuchli irodadir. Bunday holatlarga
masalan, qo’rqish, o’z kuchlariga ishonmaslik, zerikish, qayg’urish hissi kiradi.
Bunday holatlar kishini faoliyat ko’rsatmaslikka rahbatlantiradi yoki qo’yilgan
maqsadlarga qarama-qarshi bo’lgan g’ayri ixtiyoriy harakatlarda o’z ifodasini
topadi. Bunday holatlar har kimda bo’ladi. Ammo odamning shaxs sifatidagi
xususiyati shundan iboratki, u o’zidan ana shu salbiy va keraksiz holatlarni iroda
kuchi bilan o’zgartira oldi yoki bartaraf qila oladi. Bu borada K.D.Ushinskiy
quyidagi so’zlarni keltirib o’tadi: "qo’rquvni his qilmasdan xavf-xatarga o’zini
uradigan kishi mard emas, balki eng kuchli qo’rquvni ham bosa oladigan va
qo’rquv ta'siriga berilmagan, xavf-xatarni o’ylamaydigan kishi marddir".
O’zini tuta bilish kishi xarakterining xislati bo’lib, asosan ichki irodaning
namoyon bo’lishidan iborat. Bu xislat kishining o’z xulq-atvorini nazorat qila
bilishda o’zini, o’z harakatlarini, nutqini qo’lga ola bilishida, shu sharoitda
keraksiz yoki zararli deb qaraladigan harakatlardan o’zini tiya bilishida
ifodalanadi. Xarakter shu xislatiga ega bo’lgan kishilar o’zlarini qo’lga ola
biladilar. Ular o’zlarini tuta biladilar, ular uyushqoq kishilardir.
O’zini tuta bilmaslik irodaning kuchsizligini yaqqol ko’rsatuvchi belgidir.
Odam o’zini qo’lga ola bilmaganda o’z mayllarini, ixtiyorsiz harakatlarini nazorat
qila olmaganda g’ayri ixtiyoriy faollik ko’rinishlari reflekslar, instinktlar, tasodifan
ko’ngildan kechadigan hislar, qo’rquv, hadik-shubha, gumon, g’azab, rashk,
ichiqoralik, affektiv holatlar va shu kabilar kishi irodasini bo’g’ib qo’yadi. Bunday
hollarda odam o’zini tiya olmay qoladi.
O’zini tiya olmaslikning eng yomon ko’rinishi buzuqlikdir. Buzuqlik
butunlay instinktlar va salbiy emotsiyalar ta'sirida bo’lish demakdir.
Jasurlik kishining omonligi va hayoti uchun havfli bo’lgan to’sqinliklarni
bartaraf qilishda ko’rinadigan iroda kuchidir. Masalan, parashyutchi har gal o’zini
samolyotdan tashlaganda jasurlik qiladi. Jasurlik o’zini tuta bilishga chambarchas
bog’liq. Jasurlik bor joyda o’zini tuta bilishlik mavjud. Kishi o’zini tuta bilsa
jasurlik qila oladi. Biron maqsadga yetishish yo’lida mutassil jasurlik ko’rsatish,
dovyuraklik jasorat deyiladi.
O’zining hayoti uchun xatarli to’sqinliklarni yengishga doimo tayyor turgan
va shunday to’sqinliklarni yenga oladigan kishilarni jasur kishilar deb ataymiz.
Bular xavf-xatardan cho’chimaydigan, xarakteri kuchli, dovyurak, botir kishilardir.
Jasurlikning yo’qligi irodaning kuchsizligini ko’rsatadi. Buni qo’rqoqlik,
Dostları ilə paylaş: |