Mavzu: shaxsning irodaviy sifatlari reja: 1



Yüklə 102,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix17.07.2023
ölçüsü102,11 Kb.
#136768
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu shaxsning irodaviy sifatlari reja 1

kishilar deb ataladi.
Kishilarning hayoti va faoliyatida shunday hollar ko’p bo’ladiki, bunda odam 
zarur paytida o’zini tuta olmay qoladi, jasurlik, sabot-matonat, intizomlilik ko’rsata 
olmaydi. Xarakter xislati irodasiz kishilar mavjud, bunday kishilar irodasi kuchsiz 
yoki irodasiz kishilar deyiladi. Bunday kishilar irodasi kuchsiz yoki chidamsiz 
kishilar deyiladi. Bular xatto arzimas qiyinchilik va to’sqinliklarni ham bartaraf 
qila olmaydigan kishilardir. Bular salgina muvaffaqiyatsizlik yoki qiyinchilik kelib 
chiqqanda ham o’z oldiga qo’ygan maqsaddan voz kechib ish harakatini 
to’xtatadigan, o’z qarorini bekor qiladigan yuraksiz, qo’rqoq kishilardir. Ular 
vaziyat talab qilganda zarur jasurlik sabot-matonat, chidam, toqat, qat'iyat 
ko’rsatmaydilar. Bular cho’chima, yalqov joni paxta kishilardir. Bunday 
kishilarning xatti-harakatlari odatda ularning o’zidan ko’ra tashqi sharoitga bog’liq 
bo’ladi. 
Bunday xarakter xislatlarga ega bo’lgan kishilar pessimistik kayfiyatda bo’lib, 
dunyoga va hayotga umidsizlik bilan qaraydilar. Ular doimo barcha kishilarning 
salbiy, yomon tomonlarini ko’radilar, bu kishilarning fikricha, o’zlarining barcha 
kamchiliklari va muvaffaqiyatsizliklarining sababchisi boshqa kishilardir. Bu 
xildagi ba'zi kishilar passiv beparvo kayfiyatda bo’ladilar. 
Irodaning mustaqilligi. Kishilaring irodaviy harakatlariga ularning 
mustaqillik darajasiga qarab ham baho beriladi. Irodaviy harakatlarning 
mustaqilligi kishining avvalo tashabbuskorligida ko’riladi. Tashabbuskorlik biror 


bir ishni shaxsan boshlab yuborish demakdir. Tashabbuskorlik odatda tevarak-
atrofdagi sharoit hamda ijtimoiy hayot talablarini epchillik, mohirlik bilan hisobga 
olish va ko’pincha kelajakni, yangilikni oldindan ko’ra bilish qobiliyati bilan bir 
vaqtda namoyon bo’ladi. 
Tashabbuskor kishi shaxsiy hayotida ham, ijtimoiy faoliyatida ham vaziyat va 
turmush talablarini hisobga ola biladi, shu bilan bir vaqtda vazifalarni ilgari suradi, 
qo’yilgan vazifalarni amalga oshirish uchun yo’l va vositalari tanlaydi va bu 
vazifalarni hal etishda faol ishtirok etadi. Mustaqillik qilinilmagan va qilinilgan 
ish-harakatlar uchun javobgarlik sezishda ko’rinadi. Javobgarlikni sezish ayni 
harakatlarning to’g’riligiga, maqsadga muvofiq ekanligiga va zarurligiga ishonch 
hosil qilish demakdir. 
Irodaning mustaqilligi yana boshqa kishilarning fikr, maslahat va takliflarini 
tanqidiy ko’z bilan mulohaza qilib chiqishda ham ko’rinadi. Tanqidiy ko’z bilan 
mulohaza yuritish xarakter xislati bo’lib, boshqa kishilarning birga maslahat va 
takliflarini diqqat bilan tahlil qilishda ko’rinadi, xarakterning shu xislati bo’lgan 
kishi boshqa kishilarning fikr va maslahatlariga e'tibor bilan quloq soladi, ularga 
muayyan tamoyillar nuqtai nazaridan baho beradi, ijobiy foydali narsani qabul 
qilib undan foydalanadi, salbiy befoyda narsani dalillar bilan rad etadi. 
Ayrim kishilarning iroda mustaqilligi ba'zan qaysarlik kabi maxsus holatda 
ko’rinadi. Bu holat shundan iboratki, odam boshqa kishilarning aytgan hamma 
gaplariga, maslahat, iltimoslariga qarshilik ko’rsatadi. qaysarlik qilayotgan odam 
yo buyurilgan ishni qilmasdan, o’z bilganini qilaveradi yoki buyurilgan ishni 
teskarisini qiladi. 
Intizomlilik - xarakter xislati bo’lib, jamiyat talablariga ongli ravishda o’z 
ixtiyori bilan bo’ysina bilishda ko’rinadi. Intizomlilik, jumladan, belgilangan 
tartibga aniq rioya qilishda, olingan va'dani vijdonan bajarishda, o’z burchiga ongli 
ravishda bo’ysinishda o’z ifodasini topadi. 
Intizomli kishi mustaqil tashabbuskor bo’lib, ayni vaqtda qabul qilingan 
qarorlarni so’zsiz ijro etadi, jamiyat manfaatlariga va axloq tamoyillariga itoat qila 
biladi. 


Mustaqillik ayni vaqtda irodaning kuchli ekanligini ham ko’rsatadi. Iroda 
kuchi katta to’sqinliklarni bartaraf qila olish qobiliyati bilangina ifodalanmay, 
tashabbuskorlik ko’rsatish, mustaqillik, dadillik ko’rsatish va qabul qilingan 
qarorlar uchun, o’z xatti-harakatlari uchun mas'uliyat sezish bilan ham ta'riflanadi. 

Yüklə 102,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin