bir ishni shaxsan boshlab yuborish demakdir. Tashabbuskorlik odatda tevarak-
atrofdagi sharoit hamda ijtimoiy hayot talablarini epchillik, mohirlik bilan hisobga
olish va ko’pincha
kelajakni, yangilikni oldindan ko’ra bilish qobiliyati bilan bir
vaqtda namoyon bo’ladi.
Tashabbuskor kishi shaxsiy hayotida ham, ijtimoiy faoliyatida ham vaziyat va
turmush talablarini hisobga ola biladi, shu bilan bir vaqtda vazifalarni ilgari suradi,
qo’yilgan vazifalarni amalga oshirish uchun yo’l va vositalari tanlaydi va bu
vazifalarni hal etishda faol ishtirok etadi. Mustaqillik qilinilmagan va qilinilgan
ish-harakatlar uchun javobgarlik sezishda ko’rinadi. Javobgarlikni sezish ayni
harakatlarning to’g’riligiga, maqsadga muvofiq ekanligiga
va zarurligiga ishonch
hosil qilish demakdir.
Irodaning mustaqilligi yana boshqa kishilarning fikr, maslahat va takliflarini
tanqidiy ko’z bilan mulohaza qilib chiqishda ham ko’rinadi. Tanqidiy ko’z bilan
mulohaza yuritish xarakter xislati bo’lib, boshqa kishilarning birga maslahat va
takliflarini diqqat bilan tahlil qilishda ko’rinadi, xarakterning shu xislati bo’lgan
kishi boshqa kishilarning fikr va maslahatlariga e'tibor
bilan quloq soladi, ularga
muayyan tamoyillar nuqtai nazaridan baho beradi, ijobiy foydali narsani qabul
qilib undan foydalanadi, salbiy befoyda narsani dalillar bilan rad etadi.
Ayrim kishilarning iroda mustaqilligi ba'zan qaysarlik kabi maxsus holatda
ko’rinadi.
Bu holat shundan iboratki, odam boshqa kishilarning aytgan hamma
gaplariga, maslahat, iltimoslariga qarshilik ko’rsatadi. qaysarlik qilayotgan odam
yo buyurilgan ishni qilmasdan, o’z bilganini qilaveradi
yoki buyurilgan ishni
teskarisini qiladi.
Intizomlilik - xarakter xislati bo’lib, jamiyat talablariga ongli ravishda o’z
ixtiyori bilan bo’ysina bilishda ko’rinadi. Intizomlilik, jumladan, belgilangan
tartibga aniq rioya qilishda, olingan va'dani vijdonan bajarishda, o’z burchiga ongli
ravishda bo’ysinishda o’z ifodasini topadi.
Intizomli kishi mustaqil tashabbuskor bo’lib, ayni vaqtda qabul qilingan
qarorlarni so’zsiz ijro etadi, jamiyat manfaatlariga va axloq tamoyillariga itoat qila
biladi.
Mustaqillik ayni vaqtda irodaning kuchli ekanligini ham ko’rsatadi.
Iroda
kuchi katta to’sqinliklarni bartaraf qila olish qobiliyati bilangina ifodalanmay,
tashabbuskorlik ko’rsatish, mustaqillik, dadillik ko’rsatish va qabul qilingan
qarorlar uchun, o’z xatti-harakatlari uchun mas'uliyat sezish bilan ham ta'riflanadi.
Dostları ilə paylaş: