Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 271
w www.oriens.uz August 2022 takomillashtirish, mehnat bozorining zamonaviy talablariga muvofiq yuqori malakali
raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash jarayonini yo‘lga qo‘yish, fan, ta’lim va ishlab
chiqarishning integratsiyasini ta’minlash maqsadida qabul qilingan ushbu qaror bilan
“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetini “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros
xalqaro universiteti etib qayta nomlanishi, Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo
davlatlarning turizm, madaniy merosni boshqarish va muzeyshunoslik sohalarida
kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy ta’lim muassasasi hamda ushbu sohalarni ilmiy va
innovatsion tadqiq etish bo‟yicha ilmiy muassasaga aylantirish, 2022/2023 o‘quv
yilidan boshlab Shahrisabz, Marg’ilon va Xiva turizm va servis kollejlari negizida
oliy ta‟lim tizimi bilan integratsiyalashgan ta’lim dasturlari asosida kadrlar
tayyorlaydigan Shahrisabz, Marg‟ilon va Xiva turizm va madaniy meros
texnikumlarini tashkil etish, Samarqand turizm va servis texnikumini Samarqand
turizm va madaniy meros texnikumihamda Buxoro turizm texnikumini Buxoro
turizm va madaniy meros texnikumi deb qayta nomlash vazifalari belgilandi.[2]
MUHOKAMA Bugungi kunda mehmonxona sanoati iqtisodiy munosabatlarning sifat jihatidan
yangi darajasiga ko‘tarilmoqda, bu global iqtisodiy turizmga faol integratsiya
jarayonlarining rivojlanishi, shu jumladan mehmonxona xizmatining yuqori xalqaro
standartlari va maxsus shakllangan korporativ tadbirkorlik muhiti bilan tavsiflanadi
Zamonaviy
sayyohlik
agentliklari
va
mehmonxonalariga
zamonaviy
texnologiyalarni qo‘llay oladigan, sayyohlarning tobora ortib borayotgan ehtiyojlari
va jahon sayohat sanoatidagi innovatsion tendentsiyalarni hisobga oladigan, tobora
kuchayib borayotgan raqobat sharoitida sanoat korxonalarini boshqarishning
murakkab masalalarini o‘z qo‘llariga olishga qodir yuqori malakali mutaxassislar
kerak.[6, 82-85]
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda turizm va mehmondo‘stlik sanoati
doirasidagi davlat va ta’lim tashkilotlari uchun kadrlar tayyorlash borasida quyidagi
muammolarni qayd etish lozim:
1. Ta’lim dasturlarining mehnat bozoriga mos kelmasligi;
2.Xalqaro
standartlarga
javob
beradigan
va
dunyoning
yetakchi
mehmonxonalarida tajriba oshirgan yuqori malakali kadrlar sonining etarli emasligi;
3. Xorijiy tillarni o‘rganish darajasi pastligi;
4. Ta’lim tashkilotlaridagi moddiy texnik bazaning rivojlanmaganligi;
5. Yuqori sifatli o‘quv qo‘llanmaqlari va adabiyotlarning etishmasligi.
6. Amaliy faoliyat darajasining qoniqarsizligi;