Kompyuter tizimlari va


Tarmoq resurslariga (papkalar, fayllar, printerlar) kirishning asosiy usullari



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/28
tarix20.07.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#136932
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
09aba1defd2dbaf2776be6818724a092 Нигматов Ҳ Kompyuter tizimlari va tarmoqlari китоб

Tarmoq resurslariga (papkalar, fayllar, printerlar) kirishning asosiy usullari. 
"Tarmoqlararo bog‘lanish" ob’ekti tarmoqdagi hamma ob'ektlarni ko‘rish 
imkonini beradi. Buning uchun "sichqoncha" tugmasini mazkur belgi ustida ikki 
marta xarakatlantirish darkor. "Tarmoqlararo bog‘lanish" muloqot oynasida 
tarmoqning barcha ishtirokchilari paydo bo‘ladi (boshqachasiga ularni mijozlar 
deb ham yuritiladi). 
Agar tarmoq oynasida faqat bitta "Hamma tarmoq" ob’ekti xosil bo‘lsa, u xolda 
hamma tarmoq "mijozlari"ni ko‘rib chiqish uchun "sichqoncha"ning chap tugmasi 
"Hamma tarmoq" bo‘ylab xarakatlantiriladi, keyin ishchi guruxingiz nomi yozilgan 
ob'ekt ochiladi. Agar "Hamma tarmoq" ob’ekti ochilganda ham muloqot oynasida 
xech qanday o‘zgarish sezilmasa, u xolda Siz tarmoq parolini kiritmagan yoki 
kompyuterni tarmoqqa noto‘g‘ri sozlagan bo‘lishingiz mumkin. 
WINDOWS XP OS lokal tarmog‘ida ishlashning asosiy qoidalari: 
- xar qanday "Tarmoqlararo bog‘lanish" ob’ekti "sichqoncha"ning chap tugmasi 
orqali amalga oshiriladi

ta’kidlangki, 
"Tarmoqlararo bog‘lanish" ob’ekti yordamida boshqa 
kompyuterlardan axborot olish xuquqiga umumiy resurslar - printerlar, papkalarni 
yaratish asosida ega bo‘linadi. 


Tarmoqdagi kompyuterlarda umumiy papkalarni yaratish foydalanuvchiga 
tarmoqda fayl va papkalarni almashish imkonini beradi. 
UMUMIY papkani yaratish jarayoni:
1.
"Mening kompyuterim" ob’ektini oching yoki "Yo‘l boshlovchi" dasturini 
ishga tushirib, papkani tanlang. 
2. Ushbu papkadan "Kontekst" menyusini chaqirib, "Xususiyat" punktini tanlang. 


3. "Kirib ko‘rish" ilovasidan "Umumiy resurs" parametrini tanlang. Agar "Kirib 
ko‘rish" ilovasi yo‘q bo‘lsa, resurslarga kirishga ruxsat yo‘q, degan ma’noni 
bildiradi. 
4. Bu Erda umumiy papkaga ham kirish turini tanlash mumkin. Buning uchun 
quyidagi uch parametrdan biri tanlanadi: 


a) "Faqat o‘qish"- umumiy papka mazmunini faqat ko‘rish mumkin. "O‘qish uchun 
parol" qatorida parolni tarmoqdan faqat hamma kompyuterlarga kirish imkoni
ya’ni ular ham umumiy papkani ko‘rish imkoni tug‘ilganda o‘rnatish mumkin; 
b) "To‘liq"- umumiy papka mazmunini nusxalash, chiqarib tashlash va boshqa 
ishlarni qilish mumkin. "To‘liq kirish uchun parol" qatoriga parolni hamma 
tarmoqdagi kompyuterlar bir hil imkoniyatga ega bo‘lganda kiritish mumkin
v) "Parol bilan aniqlanadi"-kiritilgan parolga bog‘liq umumiy papka mazmunini 
yoki ko‘rish (o‘qish uchun parol) yoki papka mazmuni ustida hamma operatsiyani 
bajarish mumkin (to‘liq kirish uchun parol).
5. OK tugmasi bosiladi. 
Bu Erda shuni ta'kidlash lozimki, umumiy papka belgisi oddiy papka 
belgisidan farq qiladi. 
Papkadan tashqari, axborotlarni uzoq saqlash qurilmasi diskyurituvchi
"vinchester" (qattiq disk), DD (lazer disklar uchun disk yurituvchi), printerlarni 
ham umumiy qilish mumkin. Bunda ham jarayon umumiy papkani xosil qilish kabi 
kechadi, faqatgina "Mening kompyuterim" ob’ektida qurilma kontekst menyusi 
chaqiriladi. 
Axborotlarni uzoq vaqt saqlash qurilmalariga umumiy kirishni o‘rnatish 
diskdagi xoxlagan fayl yoki papkaga murojaat etish imkonini beradi. 
Biz ilgari aytganimizdek, faqat papka, disklarni foydalanuvchilar uchun umumiy 
qilish mumkin, balki printerlarni ham umumiy qilish mumkin. Bu Erda 
foydalanuvchi o‘z kompyuteriga ulangan printernigina umumiy qila oladi. 
Printerni umumiylashtirish jarayoni: 
1) "Ishga tushirish" menyusidan "Sozlash" menyusini tanlang; 
2) "Sozlash" menyusidan "Printerlar" menyusini tanlang; 


3) "Printerlar" muloqot oynasida "sichqoncha"ning chap tugmasini umumiy printer 
belgisi bo‘ylab xarakatlantiring; 
4) "Fayl" menyusini oching va "Kirib ko‘rish" punktini tanlang; 
5) Kompyuterning xossasi: muloqot oynasidan "Umumiy resurs" ni tanlang; 


6) "Nom" qatoriga tarmoq printer nomini yozing (nom "Tarmoq atrofi ob’ekti"da 
paydo bo‘ladi); 
7) "Sharx" qatorida printer modelini ko‘rsatish mumkin; 
8) "Parol" qatorida parol ko‘rsatiladi, shundan keyingina Sizning printeringizga 
kirish imkoni tug‘iladi; 
9) OK ni bosing. 
Kompyuter tarmog‘ida fayllar va papkalarni nusxalash yoki xarakatlantirish. Bu 
Erda shuni ta'kidlash joizki, tarmoq bo‘ylab axborotlarni almashish uchun albatta 
umumiy papkalar tarmog‘i bo‘lishi, ya’ni xar bir kompyuterda bir necha yoki xech 
bo‘lmaganda bitta umumiy papka yoki axborotlarni uzoq muddat saqlovchi 
qurilma bo‘lishi kerak. 
Tarmoqni boshqa kompyuterga nusxalash (xarakatlantirish) jarayoni. 
("Tarmoqlararo bog‘lanish" ob’ektini qo‘llab). 
1. Nusxalash lozim bo‘lgan fayl yoki papkani ajratib olish. 
2. Papka yoki faylning kontekst menyusini chaqirish. 
3."Nusxalash" buyrug‘i yoki fayl va papka uchun "Qirqish" (xarakatlanish 
uchun)ni tanlash. 
4. "Tarmoqlararo bog‘lanish" ob’ektini ochish. 


5. Papka yoki fayl qaerga nusxalansa, o‘sha Erda "sichqoncha"ni belgi bo‘ylab 
xarakatlantirish. 
6. Umumiy papkani ochish (agar u mavjud bo‘lsa). 
7. "Fayl" menyusida o‘rnating buyrug‘ini tanlang. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin