1-Mavzu: Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi
REJA:
1.
Antik davrning psixologik nazariyalari.
2.
O‘rta asrlarda psixologiyaning umumiy tavsifi.
3.
V-XI asrlarda yevropa psixologiyasini rivojlanishi.
4.
Yangi davrda psixologiyani rivojlanishi va uning birinchi
nazariyasi.
5. Psixologiyada ratsionalizm va sensualizm.
Antik davrning psixologik nazariyalari
Antik davr yunon falsafasi qadimiy Sharq – Bobil va Misr,
Markaziy Osiyo, Hindiston va Xitoyda paydo bо‘lgan
diniy-falsafiy
ta’limotlar ta’sirida, Yunonistonda yuksak rivojlangan quldordik
jamiyatining tarixiy, iqtisodiy siyosiy va madaniy-ma’naviy shart-
sharoitlar asosida vujudga keldi. Miloddan
ilgarigi VIII-VI asrlarda
Kichik Osiyo, О‘rta yer dengizi qirg‘oqlaridagi shaharlar bilan yaqin
Sharq, Kavkaz hamda G‘arb mamlakatlari xalqlari о‘rtasida savdo,
iqtisodiy, madaniy munosabatlar juda ham avj oladi.
Animizm
( lot. “anima” - ruh) Ruh haqida afsonaviy tasavvurlar
vujudga keladi. Har bir hissiy idrok qilinayotgan narsa о‘zining juftiga
ega deb hisoblanadi.
Gilozizm
– dunyoning umumiy jonliligi haqidagi ta’limot.
Milet maktabi.
Milet faylasuflari о‘z falsafiy
qarashlarini tabiiy-
ilmiy tushunchalar bilan ifodalaydilar. Bu davrlarda falsafa va boshqa
bilim sohalari ham bir-birlaridan ajralmagan holda bir butun shaklda
“falsafa” nomi bilan atalar edi.
Ilk yunon faylasuflari Milet shahri falsafiy maktab vakillari: Fales,
Anaksimanr va Anaksimenlardir. Ular о‘zlarining
falsafiy asarlarida
kosmologizmga oid, ya’ni astronomik bilimlarga oid о‘z qarashlarini
ifodalab berdilar.
“Psixologiya fan sifatida ruh haqidagi ta’limotdan boshlanishi kerak
edi. Ruh haqidagi ta’limot odamzot tomonidan ilgari surilgan birinchi
ilmiy gepoteza”dir deb yozadi L.S. Vigotskiy.
Anita - ruh haqidagi qarashlar ibtidoiy
jamoa davridayoq mavjud
bо‘lgan bо‘lsada er. av. II asrda tabiat va inson haqidagi tasavvurlar tub
burilishga uchrab, antik olamda dastlabki ruh haqidagi ilmiy farazlar
paydo bо‘la boshlaydi. Ilmiy psixologiya va undagi barcha
muammolarning boshi shu yerdadir.
Qadimgi yunon falsafasining eng muhim jihati –
uning stixiyali
dialektik xarakterga egaligidir. Bu dialektikaning asoschilaridan biri
Geraklitdir. U о‘zining olov tо‘g‘risidagi ta’limotida barcha narsalar
olovdan paydo bо‘lib, sо‘ngra olovga qaytadi, deb, olovning yerga, suvga,
havoga aylanishini va aksini ta’riflab,
dunyoni doimiy harakatda,
о‘zgarish jarayonida kо‘radi.
“Qaysi yо‘llar bilan bormasin, baribir ruhning chegarasiga
borolmaysan” degan aforizm bilan Efeslik