Windows 8 OTda fayllar va papkalar bilan ishlash.
Faylning toʻliq nomi ikki qismdan iborat boʻladi: a) fayl nomi. b)
nuqta bilan ajratib yozilgan fayl kengaytmasi, masalan, prog.doc.
Fayl kengaytmasi mazkur faylning xususiyatini belgilaydi va
foydalanuvchi uchun qulaylik yaratiladi. Masalan, Informatika.txt
deb nomlangan faylning fayl kengaytmasi – .txt. Bu kengaytma
orqali biz faylni matn muharririga tegishli ekanligini bilishimiz
mumkin. Fayl atributlari
esa, katalogda berilib borilayotgan fayl
nomi, turi, sanasi va vaqtini aniqlaydi.
22
Kevin Wilson. Using Windows 8.1 Return of the Start Button. USA 2014. P
27-28.
50
Papka bu – foydalanuvchilar yaratgan dastur va fayllar
saqlanuvchi grafik interfeysga ega boʻlgan konteyner. Ekranda
ushbu
koʻrinishga ega boʻladi. Diskdagi dastur va hujjatlarni
saralash uchun papka ishlatiladi. Shu bilan bir qatorda papkada
dastur va hujjatlardan tashqari fayllar jamlangan boshqa papkalar
ham boʻlishi mumkin. Fayl va papkalarni nomlashda quyidagi
belgilar ishlatilmaydi: ’, *, ?, :, !, “, <, >.
Papka yaratish.
Tizimda papkani yaratishning bir nechta
usullari mavjud. Masalan, ish stolining boʻsh qismida kontekstli
menyudan “Создать->Папку”
(Papka yaratish) buyruqlar ketma-
ketligini tanlash bilan papka yaratish mumkin, bunda quyidagi
oyna chiqadi (3.5
-
rasm):
3.5
-
rasm.
Kontekstli menyu yordamida
papka yaratish
Yoki biror dastur ilovasining faylini ochish, saqlash amallarini
bajarish oynasida “Создать папку” tugmasini bosib ham papka
yaratish mumkin (3.6
-
rasm)
23
:
23
Faithe Wempen. Computing Fundamentals IC3 EDITION. John Wiley & Sons
Ltd, United Kingdom. 2014. p 160-161.
51
3.6-rasm. Ilovada yangi papka yaratish
Dostları ilə paylaş: |