Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari



Yüklə 10,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/149
tarix23.07.2023
ölçüsü10,08 Mb.
#137234
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149
Axborot texnologiyalari

UO‘K: 004(075.8) 
KBK: 32.965ya73
ISBN 978-9943-5335-8-5
© Kadirov M.M., 2018 

“Sano-standart” nashriyoti, 2018. 


KIRISH 
 
Ma’lumki, insoniyat axborotlashtirish sohasida haqiqiy 
inqilobiy oʻzgarishlar davrini boshidan kechirmoqda. Buning na-
tijasida esa umumjahon axborotlashgan hamjamiyati shakl-
lanmoqda. Shu sababli ham axborot-kommunikatsiya sohasini jadal 
suratlar bilan rivojlantirish Oʻzbekiston iqtisodiyotida amalga oshi-
rilayotgan tarkibiy oʻzgarishlar, hamda iqtisodiy islohotlarning 
bosh yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda olib borilayotgan iqtisodiy, tashkiliy va boshqa 
oʻzgarishlarni amalga oshirish natijalari mamlakatimizda 
axborotlashtirish sohasidagi muammolarning hal etilishiga ham 
bogʻliqdir. Axborotlashtirish sohasidagi asosiy yoʻnalishlar 
Oʻzbekiston Respublikasining bir qator qonunlari, mamlakatimiz 
Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va 
boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda ham oʻz aksini topgan.
Respublikada kompyuterlashtirish va axborot kommunikatsiya 
texnologiyalarini 
rivojlantirishga 
doir 
muayyan 
vazifalar 
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan 2002-yil 30-mayda 
imzolangan “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish toʻgʻrisida”gi 
Farmonida belgilab berilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
2002-yil 
6-iyun 
200-sonli 
“Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari 
toʻgʻrisidagi Qarorida oʻz aksini topgan. Axborotlashtirishning 
milliy tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va jamiyat hayotining 
barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompyuter 
texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda 
joriy etish, hamda ulardan foydalanish. Shuningdek, fuqarolarning 
axborotga ortib borayotgan talab va ehtiyojlarini yanada toʻliqroq 
qondirish, jahon axborot hamjamiyatiga kirish, hamda jahon 
axborot resurslaridan bahramand boʻlishni kengaytirish uchun 
qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan boʻlib, Farmonda 
kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini 
rivojlantirish va ularning zamonaviy tizimlarini joriy etish birinchi 
galdagi eng muhim vazifalar sifatida e’tirof etilgan. 
3


Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan keng 
koʻlamli islohotlar koʻp jihatdan uzluksiz ta’lim tizimini 
shakllantirishni taqozo etadi. Yangicha fikrlaydigan, bozor 
sharoitlarida muvaffaqiyatli xoʻjalik yurita oladigan malakali, 
chuqur bilimli mutaxassislarni, ayniqsa, axborot texnologiyalaridan 
keng foydalana oladigan malakali kadrlarni tayyorlash davr talabi 
boʻlib qolmoqda. 
Shuni aytib oʻtish lozimki, 2005 – yil 2 iyulda Oʻzbekiston 
Respublikasi prezidentining “Axborot texnologiyalari sohasida 
kadrlar 
tayyorlash 
tizimini 
takomillashtirish 
toʻgʻrisidagi” 
qaroridan maqsad, kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan 
vazifalarni bajarish, respublikamiz iqtisodiyoti va ijtimoiy sohalari 
uchun zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali 
mutaxassislar tayyorlashdan iboratdir.
Oʻquv qoʻllanmaning birinchi bobida axborot texnologiyalari 
asoslari, axborot resurslarini yaratish jarayonlari, axborot 
kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirish boʻyicha 
asosiy 
yoʻnalishlar 
va 
axborot 
tizimlarining 
boshqaruv 
tuzilmasidagi oʻrni haqida bayon etilgan.
Oʻquv qoʻllanmaning ikkinchi bobi kompyuterning texnik 
ta’minotiga bagʻishlangan. Кompyuter va uning tashkil etuvchilari, 
kompyuterlarni sinflash, kompyuterning qoʻshimcha qurilmalari 
hamda, bulutli texnologiyalarga alohida e’tibor berilgan. 
Oʻquv qoʻllanmaning uchinchi bobi kompyuterning dasturiy 
ta’minoti va operatsion tizimlarga bagʻishlangan. Operatsion 
tizimlar haqida ma’lumot, Windows 8 operatsion tizimining asosiy 
xususiyatlari, operatsion qobiqlar va ularning vazifalari haqida 
toʻliq ma’lumotlar berilgan.
Oʻquv qoʻllanmaning toʻrtinchi bobi elektron hujjatlarga ishlov 
berish texnologiyalariga bagʻishlangan. Microsoft office dasturlar 
paketi va ularni qoʻllash, ABBYY FineReader dasturining 
imkoniyatlari, Promt dasturidan amaliy foydalanish toʻgʻrisida 
batafsil bayon etilgan. 
Oʻquv qoʻllanmaning beshinchi bobi ma’lumotlar bazasi va 
ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlariga bagʻishlangan.
 
Ma’lumotlar bazasini tashkil qilish tafsifi keltirilgan. Microsoft 
4


Access dasturida ma’lumotlar bazasini yaratish va asosiy 
obyektlarini qayta ishlash misollar yordamida toʻliq bayon etilgan. 
Oʻquv qoʻllanmaning oltinchi bobida kompyuter grafikasi 
koʻrib chiqilgan. Kompyuter grafikasi turlari, Adobe Photoshop 
dasturi va uning imkoniyatlari, CorelDRAW dasturining 
imkoniyatlariga, shuningdek multimedia texnologiyalariga alohida 
e’tibor berilgan.
Oʻquv qoʻllanmaning yettinchi bobi avtomatlashtirilgan 
loyihalash 
va 
intellektual 
tizimlarga 
bagʻishlangan. 
Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari shuningdek, MathCad 
dasturi va uning imkoniyatlari haqida misollarda batafsil bayon 
etilgan. Datlab dasturi haqida toliq ma’lumot berilgan. Intellektual 
axborot tizimlari va ekspert tizimlarning vazifalariga e’tibor 
berilgan.
Oʻquv qoʻllanmaning sakkizinchi bobi kompyuter tarmoq 
turlari va internet tarmogʻi shuningdek, axborot xavfsizligiga 
bagʻishlangan. Kompyuter tarmoq turlari va ularning imkoniyatlari 
bayon etilgan. Internet tarmogʻini tashkil etuvchilari va 
xizmatlaridan foydalanishga e’tibor berilgan. Axborot xavfsizligi 
tushunchalari va vazifalari batafsil yoritilgan. 
Oʻquv qoʻllanmaning toʻqqizinchi bobi masofaviy ta’lim va 
zamonaviy 
axborot 
kommunikatsiya 
texnologiyalariga 
bagʻishlangan. Masofaviy ta’lim texnologiyalari haqida batafsil 
bayon etilgan. Elektron hukumat tizimini joriy etilishini tartibga 
soluvchi huquqiy hujjatlar va tashkil etuvchilariga alohida e’tibor 
berilgan. 

Yüklə 10,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin