jarayonlarini
tahlil qilish, murakkab sohalarni vizuallashtirish va
yangi mahsulotlarni ishlab chiqishda koʻmak beradi.
Axborot tizimlari tashkilotning tasarufiga va umumiy muhitiga
kiruvchi insonlar, joylar va narsalar haqidagi axborotlardan tashkil
topadi. Axborot sifatida insonlarga foydali va kerakli boʻlgan
ma’lumotlarni shaklantirilgan holati tushuniladi. Ma’lumotlar
boshlangʻich holatida xom ashyo koʻrinishida boʻlib, u kerakli
shaklga keltirilganidan soʻng tashkilotdagi xodimlar uchun
tushunarli
koʻrinishga
ega
boʻladi.
Misol
sifatida,
supermarketlarning
kassalarini
keltirish
mumkin.
Supermarketlarning kassalarida millionlab mahsulotlarning shtrix
kodlari koʻriladi, sababi shtrix kod qaysi mahsulotga tegishliligini
bilish maqsadida. Bu esa mahsulotlarni
sonini sanashda va tahlil
qilishda katta yordam beradi. Masalan qaysi doʻkonda va savdo
territoriyasida qancha idish yuvush vositasi k’op sotilganini bilish,
qancha summada pul tushgani haqidagi axborotlarni yigʻish
imkonini beradi.
1.3-rasm. Axborot tizimida ma’lumot va axborotlar
Axborot tizimlari uch bosqichda axborotni ishlab chiqaradi, shu
asosida
tashkilotdan
qarorlarni
qabul
qilish,
jarayonlarni
boshqarish, muommolarni tahlil qilish va yangi mahsulotlarni
17
ishlab chiqish talab etiladi. Bu bosqichlar kiritish, qayta ishlash va
chiqarish
4
.
1.4-rasm. Axborot tizimining funksiyalari
Kiritish qismi tashkilotning oʻrab turuvchi ichki yoki tashqi
muhitidan xom ashyoni yigʻish jarayoni oʻz ichiga oladi. Xom
ashoyoni qayta ishlash kerakli shaklga keltirish holatiga nisbatan
tushiniladi. Tayyor mahsulot qayta
ishlangan axborotni kerakli
foydalanuvchilarga beradi. Axborot tizimlari qayta aloqa boʻlishini
talab etadi, chunki ishlab chiqilgan mahsulotni tahlil qilish va
xatolarini tuzatish maqsadida tashkilot xodimlariga qaytarish
imkoni boʻlishi talab etiladi.
Misol sifatida Disney tizimlarini keltirish mumkin. Disney
tizimlari olomonni boshqarish uchun foydalaniladi. Xom ashyo
ma’lumotlari sifatida aviyaliniya buyurtmalari, mehmonxonadan
joylarni band qilib qoʻyish, sanalar boʻyicha ma’lumotlar va parkda
oʻrnatilaga videokameradagi yozuvlarni
tahlil etish jarayonlari
4
Kenneth C. Laudon, Jane. P. Laudon. Management Information Systems:
Managing the Digital Firm, 13th Edition, Pearson Education, USA 2014. p 45-46.
18
kiradi. Kompyuterlar ushbu ma’lumotlarni saqlab turadi va qayta
ishlaydi, sababi tashrif buyuruvchilarni sonini bilish, restorandagi
va koʻngil ochar joylardagi boʻsh oʻrinlarni hisoblab borishda
qoʻllaniladi. Tizim qancha mijozlarni kelayotganini,
joylarning
toʻlib ketishini oldini olish imkoniyatlarini koʻrsatib turadi. Tizim
mehmonlarning sonini, kutib turganlar sonini, mijozlarning
doʻkonlarda va restoranlarda ishlatgan oʻrtacha pullari toʻgʻrisidagi
muhim axborotlarni yetkazib beradi. Bu ma’lumotlarni qayta
ishlash tizimlari Disney kompaniyasiga parklarni boshqarishda
katta yordam beradi.
Axborot tizimlari xom ashyo axborotlarni
qayta ishlashda
kompyuter texnologiyalaridan foydalanadi. Elektron hisoblash
mashinalari va dasturiy vositalar zamonaviy axborot tizimlarining
texnik fondi hisoblanadi. Kompyuter axborotlarni saqlash va qayta
ishlash uchun xizmat qiladi. Kompyuter dasturlari yoki dasturiy
ta’minotlar komyuterlarda qayta ishlashda amaliy qoʻllanmalar
hisoblanadi. Kompyuter dasturlarini yaxshi bilish tashkiliy
muammolarni
loyihalashda
katta
yordam
beradi,
lekin
kompyuterlar axborot tizimlarining bir qismi hisoblanadi
xolos.Axborot tizimlarini toʻliq
tushunish uchun, ish muhitidagi
muammolarni hal qilishda tashkillashtirish, boshqarish va
axborotlarni hisoblash texnologiyalari tizimlarini yaxshilab
tushunib olish talab etiladi
5
.
Dostları ilə paylaş: