Birlik Oʻqilishi Qiymati 1 bayt
bayt
8 bit
1 Kbay
kilobayt
1024 bayt
1 Mbayt megabayt 1024 Kbayt = 1 048 576 bayt
1 Gbayt gigabayt
1024 Mbayt = 1 073 741 824 bayt
1Tbayt
terabayt
1024 Gbayt = 1 099 511 697 776 bayt
1Pbayt
petabayt
1024 Tbayt = 125 899 978 522 624 bayt
1Ebayt
eksabayt
1024 Pbayt = 1 152 921 504 606 846 976
bayt
1Zbayt
zetabayt
1024 Ebayt = 1 180 591 620 717 411 303
424 bayt
1Ybayt
yottabayt
1024 Zbayt = 1 208 925 819 614 629 174
706 176 bayt
1.3. Oʻzbekistonda axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishdagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT)
qoʻllash har bir mamlakatning rivojlanishida muhim shartlaridan
biri hisoblanadi. AKTni rivojlantirish iqtisodning barcha sohalari
va davlatni boshqarish sohalarini qamrab oladi.
AKTni rivojlantirish aholining turmushini yaxshilash va
iqtisodiy darajasini koʻtarishning asosiy faktori boʻlib, Oʻzbekiston
davlati siyosatining asosiy ustivor yoʻnalishlaridan biriga aylandi.
Mobil aloqani rivojlantirish, katta tezlikdagi Internet, davlat
tomonidan ishlab chiqarilgan AKT sohasidagi dasturlar va yangi
huquqiy aktlarni amalga oshirish axborot jamiyatni shakllantirishga
qaratilgan. AKT sohasidagi yangi qonunlar va normativ hujjatlarni
davlat tomonidan ishlab chiqarish muhim ahamiyatga egadir. 2 –
jadvalda AKT sohasidagi Oʻzbekiston respublikasi qonunlari va
Oʻzbekiston respublikasi prezidenti farmoni va qarorlari, hamda
Oʻzbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari hujjatlari
keltirilgan.
14