5. Plotter
– katta hajmdagi printer boʻlib,
yuqori sifatli rasmlarni, loyihalarni, kartalarni va
texnik chizmalarni chop qilishga moʻljallangan
qurilma
10
.
6. Videoproektor
– kompyuter va shunga
oʻxshash namoyish vositalarining alohida
qoʻshimcha monitori hisoblanib, tasvirlarni yirik
hajmda tasvirlash uchun moʻljallangan.
7. Flesh disklar
– juda katta hajmdagi
axborotni oʻz ichiga sigʻdira oladigan yarim
oʻtkazgichli elementlardan qurilgan xotira.
10
Faithe Wempen. Computing Fundamentals IC3 EDITION. John Wiley & Sons
Ltd, United Kingdom. 2014. p 86-87.
33
8. CD disklar
– bu kompakt disk
soʻzlarining bosh harflaridan olingan nomli
disklar boʻlib, axborotlarni saqlash uchun optik
yuzadan iborat, yumaloq disk koʻrinishidagi
axborot tashuvchi hisoblanadi. Kompakt disklar
700 Mbayt hajmga ega boʻladi.
9. DVD disklar
– bu dijital video
disk soʻzlarining bosh harfidan iborat
nomli disklar hisoblanadi. Bu disklar 4.5
Gbayt hajmga ega boʻladi.
10. HD DVD
– optik disk boʻlib,
axborotlarni saqlashga moʻljallangan. 1
qatlamli disk 15 GB, 2 qatlamli disk 30
Gb axborotni oʻzida saqlaydi.
11. Blu-ray
(koʻk nur) – optik disk
boʻlib, raqamli axborotlarni saqlashga
moʻljallangan. 1 qatlamli disk 25 GB, 2
qatlamli disk 50 Gb axborotni oʻzida
saqlaydi.
12. Vebkamera – kompyuterlararo videotasvirlarni uzatuvchi
qurilmadir. Bu asosan halqaro Internet tarmogʻi bilan birgalikda
ishlatiladi.
2.4. Bulutli texnologiyalar
Bulutli texnologiya bu – dasturiy va texnik majmua boʻlib,
qulay tarzda tarmoqdagi axborotlarga murojaat qilish imkoniyatini
yaratadi.
Bulutli texnologiya axborot texnologiyalarining alohida muhiti
boʻlib, masshtablashgan va saqlanayotgan axborot resurslarini
masofadan ishga tushurish uchun ishlab chiqilgan. Bu termin
Internetga kinoya sifatida paydo boʻlgan boʻlib, tarmoq ichidagi
tarmoq hisoblanadi, markazlashmagan axborot resurslariga
masofadan murojaat etishni ta’minlab beradi. Bulutli hisoblashlar
axborot texnologiyalari sanoatida oʻz rasmiy segmenti sifatida
bulut ramzidan foydalanilgan. Bulut ramzi Internetda keng
34
tarqalgan turli resurslarni va hujjatning asosiy web-arxitekturasi
uchun ishlatiladi. Hozirda bu belgi bulutli muhitni chegarasini
belgilash uchun foydalaniladi.
2.7-rasm. Bulut muhitida chegaralashni ifodalovchi ramz
Maxsus muhit sifatida undan axborot resurslariga murojaatni
masofadan yetkazib berish uchun ishlatiladi. Internet orqali kirish
imkoniyatiga ega boʻlgan alohida bulutlar mavjud.
Internet koʻpgina axborot resurslariga ochiq foydalanish
imkonini bersa, bulut texnologiyalar esa shaxsiy axborot
resurslaridan foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Internetning koʻpgina qismi axborot resurslari kontentlariga
kirish uchun bagʻishlangan, ya’ni World Wide Web orqali chop
etilgan. Bulut texnologiyalari foydalanuvchi xususiyatlari asosida
kirish va boshqa qismlardan foydalanishga moʻljallangan.
Protokollar standart usullarga kiradi va ular kompyuterlarga bir-biri
bilan oldindan belgilangan tizimli tarzda muloqot qilish imkonini
beradi.
Bulut
texnologiyalari
har
qanday
protokollardan
foydalanishga asoslangan boʻlishi mumkin va axborot resurslaridan
masofadan erkin foydalanish imkonini beradi
11
.
Axborot resursi fizik yoki virtual koʻrinishda bogʻliq boʻlishi
mumkin, ya’ni dasturiy ta’minotga asoslangan boʻlishi mumkin,
bunda virtual server yoki foydalanuvchi dasturiy ta’minotidan
foydalaniladi. Masalan, unda fizik server yoki tarmoq qurilmasidan
foydalanish mumkin.
Axborot resurslarini joylashuvi chegaralarini aniqlash uchun
bulut texnologiyasi ramzidan foydalanish 2.9-rasmda koʻrsatilgan.
Koʻrsatilgan resurslar bulutli axborot resurslari sifatida
hisoblanadi.
11
Thomas Erl. Cloud Computing: Concepts, Technology & Architecture.
Arcitura Education Inc. USA 2013. p 33-34.
35
2.8-rasm. Axborot resurslariga misollar va ularga mos belgilar
2.9-rasm. Bulut xostingi 8 ta axborot resursidan foydalanilgan: 3 ta
virtual serverlar, 2 ta bulut servisi va 3 ta axborot saqlash qurilmasi
12
Axborot resurslarini oʻzaro bogʻliqlik sxemasi va texnologiya
arxitekturasi 2.9-rasmda koʻrsatilgan.
Bu sxemalarni oʻrganishda quyidagi masalalarni aytib oʻtish
muhim:
‒
Bulut ramzi bilan chegaralangan qismi odatda shu berilagan
bulutning barcha mavjud joylashgan resurslarini koʻrsatmaydi.
Axborot resurslari odatda muayyan bir mavzuni namoyish qilish
uchun ajratilgan.
4
Thomas Erl. Cloud Computing: Concepts, Technology & Architecture. Arcitura
Education Inc. USA 2013. p 34-35.
36
‒
mavzuni tegishli yoʻnalishlari boʻyicha koʻsatish uchun
bazaviy arxitektura texnologiyasi talab qilanadi. Bunda haqiqiy
texnik imkoniyatlarning bir qismi koʻrsatiladi.
Bulutli texnologiyani
3 modeli mavjud boʻlib, ular
quyidagilardan iborat:
1. SaaS (Software as a Service) – Bulutli texnologiyalar asosida
dasturiy ta’minotlar bilan ta’minlash. Bunga misol sifatida Gmail,
Google Docs, Netflix, Photoshop.com, Acrobat.com tizimlarini
keltirish mumkin.
2. PaaS (Platform as a Service) – Dasturiy tillar va provayder
vositalari
yordamida
foydalanuvchiga
oʻz
faoliyatlarini
kengaytirish uchun platformalar yaratish. Bunga misol sifatida
IBM SmartCloud Application Services, Amazon Web Services,
Windows Azure, Google App Engine tizimlarini keltirish mumkin.
3. IaaS (Infrastructure as a Service) – foydalanuvchilar
tomonidan yaratilgan dasturlarni saqlash, qayta ishlash imkonini
beruvchi resusrlarni taqdim etish. Bunga misol sifatida IBM
SmartCloud Enterprise, Amazon EC2, Windows Azure, Google
Cloud Storage, Parallels Cloud Server, tizimlarini keltirish
mumkin.
Axborot resurslarini masshtablashtirish, axborot resurslarini
qayta ishlashda talablarni oshirish yoki kamaytirish imkoniyatini
yaratadi. Masshtablashtirishning quyidagi turlari mavjud
13
:
‒
Gorizontal masshtablashtirish;
‒
Vertikal masshtablashtirish.
Gorizontal masshtablashtirish axborot resurlarini gorizontal
taqsimlash yoki bir xil turda boʻlgan resurlarni qoʻshish uchun
foydalaniladi. Gorizontal masshtablash bulutli texnologiyalarda
masshtablashning keng tarqalgan turi hisoblanadi.
Vertikal masshtablashtirish mavjud axborot resursini boshqa
yuqori yoki past oʻtkazuvchanlik xususiyatiga ega resurs bilan
almashtiriladi. Axborot resursini yoqori oʻtkazuvchanlik
xususiyatiga
ega
resurs
bilan
almashtirish
masshtablarni
kengaytirish deb ataladi. Axborot resursini past oʻtkazuvchanlik
13
Thomas Erl. Cloud Computing: Concepts, Technology & Architecture.
Arcitura Education Inc. USA 2013. p 37-38.
37
xususiyatiga
ega
resurs
bilan
almashtirish
masshtablarni
qisqartirish deb ataladi. Vertikal masshtablashtirish bulutli
muhitlarda nisbatan kam ishlatiladi.
2.10-rasm. Axborot resurslarini (virtual server A) bir xil resurslarni
qoʻshish yoʻli bilan masshtablashtirish (virtual serverlar B va C)
2.11-rasm. Axborot resurslari
(2
prossesorli
virtual
server)
masshtablashtirilmoqda,
uning
oʻrniga yuqori quvvatli axborot
resurs oʻrnatilmoqda (4 prossesorli
fizik server)
2.1 jadvalda gorizontal va vertikal masshtablashtirishning
imkoniyatlari va kamchiliklari koʻrib chiqilgan.
2.1 jadval. Gorizontal va vertikal masshtablashtirishni
solishtirish
Dostları ilə paylaş: |