Axborotlarni kodlash usullari Belgi va belgilar sistemasi



Yüklə 15,96 Kb.
səhifə1/2
tarix19.04.2023
ölçüsü15,96 Kb.
#100630
  1   2
Diskret amaliydan mustaqil ish


MAVZU:
Daraxtlarni Prufer usulida kodlash. Daraxtlarni ularning kodi bo'yicha yasash.
Axborotlarni kodlash usullari
Belgi va belgilar sistemasi
Belgi biror obyektning o‘rnini bosuvchi aksi bo‘lib xizmat qiladi, shu sababli belgilar uzatuvchiga qabul qiluvchining ongida obyektning mos aksini hosil qilish imkonini beradi. Umuman, belgi – bu oshkor yoki oshkormas holda hissiy idrok
etilayotgan obyektga aniq mazmun berish kelishuvidir.
Agar belgining ko‘rinishi uning mazmunini fahmlash imkonini bersa, u holda kelishuv oshkor deb ataladi.
Bu holda belgilarni piktogramma (tasviriy yozuv)lar deb atashadi.
Agar belgining shakli bilan mazmuni o‘rtasidagi bog‘lanish kelishuv asosida (kelishuv oshkormas) belgilansa, u holda bu belgilarni ramz (simvol)lar deb atashadi
Axborotlarni kodlash jarayonida har bir belgiga bitta kod, ya’ni belgi yoki belgilar ketma-ketligi mos qo‘yiladi.
Kodlangan axborotni birlamchi ko‘rinishiga o‘tkazish dekodlash deb ataladi.
Axborotlarni kodlash insoniyat tomonidan faqat amallar bajarish qulay bo‘lishi uchun emas, balki axborotni sir saqlash uchun ham qo‘llanilgan. Kodlashning bu ko‘rinishi shifrlash deb ataladi.
Shifrlangan axborotni birlamchi ko‘rinishiga o‘tkazish deshifrlash deb ataladi.
Qadimda axborotlarni kodlash
Birinchi kodlashni qo‘llagan inson Qadimgi Gretsiyaning sarkardasi Lisandro hisoblanadi. «Ssital» tayoqchasi U axborotni mahfiy saqlash, ya’ni kodlash uchun ma’lum bir qalinlikdagi «Ssital» tayoqchasini o‘ylab topgan. Kodlashning bu usuli o‘rin almashtirish usuli deb ataladi.
Kodlash usullari
Semyuel Morze 1837yilda elektromagnit telegraf qurilmasini ixtiro qilgan va 1838yilda shu qurilma uchun telegraf kodini ishlab chiqqan. Unda harf va raqamlarga nuqta va tirelarning maxsus ketmaketligi kod sifatida mos qo‘yiladi. Semyuel Morze
Morze kodlash usulini notekis kodlash usuliga misol bo‘ladi. Mazkur usul yordamida «elektron» so‘zini yozsak, u quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Morze usulida belgilarning turli boshqa belgilar bilan hamda ularning bir nechtasi bilan ifodalanishi mazkur usulning keng qo‘llanilishiga to‘siqlik qilsa, ikkinchi tomondan, uning faqat ikki belgi – nuqta va tiredan iboratligi uni texnik vositalarda qo‘llash imkonini beradi.

Yüklə 15,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin