Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari



Yüklə 10,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/149
tarix23.07.2023
ölçüsü10,08 Mb.
#137234
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   149
Axborot texnologiyalari

 
II bobga doir savollar 
1.
Kompyuterning asosiy qismlari va ularning vazifalari 
nimalardan iborat? 
2.
Kompyuterda mavjud boʻlgan xotira turlari? 
3.
Kompyuterning texnik imkoniyati deganda nimalarni 
tushunasiz? 
4.
Kompyuterning 
tashqi 
qurilmalarining 
vazifalari 
nimalardan iborat? 
5.
Bulutli texnologiyalar haqida nimalarni bilasiz? 
Test savollari 
1. Printerning necha xil turi mavjud? 
a) 4 
b) 3 
c) 5 
d) 6 
2. Hisoblash mashinalarining nechta avlodi mavjud? 
a) 4 
b) 3 
c) 5 
d) 6 
3. Bulutli texnologiyani masshtablashtirishning qanday 
usullari mavjud?
a) Dasturiy va texnik 
b) Koʻlamli va koʻlamsiz 
c) Serverli va bulutli 
d) Gorizontal va vertikal
4. CD disk qanday disklar toifasiga kiradi? 
a) Kompact 
b) Optik 
c) Magnit 
d) Compos 
40


III BOB. AXBOROT JARAYONLARINING DASTURIY 
TA’MINOTI. OPERATSION TIZIMLAR 
 
Tayanch soʻzlar:
operatsion tizim, foydalanuvchi, resurs, 
interfeys, fayl, papka, fayl tizimi, operatsion tizim qobigʻi, 
moslanuvchanlik, xavfsizlik
 
3.1. Operatsion timzimlar haqida ma’lumot 
Tizimning dasturiy ta’minoti BIOS, operatsion tizim va 
utilitalarni oʻz ichiga oladi. Utilitalar tizimga xizmat koʻrsatish va 
himoya masalalarini amalga oshiradi, masalan xatolarni toʻgʻrilash 
va fayllarni rezervlash. 
BIOS kompyuterning ona platisiga joylashtirilgan dasturiy 
ta’minot hisoblanadi. BIOS kompyuter ishga tushishi bilan barcha 
apparat vositalarni toʻgʻri ishlayotganini tekshiradi, ya’ni markaziy 
protsessorni, tezkor xotirani va ona platani. Barcha apparat 
qurilmalar testdan oʻtgandan soʻng BIOS operatsion tizimini 
yuklaydi.
BIOS kompyuterning boshlangʻich amalarini bajaradi, lekin 
asosiy amallarni ya’ni, foydalanuvchi buyrugʻlarini amalga 
oshirish va tizimni boshqarishni operatsion tizim bajaradi
15

Operatsion tizim bu – kompyuter bilan foydalanuvchi oʻrtasida 
muloqot oʻrnatib beruvchi dasturiy ta’minotdir. Operatsion tizim 
(OT) kompyuterni va uning resurslarini boshqaradi va boshqa 
dasturlarni ishga tushiradi. Кompyuter resurslari ikki xil: fizik va 
dasturiy resurslarga boʻlinadi. Fizik resurslar bu: 
– protsessor; 
– tezkor xotira; 
– doimiy xotira; 
vinchester
– monitor; 
– tashqi qurilmalar; 
– va shu kabilar kiradi. 
15
Faithe Wempen. Computing Fundamentals IC3 EDITION. John Wiley & Sons 
Ltd, United Kingdom. 2014. p 109-110. 
41


Dasturiy resurslar bu: 
– 
kiritish va chiqarishni boshqaruvchi dasturlar; 
– kompyuter ishlashini ta’minlaydigan boshqaruvchi dasturlar; 
– berilganlarni tahlil qiluvchi dasturlar; 
– drayverlar; 
– virtual ichki va tashqi xotirani tashkil qiluvchi va 
boshqaruvchi dasturlar;
– va shu kabilardir. 
Hozirgi kunda har xil turdagi operatsion tizimlar mavjud, ular 
superkomyuterlardan 
to 
minikompyuterlargacha 
oʻrnatilgan. 
Microsoft Windows, UNIX va Linux operatsion tizimlari Intel 
platformasida ishlaydi. Undan tashqari Apple mahsulotlari iPad va 
iPhone Makintosh platformasini qoʻllab quvvatlaydi. Apple iOS 
operatsion tizimida ishlaydi.
Operatsion tizim kompyuter bilan foydalanuvchi oʻrtasida 
qulay interfeys yordamida muloqot qilish imkoniyatini beradi. 
Operatsion tizim obyektga moʻljallangan grafik interfeysli yoki 
matnga moʻljallangan komandali interfeys koʻrinishida boʻladi
16

Obyektga moʻljallangan grafik interfeysi – foydalanuvchi 
interfeysi boʻlib, grafik obyektlarni qurilmalar bilan boshqarish 
imkoniyatini yaratadi. Matnga moʻljallangan komandali interfeysda 
– foydalanuvchilar barcha buyruqlarni klaviatura orqali matn 
yordamida kiritiladi.
Operatsion tizimini quyidagi sinflarga boʻlish mumkin: 

Bir vaqtni oʻzida ishlayotgan foydanlanuvchilar soniga 
qarab: bir foydalanuvchi, koʻp foydalanuvchi. 

Protsessorlar soniga, bir vaqtda sistema boshqarishi ostida 
masalalarni bajarishiga: bir masalali, koʻp masalali. 

Protsessorlarni soniga qarab: bir protsessorli, koʻp 
protsessorli. 

Operatsion tiziminig kodining razryadiga qarab: 32- 
razryadli, 64- razryadli.
16
Faithe Wempen. Computing Fundamentals IC3 EDITION. John Wiley & Sons 
Ltd, United Kingdom. 2014. p 111-112. 
42



Interfeysni turiga qarab: komandali (matnli) va obyektga 
moʻljallangan grafikli. 

Resurslarni turini ishlatilishiga qarab: tarmoqli, lokal. 

Yüklə 10,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin