Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari



Yüklə 10,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/149
tarix23.07.2023
ölçüsü10,08 Mb.
#137234
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   149
Axborot texnologiyalari

Fayl va papkalarni qidirish. 
Windows 8 OT fayl va 
papkalarning qidrishning bir nechta usullarini taklif qiladi. Eng 
yaxshi usulni tanlash murakkab, chunki har xil holatlarda turli 
qidiruv usullaridan foydalaniladi. 
«Пуск» 
tugmasini bosib, undan qidiruv maydoniga soʻz 
qismi yoki soʻzni toʻliq kiritish kerak boʻladi. Darchada qidiruv 
maydoni va qidiruv natijasi paydo boʻladi. Qidiruv natijalari 
matnni qidiruv maydoniga kiritilganda aks etadi.
28
Faithe Wempen. Computing Fundamentals IC3 EDITION. John Wiley & Sons 
Ltd, United Kingdom. 2014. p 191-192. 
59


 
3.15-rasm. Dasturni oʻchirish darchasi 
 
3.16-rasm. Qiduruv tizimi 
 
3.3
Operatsion tizim qobiqlari va ularning vazifalari
Foydalanuvchining Windows OT bilan oʻzaro munosabati, 
muloqot asosida qurilgan. Hozirgi paytda disklardagi papkalardan 
boshqasiga oʻtish, fayllardan nusxa olish, ularni izlash, nomini 
60


oʻzgartirish va yoʻqotishda umuman, Windows bilan ishlashda 
koʻp foydalaniladigan amallarni toʻliq ekran koʻrinishida 
bajarishga 
imkon 
beradigan 
dastur-qobiqlaridan 
keng 
foydalaniladi. Bunday dastur-qobiqlariga misol qilib, QDOS, 
PCTools, Norton Commander, Total Commander va boshqalarni 
keltirish mumkin. 
Eng yaxshi dastur qobiqlaridan biri Total Commanderdir (TC). 
U foydalanuvchiga buyruqlarni kiritish, hamda kursorni siljituvchi 
tugmalar, funksional tugmalar va sichqoncha bilan ishlaydigan 
qulay toʻla ekranli interfeys (aloqa) yordamida Windows bilan 
aloqa qilish imkonini beradi. TC ham rivojlanib, uning 
imkonyatlari kengaytirilib turiladi.
TC dasturi koʻp foydali funksialarni bajaradi, xususan:

magnit disklardagi katalog tarkiblarni tartibga solgan holda 
ekranga chiqarib berish;

disklardagi kataloglar tarkibini daraxt koʻrinishida tasvirlash 
va ixtiyoriy katalogga osonlikcha oʻtib ishlash; 

kataloglarni hosil qilish, nomini oʻzgartirish, ularni diskdan 
oʻchirish;

fayllarning nusxasini olish, nomini oʻzgartirish, diskdan 
oʻchirish va boshqa joyga koʻchirish;

turli matn muharrirlarida tuzilgan fayllarni va berilgan 
bazalarni qulay holda koʻrish; 

matn fayllariga oʻzgartirish kiritish;

Windows amalyot tizimining ixtiyoriy buyrugʻini bevosita 
kiritish; 

Fayllarni arxivlash va arxivdan chiqarish;

Ma’lum turdagi fayllar ustida bir klavishni bosish yordamida 
standart amallarni bajarish; 

Internet adreslari bilan ishlashni qulaylashtirish; 

USB flesh disklari bilan ishlashni tezlashtirish; 

Fayl va papkalarni yashirin holatga oʻtkazish yoki berkitilgan 
fayl va papkalarni ochish; 

Bajarish mumkin boʻlgan ixtiyoriy amal haqida ixtiyoriy 
vaqtda yordamchi ma’lumot olish va boshqa koʻpgina amallarni 
bajarish imkonini beradi. 
61


TC dan foydalanish uchun Windows 8 “Пуск” boʻlimidan 
“Приложения” qismidan yoki ishchi stolida TC yorligʻi 
tanlanadi va ishga tushiriladi. Ekranda quyidagi rasmda keltirilgan 
TC ning ishchi oynasi paydo boʻladi (3.13
-
rasm). 
TC dasturi yuklangandan soʻng ekranida quydagilar paydo 
boʻladi:

sarlovha satri;

tavsiyanoma satri; 

uskunalar paneli;

disklar roʻyxati; 

joriy disk nomi, oʻlchami , boʻsh joy hajmi; 

oʻng panel; 

chap panel; 

joriy disk, katalog, fayl haqida axborot beruvchi ma’lumotlar 
satri; 

funksional klavishlar haqida axborot. 
3.17-rasm. Total Commander dasturinig umumiy koʻrinishi 
TC tavsiyanomasi quyidagi boʻlimlardan iborat: 
“Файлы” (fayllar) tavsiyanomasi fayl atributlarini oʻzgartirish, 
fayllarni arxivlash va ochish, fayl tarkibini taqqoslash, fayl 
xossalari, fayl guruhini nomini oʻzgartirish, bosmaga chiqarish, 
fayllarni kodlash, dasturdan chiqish va hakozolarni bajarish 
imkonini beradi (3.18 rasm). 
62


3.18-rasm. “Файлы” boʻlimi 
“Bыделение” (ajratish) tavsiyanomasi fayllar guruhini 
belgilash, barchasini belgilash, nomi boʻyicha barcha fayllarni 
belgilash, kengaytmasi boʻyicha barcha fayllarni belgilash, 
ajratilgan fayllarni saqlash, ajratilganlarni taqqoslash va boshqa 
vazifalarni bajaradi (3.19-rasm). 
3.19-rasm. “Выделение” boʻlimi 
63


“Навигация” (navigasiya) tavsiyanomasi chap yoki oʻng 
panelga oʻtish, kataloglarni daraxtsimon koʻrinishda chiqarish, 
keyinga yoki oldinga oʻtish, uskunalar paneliga oʻtish, panellarni 
yangilash va boshqa vazifalarni bajaradi (3.20-rasm). 
3.20-rasm. “Навигация” boʻlimi 
“Сеть” (tarmoq) tavsiyanomasi yangi tarmoq diski bogʻlash, 
tarmoq diskini bogʻlashni tugatish, katalogga umumiy ruxsatni 
ochish, katalogga umumiy ruxsatni yopish, drayverlarni oʻrnatish 
va boshqa vazifalarni bajaradi (3.21-rasm). 
3.21-rasm. “Сеть” boʻlimi 
“FTP” (FTP) tavsiyanomasi FTP server bilan bogʻlanish, yangi 
FTP bogʻlanishni hosil qilish, FTP server bilan bogʻlanishni 
toʻxtatish, serverdagi berkitilgan fayllarni koʻrsatish va boshqa 
vazifalarni bajaradi (3.22-rasm). 
64


3.22-rasm. “FTP” boʻlimi 
“Вид”
 
(koʻrinish) tavsiyanomasi paneldagi fayl nomlarini qissa 
yoki toʻliq tasvirlash, fayllarni nomi, toifasi, yozilish vaqti, 
oʻlchami boʻyicha saralash, tez koʻrish, barcha fayllarni koʻrsatish, 
filtrlash va boshqa vazifalarni bajaradi (3.23-rasm) 

3.23 – rasm. “Вид” boʻlimi 
“Вкладки” (ilovalar) tavsiyanomasi joriy papkaga ilova 
qoʻshish, ilovani bloklash yoki blokdan chiqarish, papkani yangi 
ilovada ochish, ilovalarni yopish va boshqa vazifalarni bajaradi 
(3.24-rasm). 
65


3.24-rasm. “Файлы” boʻlimi 
“Конфигурация” (konfiguratsiya)
 
tavsiyanomasi 
dastur 
koʻrinishini, hamda boshqa xususiyatlarni sozlash, joylashuvlarni 
saqlab qolish va boshqa vazifalarni bajaradi (3.25-rasm). 
3.25 – rasm. “Конфигурация” boʻlimi 
“Инструменты” (uskunalar) tavsiyanomasi yordamida TC 
buyruqlarini roʻyxatini koʻrish, tizim haqida ma’lumot olish, diskni 
belgilash, faylni tez qidirish va boshqa amallarni bajarish mumkin 
(3.26-rasm). 
66


3.26-rasm. “Инструменты” boʻlimi 
“Запуск”
 
(ishga tushirish) tavsiyanomasi TC dasturining 
elektron saytiga bogʻlanish, TC dasturining oxirgi lahjasini 
yuklash, asosiya tavsiyanomani oʻzgartirish va boshqa amallarni 
bajarish mumkin (3.27-rasm). 
3.27 – rasm. “Запуск” boʻlimi 

Yüklə 10,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin