1
Ish haqi to’g’risidagi turli xil nazariyalar
Reja:
Kirish
I-bob. Ish haqi tushunchasining mazmun-mohiyati
1.1. Ish haqini tashkil etish shakllari va ularni tavsiflash
II-bob. Ish haqini to’lash tartibi. Rag’batlantiruvchi to’lovlar
2.1.Ish haqini tashkil etish bilan bog’liq turli yondashuvlar
2.2.O’zbekistonda mehnatni tashkil etish bilan bog’liq munosabatlar
tahlili
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
2
Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi
.
Jamiyatda yoki alohida olingan mamlakatda yaratilgan mahsulotning
taqsimlanish tamoyillari,
shakllari, usullari muhim muammo bo’lib, iqtisodchilar
e’tiborini jalb etib hamda ular o’rtasida turli tortishuvlarga sabab bo’lib keladi.
Shunga ko’ra, kishilarning hayot kechirishi va turmush darajasini aniqlab beruvchi
daromadlarning asosiy turi bo’lgan ish haqini tahlil
qilish muhim ahamiyat kasb
etadi.
O’zbekiston Respublikasi bozor munosabatlariga o’tgan davrdan to hozirga
qadar xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida muhim o’zgarishlar sodir bo’lmoqda.
Korxonalarda, tashkilotlar va idoralarda mehnatni tashkil etish va uning
samaradorligini oshirish yo’llari muhim muammolardan biri bo’lib qolmoqda. Xalq
turmush farovonligini oshirish Respublikamiz Prezidenti
tomonidan belgilab
berilgan iqtisodiy islohotlarning bosh maqsadidir. Bu vazifani muvaffaqiyatli hal
etish juda keng ko’lamli ijtimoiy-iqtisodiy muammolar yechimini topishni taqazo
qiladi. Ma’lumki, xalq xo’jaligi
ishlab chiqarishida, turli sohalar va jamiyat
qatlamlarida, ish joylarida korxonalar ishini to’g’ri yo’lga qo’yish, tashkil etish,
moddiy
texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarga ijtimoiy adolat prinsiplari
asosida ish haqi to’lashni tashkillashtirish taraqqiyotni ta’minlashda muhim rol
o’ynaydi.
Ish haqi - tashkilot xodimlarining asosiy daromad manbai, uning yordami bilan
mehnat va iste'mol o'lchovi nazorat qilinadi. Ish haqi iqtisodiyotni
boshqarishning
eng muhim vositasidir, shuning uchun davlat mehnatni tashkil qilish va ish haqining
huquqiy asoslariga alohida e'tibor beradi.
Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadi
ham aholining daromadlarini, jumladan ish haqlari miqdorini oshirish hisoblanadi.
Bu to’g’risida prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev ham quyidagi fikrlarni bildirganlar:
“Aholi daromadlarini oshirish, qo’shimcha ish o’rinlari
yaratish, mahsulot ishlab
chiqarishni ko’paytirish uchun bizga yangi-yangi bozorlar kerak. Buning uchun
bozor iqtisodiyoti va davr talablariga mos ko’plab qonun va qarorlarni
qabul qilayapmiz. Lekin, afsuski, ulami ijro qiladigan ko’pgina amaldorlar hali
ham eskicha ish uslubi, rasmiyatchilik va befarqlikdan qutulgani yo’q”
1
.
Mazkur bildirilgan fikrlar mazkur kurs ishining naqadar
dolzarb ahamiyat kasb
etishini asoslab beradi.