- vaqt birligida bajarilgan buyurtmalar miqdori;
- vaqt birligida jo ‘natilgan yuklar miqdori;
- vaqt birligida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori va bosh-
qalar.
Yuqorida sanab o ‘tilgan ko‘rsatkichlarga ko‘plab misollar kelti-
rish mumkin. Masalan, transport vositasidan samarali foydalnish da-
rajasini baholash uchun uning yuk ko‘tarish qobiliyatidan foyda-
lanish koeffitsiyenti, vaqt birligida (soat, kun,-yil) tashilgan yuklar
yoki bajarilgan tonna kilometrlar miqdoridan foydalanish mumkin.
Logistik infratuzilmalarga sarflangan investitsiyalami qaytish
ko‘rsatkichi kapital mablagMardan logistik tizimlarda samarali
foydalanish darajasini ko‘rsatadi va ularga quyidagi investitsion
kapital qo‘yilmalami ko‘rsatish mumkin:
- ombor xo‘jaligi tashkil etish;
- har xil transport turlaming bo‘linmalari;
- transport kommunikatsiyalari;
- transport-ombor xo‘jaligini tam'irlash bo‘limlari;
- telekommunikatsion tizimlar;
- axborot-kompyuter tizimlari.
Bu obyektlarga sarflangan iventitsiyalarni qaytish ahvoli
logistik tizimlarning samardarligini tavsiflaydi.
Dostları ilə paylaş: