Iqtisodiy talimot doc



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/150
tarix26.07.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#137611
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

16.3. Jon R.Kommons qarashlari 
Kommons ijtimoiy-huquqiy institutsionalizm yo`nalishining asosiy 
vakili hisoblanadi. Uning asosiy g`oyalari amerika tredyunionizm mafku-
rasini ifodalaydi. Uning ta'limoti jamoat institutlari faoliyatini (oila, ishlab 
chiqarish korporatsiyasi, savdo birlashmalari, tredyunionlar, davlat va yu-
ridik huquqiy munosabatlar) tadqiq etish bilan bog`liq. 
U mavjud tuzumni isloh va modernizatsiya qilishga intiladi, biznes 
tizimini shunchalik samarali qilish kerakki, u o`zini o`zi saqlashga qodir 
bo`lsin, deydi u. Kommonsning asosiy g`oyalari "Kapitalizmning huquqiy 
asoslari" (1924), "Institutsional iqtisodiyot. Uning siyosiy iqtisoddagi 
o`rni" (1934), "Jamoa faoliyatining iqtisodiy nazariyasi" (1950) asarlarida 
o`z aksini topgan. 
Olimning iqtisodiy qarashlari iqtisodiyotda yuqori naf nazariyasi va 
yuridik konsepsiyalar to`g`risidagi qoidalarning o`zaro qorishmasidan ibo-
rat. Ishlab chiqarishni bir chekkaga surib, kapitalizmning mohiyati bozor 
munosabatlari bilan almashtiriladi, hozirgi sharoitda bu munosabatlar "odil 
bo`lmagan raqobat"ga olib kelmoqda. Kapitalizmning bu illatini 
to`g`rilash, almashuv munosabatlari odil bo`lishini ta'minlash, raqobat 
xavfini yo`qotish uchun davlat yuridik-qonuniy organlari vositasida hal et-
ish mumkin, degan g`oya ilgari suriladi. 
Kommons kapitalizmda sinflar mavjudligini inkor etadi. mark-
sizmning sinfiy kurash nazariyasiga "sotsial nizo" (konflikt) ta'limotini 
qarshi qo`yadi, bu nizolar antagonistik xarakterga ega emas. Mutaxassislar 
bir-birlari bilan kurashishi emas, hamkorlik qilishlari kerak. Paydo 
bo`ladigan nizolar esa jamiyat evolutsiyasini harakatga keltiruvchi omildir. 
Nizolarni yechish jarayoni sotsial taraqqiyotga yordam berishi zarur. 
Kommons nazariyasi kapitalizmni ba'zi islohotlar yo`li bilan yax-
shilash usulini taklif etadi. Bu esa huquqiy, yuridik me'yorlarni takomil-
lashtirish orqali amalga oshiriladi. Ishchi va kapitalist o`rtasidagi munosa-
bat jamiyatning teng huquqli a'zolari orasidagi yuridik bitim - kelishuv 
hisoblanadi, chunki ular ma'lum qonun-qoidalar asosida tuziladi. Bu 
kelishuv ishtirokchilari orasida jamiyatning muhim institutlari: oila, tad-
birkorlar ittifoqi va hatto davlatning o`zi ham bo`lishi mumkin. "Kelishuv" 
uch momentni o`z ichiga oladi: nizo, o`zaro ta'sir, yechim. Yuridik va 
huquqiy vositalar bilan har qanday ichki qarama-qarshilik, barcha 
konfliktlar o`z yechimini topishi mumkin. Jamiyatda ijtimoiy qarama-
qarshiliklar kuchayishi konfliktlarni yuridik hal qilish mexanizmining 
kamchiliklari bilan belgilanadi. Iqtisodiy kategoriyalar shu kategoriyalarga 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


313 
oid yuridik munosabatlar shaklida namoyon bo`ladi. Kommons mulk 
shakllarini iqtisodiy munosabatlar shaklida tahlil etmaydi, ammo "Mulk 
tituli"ni yuridik shakl sifatida ko`radi. U mulkni uch ko`rinishga ajratadi: 
moddiy, nomoddiy (qarzlar va qarz majburiyatlari) va ko`rinmas 
(qimmatbaho qog`ozlar). Ko`rinmas mulk ko`pincha "mulk tituli bilan 
kelishuv" mazmuni bo`lib amalga oshadi. Shu sababli, Kommons 
tadqiqotlarining asosini qimmatbaho qog`ozlar - aksiya, obligatsiya va 
boshqalarni sotish operatsiyalari tashkil etadi. Ko`rinib turibdiki, bu 
olimning g`oyalarida birinchi o`rinda ishlab chiqarish emas, balki 
muomala sohasi turadi. Uch shakldagi sanoat kapitali o`rniga fiktiv (soxta) 
kapital olinadi, bu soha kapitalistik xo`jalikning mohiyati sifatida qaraladi.
U jamoat fikri bilan hisoblashuvchi va iqtisodiyotni monopoliyadan 
chiqarishni amalga oshiradigan hukumat tuzish zarurligiga ishongan. 
Iqtisodiy islohotlar doirasida davlat qonuniy qarorlari jamiyatdagi qarama-
qarshilik va konfliktlarni tugata oladi, bunda ma'muriy kapitalizm 
bosqichiga o`tiladi. 
Yuqorida keltirilgan T.Veblen va J.Kommonslarning g`oyalari 
amalda, 1929-1933 yy.dagi iqtisodiy inqiroz davrida AQSH prezidentining 
"yangi kurs" siyosatida amaliy tasdig`ini topdi. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin