Iqtisodiy talimot doc


J.Robinsonning iqtisodiy ta'limoti



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/150
tarix26.07.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#137611
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

17.3. J.Robinsonning iqtisodiy ta'limoti 
Joan Vayolet Robinson (1903-1983) Kembrij universitetini bitirgan 
va A.Marshall maktabining taniqli vakili va davomchisidir. 1965-1971 
yillar shu universitetda professor lovozimida dars bergan. Uning dastlabki 
asari "Nomukammal raqobatning iqtisodiy nazariyasi" 1933 yili, ya'ni 
muallif 30 yoshligida yozilgan va unga mashhurlik keltirdi. Asardagi bosh 
g`oya monopoliyalar faoliyatida bozorlar jihatini aniqlashdir. Bu 
sharoitdagi 
raqobat 
iqtisodiyotdagi 
muvozanatni 
buzadi 
va 
nomukammaldir (Chemberlinda-monopolistik). Dastlabki vazifa: o`z 
mahsulotiga ega bo`lgan ishlab chiqaruvchi monopolistik baholar 
belgilanishining mexa-nizmini aniqlash. Bahoning miqdori, sotuvchi 
o`rnatgan shu bahoda xaridorning mahsulotni sotib olish va monopol foyda 
tabiati o`rnatiladi. Ammo, Robinson xonimning mantiqiy fikrlashi 
Chemberlinnikidan farq qiladi. Robinson fikricha, nomukammal raqobat 
tufayli, avvalo raqobatli xo`jalik tizimi normal muvozanat holatining 
butunlay 
buzulishi 
va 
yo`nalishi, 
Hatto 
yollanma 
mehnatning 
"ekspluatatsiya"sidir. Chemberlin esa bu masalani bozorning tabiiy 
muvozanati bilan chambarchas bog`liqdir deb qaragan. 
Robinson monopoliyaga salbiy munosabat bildirib, uni bozor 
sharoitdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni izdan chiqaruvchi omil 
sifatida qaraydi. 
Asardagi asosiy g`oyalar quyidagilardan iborat. 
Tadbirkorlar nomukammal raqobat sharoitiga nisbatan mukammal 
(sof) raqobat sharoitda ishlab chiqarishni monpollashtirishdan kamroq 
manfaatdor bo`ladilar. Chunki, nomukammal raqobat sharoitida ayrim 
firmalar optimal ko`rsatgichlarga erisha olmaydilar, samarasiz (kam 
samara bilan) faoliyat ko`rsatadilar, shu sababli monopolist mahsulot 
chiqarishni cheklash bilan o`z mahsuloti narxini oshirish imkoniyatigagina 
ega bo`lmasdan, balki sohadagi ishlab chiqarishni tashkil etishni 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


325 
mukammallashtirish yo`li bilan ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishi 
mumkin.
Monopoliya ishlab chiqarish mahsulotining xuddi 
shunga o`xshash boshqa maxsulotdan sezilarli 
ajralib turishini talab etadi yoki boshqacha 
aytganda, differensiatsiya ro`y beradi; boshqa 
qo`shimcha sharoit ham zarur unga ko`ra firma -
monopolist optimal hajmdan ortiqroq bo`lgan 
ko`rsatgichlar bilan xarakterlanishi kerak. 
Nomukammal 
raqobatli 
monopolistik 
bozorda aniqlashni talab etuvchi bir qancha 
sharoitlar yuzaga keladi. Agar bozor bir-biri bilan 
raqobat qiluvchi cheksiz ko`p xaridolardan emas, 
balki ayrim yakkayuyagona xaridorlar birlashmasidan iborat bo`lgan 
holatda sotib olinadigan mahsulot qancha bo`lishi mumkindir. Bu sharoit 
talab konsentratsiyasi bo`lib bozorda ko`p sonli mayda sotuvchilar va 
yakkayu-yagona xaridor faoliyat ko`rsatadi. Bu holatni monopsoniya, ya'ni 
xaridor monopoliyasi deyiladi. 
Yuqorida barcha g`oyalar jamlanib, real hayotda nomukammal 
raqobat sharoitida ishlab chiqarish omillari ekspluatatsiyasi tendensiyasi 
paydo bo`lishiga yordam beradi. Bu xolat avval o`zaro raqobatlashgan 
kupgina firmalarni yutib yurovuchi yirik birlashmanig paydo bo`lishi bilan 
yanada kuchayadi. Boshqaruv birligi hajmi (ko`rsatkichi) ning 
yiriklashuvi(yakka boshqaruv) boylikni taqsimlashdagi adolatsizlikni 
yanada kuchayishini zaruriy ravishda keltirib chiqaradi. Bu ancha inqilobiy 
g`oya bo`lib, Chemberlinning monopoliya istiqboli to`g`risidagi optimistik 
fikricha qarshidir. 
Ishlab 
chiqarishning 
monopolizatsiyasi 
muammosi 
bilan 
"samaradorlik yoki adolat" degan dilemmani (ya'ni unisi yoki bunisi) 
yechish zarurati ilgari suriladi. 
Monopolizatsiyaga u ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga 
yordam beradi, deb ustuvorlik berish yetarli emas, ya'ni adolat masalasi 
ham qo`yilishi kerak.
Iqtisodiyot tarixida "samaradorlik" va "adolat" ni qandaydir yo`l 
bilan ajratishga intilish katta xomxayollikdir. 
Robinson o`zining tadqiqotlari natijasida hayotiy chora-tadbirlarni 
ham ishlab chiqsa bo`lar edi masalan, nomukammal raqobat tufayli 
aniqlangan qarama-qarshiliklarni bartaraf etish uchun davlatning 
iqtisodiyotga aralashuvi nimalardan iborat bo`lmog`i kerak edi. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin