Iqtisodiy talimot doc


Asosiy tushuncha va iboralar



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/150
tarix26.07.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#137611
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

Asosiy tushuncha va iboralar 
Institutsionalizm; 
ijtimoiy-psixologik, 
ijtimoiy-huquqiy, 
konyunktur-statistik oqimlar; T.Veblen; "Veblen effekti"; R.Kommons; 
huquq institutlari; monopoliyaga qarshi choralar; ma'muriy kapitalizm; 
U.Mitchell; siklik rivojlanish; prognoz. 
Nazorat va mulohaza uchun savollar 
1.Institutsionalizm paydo bo`lishining shart-sharoitlari. 
2.Institutsionalizmning mohiyati va o`rganish metodologiyasi 
nimalardan iborat? 
3.Uning asosiy oqimlari va mafkurachilari kim? 
4.Institutlar deganda nimalar ko`zda tutiladi? 
5.T.Veblenning asosiy asaridagi g`oyalar, "Veblen effekti" nimani 
anglatadi? 
6.J.Kommonsning asosiy g`oyalari, hukumatni isloh qilish 
islohotlari mohiyati nimadan iborat? 
7.Ma'muriy kapitalizm nima?
8.Konyuktur 

statistik 
oqimning 
mohiyati, 
U.Mitchell 
g`oyalarining asosi nimani anglatadi? 
9.N.D.Kondratyevning siklik rivojlanishi konsepsiya nima? 
10. Institutsionalizmning evolutsiyasi davridagi olimlar va ularning 
g`oyalari. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


319 
Geraklit: - Bir havuzga ikki marta tushib bo`lmaydi! 
Suqrot: - Bunga intilish zarurmikan? Axir bu gigiyena jihatidan 
noto`g`riku! 
Geraklit: - Bir hovuzga ikki marta tushib bo’lmaydi! 
Suqrot: - Bunga intilish zarurmikin? Axir bu gigiyena jihatidan 
noto`g’rik-ku! 
Falsafiy dialog. 
 
17-BOB. MUKAMMAL BO`LMAGAN 
RAQOBAT BOZORI TA'LIMOTLARI 
17.1. Nomukammal bozorning xususiyatlari 
XX asr boshlarida erkin (mukammal) raqobatga asoslanga 
iqtisodiyot tobora monopollashib bordi, bu ayniqsa Yevropa va AQSHda 
yaqqol ko`zga tashlandi. Iqtisodiy liberializm prinsiplari (erkin savdo-
fritredolik, davlatning iqtisodga aralashmasligi va b.) real hayot talablariga 
javob bermay qo`ydi. Monopollashuvning yorqin oqibati sifatida 1929-
1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozining keltirish mumkin. 
Deyarli yuz yil davomida J.B.Seyning "bozorlar qonuni" hamma 
yerda tan olingan va unga suyanib ish yuritilgan bo`lsa, bu davrda uning 
ahamiyati pasayib bordi. Nomukammal raqobat avval institutsionalizm, 
keyin neoklassiklar tomonidan tadqiqot obyekti qilib olindi. 
Bu muammolar bilan deyarli bir vaqtda Garvard universiteti 
professori E. Chemberlin va Kembrij universiteti professori J.Robinsonlar 
shug`ullandi. 
1933 yili amerikalik E.Chemberlin o`zining "Monopolistik raqobat 
nazariyasi", ingliz J.Robinson xonim esa "Nomukammal raqobatning 
iqtisodiy nazariyasi" asarlarini chop etdilar. Bu asarlarda erkin raqobat 
sharoitini inkor etadigan sharoitda bozor mexanizmlarining harakati 
masalalari har tomonlama chuqur tahlil etiladi. Xususan, ikkala muallif 
fikricha, bozor bahosi bozor ishtirokchilarining kollektiv faoliyati tufayli 
yuzaga 
kelmaydi, 
chunki 
tovar 
mahsulotlarining 
turli-tumanligi 
(differensiyasi) xaridorlarni bu tovarlar bahosi to`g`risida to`liq 
informatsiyadan, firma-ishlab chiqaruvchilarni tanlashda raqobatdan 
mahrum etadi. Ular iqtisodiyotda muvozanatning buzilish sabablarini 
ilgarigidek iqtisodiy muhitdagi "kategoriya" va "qonun" lardan izlaydilar. 
Institutsional yo`nalish tarafdorlariga esa, nomukammal raqobat iqtisodiy 
o`sishga avvalo "inson omili"ning ta'siri oqibatidir. Bu esa jamiyat 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


320 
rivojlanishi, shu bilan birga iqtisodiyot sohalarida yuzaga keladigan 
ijtimoiy-psixologik, huquqiy va boshqa muammolardir. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin