351
jarayonlarni matematik tahlil etishda dinamik modellarni rivojlantirish va
qo`llash bo`yicha tadqiqotlari uchun" berildi (boshqa Nobel mukofotlari
to`g`risidagi ma'lumotni A.Razzoqovning 1998 y.
chop etilgan kitobidan
olish mumkin).
1970 yilda (ikkinchi bo`lib) Nobel mukofoti P.Samuelsonga "statik
va dinamik iqtisodiy nazariyani rivojlantirigani va shu bilan iqtisodiyot
fani tahlilini yanada yuqoriroq pog`onaga ko`tarishga hissa qo`shgan ilmiy
ishi uchun" berildi. Quyida shu iqtisodchining iqtisodiy g`oyalari
to`g`risida fikr yuritiladi.
Pol Antoni
(1915) Chikago universitetida
ta'lim olgan (1932-1935),
Garvard oliy maktabida
A.Xansen, V.Leontyev, Y.Shumperetlardan ilm
o`rgandi. 1941 yildan Massachusets texnologik
institutida
ishlay
boshladi
(dastlab
professor
assistenti). Amerika iqtisodiy assotsiatsiyasi (1961),
Ekonometrik jamiyat (1951). Xalqaro iqtisodiy
assotsiatsiya
(1965-1968)
prezidenti
bo`lib
saylangan. Olim nazariyotchi bo`lish
bilan birga,
AQSH
prezidenti
yordamchisi,
"Newsweek"
jurnalida faol ishtirokchi ham edi. Biz bu olimni asosan "Ekonomiks"
kitobi muallifi sifatida yaxshi taniymiz. Samuelsonning bu kitobi dastlab
1948 yili chop etildi va 14 marta qayta nashr etilib,
hozirgi iqtisodiy
ta'limotlarning asosiy yo`nalishlaridan birini tashkil etadi.
1992 yilda bu kitob Vilyam Nordxaus bilan hammualiflikda nashr
etildi. "Ekonomiks" kitobi "Ekonomika" nomi bilan rus tiliga ag`darildi.
Ma'lumki, hozirgi zamon (XX asr) iqtisodiy ta'limotlarida uch
asosiy: 1)neoklassik; 2) keynschilik va 3) institutsional yo`nalishlar
mavjud bo`lib, Samuelson shulardan birinchisining vakili sifatida ijod
etgan.
Klassik (mumtoz) maktab iqtisodchilari allaqachonlar (XVIII
asrda) davlat xususiy tadbirkorlar kirisha
olmaydigan yoki kirishni
xohlamaydigan ayrim tovarlarni ishlab chiqarish va xizmatlar ko`rsatishni
(masalan, milliy mudofaa sohasiga taaluqli), uning o`zi zimmasiga olish
kerak, degan fikrga rozi bo`lganlar. Lekin, shu bilan birga ular bunday
ishtirok juda kam darajada bo`lishi kerak deb, hisoblar edilar.
Samuelson hal qilishni mumtoz maktab bozor ixtiyoriga qoldirishni
istagan haddan tashqari ko`p muammolarga bozorning ta'siri
unchalik
o`tabermasligini sezdi. qo`shmcha oqibatlar, sog`liqni saqlash, ta'lim ,
sanoatning ifloslantirishi muammolariga talab va taklif qonuni ta'sir
Dostları ilə paylaş: